«UMUMKASBIY VA MAXSUS FANLAR»
kafedrasining 2023-2024 o’quv yilida bajargan ishlarining
H I S O B O T I
«Umumkasbiy va maxus fanlar» kafedrasining a’zolari: Utbasova D, Mirzanarova L, Chinpo`latova H, Rusqulova H, Tursunqulova O`, Umarov M, Rahimova Sh, Abdullayeva G
O’quv ishlari bo’yicha, avgust oyida rejalashtirilgan ishlar bajarilgan:
o’quv soatlarini pedagoglar yig’ilishning qaroriga asosan o’qituvchilar o’rtasida taqsimlandi;
o’quv soatlari dars jadvaliga kiritildi;
o’quv xonalarining tayyorgarligini ko’rib chiqildi ;
laboratoriya va xonalarning ish rejalarini tuzildi;
to’garaklar ish rejalariga asosan faoliyat olib bordi. Dasturlash to`garagi rahbari - Utbasova D, Kompyuter savodxonligi to`graagi rahbari-Umarov M, Yosh kompyuterchilari to`garagi rahbari-Tursunqulova O`, Yosh tadbirkorlari to`garagi rahbari-Chinpo`latova H, Rusqulova Hlar;
konsultatsiya va qo’shimcha mashg’ulotlarni o’tkazish, rejaga asosan bajarildi;
Iqtidorli talabalar bilan darsdan keyin mashg’ulotlar muntazam olib borildi;
Rahimova Sh va Abdullayeva G lar sog’liqlari tufayli o’z hoxishiga binoan ishdan bo`shadi, rejada bajarilmay qolgan fanlarini bajarish uchun Rusqulova H va Matkaimova Dlarga berildi
O’quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda - quyidagi ishlar bajarildi:
dars tahlillarini o’tkazildi;
laboratoriya va o’qish xonalarining ish rejalariga asoslanib faoliyat olib borildi (stend, plakatlar va …).
hamma o’qituvchilardan fan bo’yicha O’qitish materiallari to’plami kafedrada muxokama qilinib tasdiqlandi;
Oraliq nazorat ishlarini kafedrada tasdiqlandi va guruxlarda o’tkazildi;
Yilning yakuniy nazorat ishlari kafedrada ko’rib chiqildi, tasdiqlandi va o’tkazildi;
alohida o’rnak ko’rsatgan o’qituvchilarga direktor jamgarmasidan ustama haq to’lash belgilandi;
dars jarayonida ko’rgazmalilikga e’tibor berildi.
Ochiq darslar: Oziq-ovqat ishlab chiqarish mikrobiologoyasi fanidan Mirzanarova L 6-23 guruhida, Savdo-sotiq jihozlari fanidan Rahimova Sh lar ochiq dars o’tkazishdi. Ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangani va darsda texnika vositasidan unumli foydalangani uchun ochiq dars tahlili “yaxshi” deb baholandi.
Kasb-hunar maktabida tashkillashtirilgan tadbirlar, kechlar, uchrashuvlarda kafedra a`zolari o`quvchilari bilan birgalikda faol qatnashdi.
O’quv yiliga taqsimlangan, ta’rifda belgilangan o’quv reja bajarildi.
O’qituvchilar o’zaro dars tahlillari o’tkazishdi. Ushbu tahlillar kafedra yigilishlarida muxokama qilinib, yutuq-kamchiliklar bayon qilindi. Barcha o’qituvchilar guruxlari bilan maktab ommaviy tadbirlarida faol ishtirok etdilar.
Kafedra a’zolari maktabda o’tkazilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etdilar.
Har oyda o`qituvchilarning fanlardan pedagogik yuklama bajarish kafedrada ko’rib chiqish yo’lga qo’yildi.
“Ustoz va shogird” bo’yicha Chinpo`latova Hga Rahimova Sh, Tursunqulova O`, Rusqulova H ga Utbasova Dlar biriktirildi.
4-mayda bo`lib o`tgan “Eng yaxshi kafedra” tanlovida bizning kafedra faxrli I o`rinni egallab, esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
«Umumkasbiy va maxsus fanlar»
kaefdrasi rahbari: Utbasova D
|