Yaratilgan sanasi: Wed, 29 Nov 2023 17:30:48 +0500
Page 1
1-savol:
O‘tgan mavsumdagi Liverpool va Real Madrid jamoalari o’rtasidagi Chempionlar Ligasi chorak finali javob
o’yinidan oldin, Marca gazetasi bu o’yinga juda ajoyib o‘xshatish qiladi. Keyingi bosqich raqibi aniq bo’lgan,
ushbu gazeta bosh sarlavhasi “Yarim final yo’li”
deb nomlanib, unda Benzema, Kross,
Vini va Modrich
tasvirlangan. Savol:Gazeta ushbu baxsni kimning qaysi asariga o’xshatganini aniq ayting.
Javob:The Beatles “Abbey Road”
Izoh: Yarim finalda Londonning Chelsi klubi raqib bo’lishi aniq bo’lgach, Real futbolchilarini go’yoki
Londonda yurgandek, gazeta bosh sahifasini “Semis Road” deya nomlab Bitlz guruhining mashxur “Abbey
Road”iga qiyoslagan.
2-savol:
Yaponiyaning chekka rayonlaridagi shaharlar uy va binolarida siz qo’lingizda ko’rib turgan o’ziga xos
inshootlar qurilgan. Albatta, bundan aniq bir maqsadda foylaniladi. Savol:Siz
menga bu inshoot qanday
vazifa bajarishini aniq yozib bering.
Javob:Yong’in xavfida chiqish uchun.
Izoh: Yong’in payti shoshib yugurib tushishdan ko’ra sirpanib tushish ham tezroq, ham xavfsizroq bo’lgan.
3-savol:
Wikipediyada
yozilishicha, «IKS» Rossiyada Pavel birinchi tomonidan harbiy islohot vaqtida joriy qilingan
ekan. Muhammad Yusufning «Qora quyosh» dostonida Qodiriyning to‘ni «IKS»ga o‘xshatilgan. 19-asr rus
adabiyotining «Ijtimoiy tenglik manifesti» deb baholangan bir qissa qahramoni IKSGA pul yig‘ish uchun
hatto
choy ichmaslikka, kechalari sham yoqmaslikka, kiyimlarini kamroq yuvdirishga ham tayyor bo‘lgan.
Savol: Iksni aniq ayting.
Javob:Shinel.
Izoh: N. V. Gogolning shu nomdagi asari sizga tanish bo‘lsa kerak .
4-savol:
1919-yil
chizilgan kartinada, kresloda halat kiyib o'tirgan Edvard Munkni ko'rish mumkin. Garchi, kartinada
Munk butunlay yolg'iz bo'lsa-da, ushbu kartina "U bilan avtoportret" deya nomlanadi. Savol: Kartinadagi U
nima
ekanligini ayting
Javob:Ispanka
Izoh: Epidemiya paytida Edvard Munk ham kasallikka chalingan