• To‘g‘rilovchi diodlar
  • Yarimo‘tkazgich diodlar Yarimo‘tkazgich diod




    Download 125 Kb.
    bet1/5
    Sana12.12.2023
    Hajmi125 Kb.
    #117105
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    46 Diod modeli.
    Mustaqil ish-2, Modellashtirish, Modellashtirish ning, O’quv jarayonida axborot texnologiyalamining asosiy yo’nalishlar-www.hozir.org, 2-mavzu, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Ilmira Palwanova, i, Ma\'lumotlarni saralash algoritmlari. Saralash tushunchasi va uni-kompy.info, 20-Mavzu Amaliy, Mavzu Raqamli texnologiyalar Tezis, Bulutli texnologiyalar Reja, Raqamli iqtisodiyot fanidan test savollari hozir butun raqamli i, 1. Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyalari. Raqamli iqtis



    Yarimo‘tkazgich diodlar


    Yarimo‘tkazgich diod deb bir (yoki bir necha) elektr o‘tishlarga ega ikki elektrodli elektron asbobga aytiladi. Diodlar radioelektron qurilmalarda ishlatilishi va bajaradigan vazifasiga muvofiq tasniflanadilar.
    Barcha yarimo‘tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin: to‘g‘rilovchi va maxsus vazifalarni bajaruvchi. To‘g‘rilovchi diodlar o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish uchun qo‘llanadi. To‘g‘rilanuvchi tok shakli va chastotasiga bog‘liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va impuls diodlarga ajratiladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlarda р-n o‘tishlarning turli elektrofizik xususiyatlaridan, masalan, teshilish hodisalaridan, fotoelektrik hodisalardan, manfiy qarshilikka ega sohalari mavjudligidan va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlar, xususan, o‘zgarmas kuchlanishni barqarorlash, optik nurlanishni qayd etish, elektr sxemalarda signallarni shakllantirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.

    a) b) v)
    19.1-rasm. Yarimo’tkazgich Diod
    Yarimo‘tkazgich diodlarning elektr sxemalarda shartli belgilanishi 19.1 а - rasmda, uning tuzilmasi ko‘rinishi b – rasmda keltirilgan. Rasmlarda diodning chiqishlari A va K ko‘rsatilgan bo‘lib, ular diodning elektrodlari deb ataladi. Diodning рtomoniga ulangan elektrod anod deb, n – tomoniga ulangani esa – katod deb ataladi. Diodning statik VAXi v – rasmda keltirilgan.
    Yarimo‘tkazgich diodning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlaridagi qarshiliklari bir – biridan keskin farq qiladi: to‘g‘ri yo‘nalishda siljitilgan diodning qarshiligi qiymati kichik, teskari siljitilgan diodniki esa – katta bo‘ladi. Shu sababdan diod bir tomonga elektr tokini yaxshi o‘tkazadi, ikkinchi tomonga esa – yomon o‘tkazadi.
    Diodni asosiy parametrlari:
    1. Статик qarshilik [Ом] ;
    2. Differensial qarshilik [Ом] ;
    3. Xarakteristika tikligi [А/В] .



    Download 125 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 125 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yarimo‘tkazgich diodlar Yarimo‘tkazgich diod

    Download 125 Kb.