|
Yarimo'tkazgichli lazer uchun professional sovutish moslamasi
|
bet | 3/4 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 97,19 Kb. | | #260762 |
Bog'liq YarimotYarimo'tkazgichli lazer uchun professional sovutish moslamasi
Yarimo'tkazgichli lazer ixcham dizaynga ega va yuqori quvvat diapazoniga ega, u jihozlangan sanoat suv sovutgich tizimining sovutish ishlashi uchun juda talabchan. S&A Teyu yuqori sifatli yarimo'tkazgichli lazerli havo sovutgichli suv sovutgichini taklif qilishi mumkin. CWFL-4000 va CWFL-6000 havo sovutgichli suv sovutgichlari mos ravishda 4KW yarimo'tkazgichli lazer va 6KV yarimo'tkazgichli lazer ehtiyojlariga mos kelishi mumkin. Ushbu ikkita sovutgichli modellar ikkalasi ham ikkita sxemali konfiguratsiyalar bilan ishlab chiqilgan va uzoq vaqt davomida ishlashi mumkin. haqida ko'proq ma'lumot oling S&A Teyu yarimo'tkazgichli lazerli suv sovutgichi
Lazer texnologiyasi jarayonlarini shartli ravishda ikki turga bo‘lish. Ularni birinchisida lazer nurini o‘ta aniq fokuslash va impulsli rejimda ham, uzluksiz rejimda ham energiyani aniq dozalash imkoniyatidan foydalaniladi. Bunday texnologik jarayonlarda o‘rtacha quvvati uncha yuqori bo‘lmagan lazerlar: impuls- davriy ishlaydigan gaz lazerlari, neodim kirishmali itiriy-alyuminiy granat kristallaridagi lazerlar qo‘llaniladi. Keyingi lazerlar yordamida soatsozlik sanoati uchun yoqut va olmos toshlarda mayda (diametri 1-10 mkm va chuqurligi 10-100 mkm gacha) teshiklar parmalash texnologiyasi va ingichka sim tortish uchun filerlar texnologiyasi ishlab chiqilgan. Kichik quvvatli impuls lazerlar qo‘llanadigan asosiy
soha mikroelektronika va elektrovakuum sanoatida mitti detallarni kesish va payvandlash, mitti detallarga markalar tushirish bilan bog‘liq; poligrafiya sanoati ehtiyojlari uchun raqamlar, harflar, tasvirlar avtomatik tarzda kuydirib tayyorlanadi. Keyingi yillarda mikroelektronikaning eng muhim sohalaridan biri- fotolitografiyada oddiy yorug‘lik manbai o‘rniga lazerlardan foydalanilmoqda.
Ma’lumki, fotolitografiya usulini qo‘llamay turib, o‘ta mitti bosma platalar, integral sxemalar va mikroelektron texnikaning boshqa elementlarini tayyorlab bo‘lmaydi.
Submikron litografiyadagi keyingi taraqqiyot ekspozitsiyalovchi yorug‘lik manbai sifatida lazer nuri vujudga keltiradigan plazmadan tarqaladigan yumshoq rentgen nurlanishidan foydalanish bilan bog‘liq. Bu holda rentgen nurlanishining to‘lqin uzunligi (((0,01-0,001mkm) bilan belgilanadigan ajratish chegarasi juda ulkan bo‘ladi.
Lazer tenologiyasining ikkinchi turi o‘rtacha quvvati katta: 1 kVt gacha va undan yuqori bo‘lgan lazerlardan foydalanishga asoslangan. Yuqori quvvatli lazerlardan kuchli texnologik jarayonlar: qalin po‘lat listlarni qirqish va payvandlash, sirtqi toblash, yirik gabaritli detallarga metallni eritib yopishtirish va legirlash (metallarni maxsus material, xrom, nikel va boshqalar bilan qoplash), binolar sirtini tozalash, marmar, granitni kesish, gazlama, teri va boshqa materiallarni bichishda foydalaniladi. Metallarni lazer bilan payvandlashda chok juda sifatli chiqadi, elektron-nurli payvandda ishlatiladigan vakuum kameralarga ehtiyoj qolmaydi, bu esa konveyyerli ishlab chiqarishda juda muhimdir.
“LASER" qisqartmasidan kelib chiqib, Light Amplification by Stimulated Emission of Radiation (majburiy nurlanish yordamida yorugʻlikni kuchaytirish), deb yoyiladi. Tipik lazer divergensiyasi past va toʻlqin uzunligi qatʼiy cheklangan (yaʼni, monoxrom) yorugʻlik chiqaradi. Lazer (ing . laser; Light Amplifi cation by Stimulated Emission of Radiation — majburiy nurlanish yordamida yorugʻglikning kuchayishi maʼnosini anglatadigan soʻz birikmalarining bosh harflaridan olingan), optik kvant generator — ultrabinafsha, infraqizil va koʻzga koʻrinadigan sohadiapozondagi nurlanishlarni hosil qiluvchi qurilma; kvant elektronikadagi asosiy qurilmalardan biri. Birinchi lazer 1960-yilda yoqutda amerikalik olim T. Meyman tomonidan yaratilgan. Ishi atom va molekulalarning majburiy nurlanishiga asoslangan. lazer har xil energiya (elektr, yorugʻlik, kimyoviy issiklik va h.k.)ni optik diapozondagi kogerent elektromagnit nur energiyasiga aylantirib beradi. U 3 element — energiya manbai, aktiv muhit (modda), teskari bogʻlanishdan iborat (agar lazer kogerent nurni kuchaytirish uchun xizmat qilsa, teskari boglanish zarur emas). lazer boshqa yorugʻlik manbalardan kogerentligi, monoxromatikligi, juda kichik burchak ostida yoʻnalganligi bilan, nur kuvvatining katta spektral zichlikka, juda yuqori tebranish chastotasiga egaligi bilan farqlanadi. Aktiv muhitga koʻra, lazer quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) qattiq jism va suyuqlikdan tayyorlangan lazer; 2) gazli lazer; 3) yarimoʻtkazgichli lazer. Bulardan tashqari, eksimer, kimyoviy va h.k. lazer xillari ham bor. Lazerlar uchta asosiy qismdan iborat: aktiv muxit, majburiy yig‘ish (optik nakachka) sistemasi, optik rezenator. Aktiv muxitning agregat holatlariga ko‘ra lazerlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
qattiq jism lazerlari
bo‘yoq eritmasi asosida ishlaydigan bo‘yoq lazer
v) gaz lazeri
g) yarim o‘tkazgichli va kimyoviy lazerlar.
Qattiq jismlardan tayyorlangan lazerda (mas, yoqutli lazerda) 0,05% gacha xrom (Sg3+) ionlari ishlatiladi. Bunda yoqut silindr shaklida boʻlib, yoqut oʻqining ikki uchiga optik rezonator hosil qiluvchi koʻzgular joylashtirilgan. Impulsli lampadan chiqayotgan yorugʻlik tebrantirishni vujudga keltiradi. Lampaning yorugʻligi yoqutga tushganda, xrom ionlari lampadan chiqayotgan radiatsiya spektrining yashil va sarik, qismlarini yutib "uygʻongan" aktivlashgan holatga oʻtadi. Natijada nurlanishga tayyor aktiv muhit hosil boʻladi va yoqutning oʻqi boʻylab koʻzguga tik yoʻnalgan jala shaklida koʻpayib boruvchi yorugʻlik kvantlari paydo boʻladi. Yoqutli lazerlarda generatsiyalanayotgan yorugʻlikning quvvati 20 kVt gacha yetadi. Ularning f.i.k. 0,1% dan 10% gacha lazer nuri generatsiyasi
aktivatorning energiya sathlari orasidan oʻtishiga bogʻliq. Unda hosil boʻlgan infraqizil nurning toʻlqin uzunligi =0,69 mkm. Qattiq jismli lazerlardan neodim lazerida aktiv modda vazifasini neodim (Nd3+) ionlari qoʻshilgan shisha (CaWO4) tayoqchadan foydalaniladi. Bu lazer =1,06 mkm li infraqizil nur chiqaradi [11].
Qattiq jism lazеrlariga misоl sifatida yoqut, ittriy – alyuminiy granati (IAG) va shisha lazеrlarini ko‘rsatish mumkin. Aktiv iоnlar kristallik yoki amоrf jismlar panjaralariga aralashma sifatida kiritiladi. Qattiq jism lazеrlarining aktiv mоddalari uch va to‘rt enеrgеtik satxlidir. Qattiq jism lazеrini ishlatish qulay, оsоn va quvvati juda katta. Lazеrlarning taraqqiyoti umuman qattiq jism lazelaridan boshlangan
|
| |