• Barqaror ishlab chiqarish va iste’mol.
  • Adolatli o‘tish.
  • Farovonlikning yangi ko‘rsatkichlari.
  • Yashil iqtisodiyot




    Download 148,43 Kb.
    bet7/14
    Sana27.05.2024
    Hajmi148,43 Kb.
    #254515
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    2-Mavzu. Yashil iqtisodiyot.sirtqi

    Xalqaro ma’suliyat. Milliy chegaralar doirasidagi faoliyat ushbu chegaradan tashqarida ekologik salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa bunday vaziyatlarda manfaatlarni himoya qilishning mustaqil sudlarga asoslangan xalqaro huquqiy me’yorlarini ishlab chiqishda hamkorlikni talab etadi.
    Barqaror ishlab chiqarish va iste’mol. Resurslardan oqilona va adolatli foydalanishda barqaror ishlab chiqarish va iste’mol darajasini joriy etish zarur, ishlab chiqarish va iste’molning barqaror bo‘lmagan modellarini qisqartirish va bartaraf etish lozim. Ya’ni utillashtirilayotgan materiallardan qayta foydalanish, yer resurslarining taqchilligini tan olish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.
    Adolatli o‘tish. Barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida past uglerodli yashil iqtisodiyotga o‘tish uchun muayyan xarajatlarni amalga oshirish zarur. Ayrim mamlakatlar o‘tish davrida ushbu xarajatlarni boshqalarga nisbatan qiyinchiliksiz amalga oshirishi mumkin. O‘tish davrida aholining nisbatan himoyaga muhtoj qatlamlari qo‘llab-quvvatlanishi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa tegishli moliyaviy va texnik yordam olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim.
    Farovonlikning yangi ko‘rsatkichlari. Farovonlik ko‘rsatkichlarini qayta ko‘rib chiqish zarur. Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi ijtimoiy farovonlik va atrof-muhit yaxlitligini o‘lchash dastagini bajaruvchi ko‘rsatkich hisoblanmaydi. Aksariyat ijtimoiy-ekologik faoliyat turlari, jumladan, qazib chiqariladigan yoqilg‘i turlaridan intensiv foydalanish yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga olib kelishi mumkin. Insonlarning umumiy farovonligi va turmush sifati, atrof-muhit holati iqtisodiy rivojlanishning bosh maqsadi bo‘lishi zarur.
    Qolgan tamoyillar kaolitsiya tamoyillarini mazmunan to‘liq takrorlaydi:
    -barqaror rivojlanish, “yashil iqtisodiyot” va kambag‘allikka qarshi kurashni ta’minlash uchun strategik, muvofiqlashtirilgan va kompleks rejalashtirish;
    -axborot, ishtirok va hisobot berish;
    -gender tengligi;
    -bio xilma-xillikni saqlab qolish va atrof-muhitni muhofaza qilish.



    Download 148,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 148,43 Kb.