Ipni qayta o‘rash jihozlari




Download 19,62 Kb.
bet4/4
Sana01.01.2024
Hajmi19,62 Kb.
#129435
1   2   3   4
Bog'liq
Yegirish sistemalari. Yegirish maxsulotlari assotimentlari Reja-fayllar.org

Ipni qayta o‘rash jihozlari

Yuqorida ta‟kidlanganidek, yigirish texnologiyasining umumiy yangiliklaridan biri halqali yigirish mashinasining qayta o’rash avtomatlari bilan tutashtirilganidir. Bunga halqali yigirish mashinalarida avtos‟yomniklarning joriy etilgandan so’ng erishildi. Hozirgi kunda halqali yigirish mashinalaridan chiqarib olingan to’la ip pochatkalari maxsus transporterda qayta o’rash avtomatlariga uzatiladi. Qayta o’rash avtomatlari shu tarzda yigirish texnologiyasining yakuniy o’timiga to’quvchilik (to’qima va trikotaj)dan ko’chib o’tdi. Bu esa yigirish texnologiyasidagi yangilik hisoblanadi. Shuni ta‟kidlash kerakki, mazkur yangilik barcha korxonalarda qo’llanilmay ayrim korxonalardagina joriy etilgan.


Shunday qilib, yigirishning yangi yo’nalishlarida ishlovchi uskunalar
O’zbekiston to’qimachilik korxonalarida muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda va ishlab chiqilayotgan mahsulotlarning aksariyat qismi eksport qilinmoqda.
Yigirish
Add languages

Maqola
Munozara
lotin/кирилл

Mutolaa
Tahrirlash
Manbasini tahrirlash
Tarix
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yigirish — tolali oʻsimlik (jut, zigʻir, kanop, paxta), jun va ipak tolalaridan, kimyoviy tolalardan har xil yoʻgʻonlikka hamda turli fizikaviy xossalarga ega boʻlgan iplar tayyorlash jarayoni. Y. qoʻlda va mashinalar-da amalgaoshiriladi. Qoʻlda Y. soʻnggi neolit davridan maʼlum. Keyinchalik jahondagi deyarli barcha xalqlar orasida (Chekka Shim. oʻlkalari xalqlaridan tashqari) keng tarqaldi. Paxta tolasidan ip Y. dastlab Hindistonda maʼlum boʻlgan. Oʻrta Osiyoda paxta ekib, ip Y. va gazlama toʻqish milod boshidayoq rasm boʻlgan edi. Qoʻlda Y.ning eng oddiy usuli barmoklar yordamida tolalardan pilik tayyorlab va uni osilgan holatda ushlab kaftlar orasida asta-sekin ingichkalashtirishdan iborat boʻlgan. Keyinchalik dugli urchuq paydo boʻldi va ip tayerlash ancha osonlashdi. Oʻzbekistonda qad. urchu qancha takomillashtirilib, gʻildirakli charx yasaldi. Bunday charxning gʻildiragi qoʻlda aylantirilardi, shunda uning urchugʻi chilvir orqali uyoqdan-buyoqqa burilardi. Borabora charx takomillashtirila borildi. Urchuq yoki charxda ip Y. uchun tolalar oldin yogʻoch taroqlarda tarab tekislab olinar edi. Y. uchun tayyorlab olingan tolalardan piliklar tayyorlanib, ulardan ingichka-yoʻgʻonligi deyarli bir xil iplar eshilardi. Qoʻlda Y. usuli ayrim joylarda hozir ham qoʻllanadi.
Mashinada Y. 18-asrdan boshlab rivojlana boshladi. Uzluksiz ishlaydigan birinchi urchuqli Y. mashinasiga Buyuk Britaniyada 1738 y. patent berilgan. Unda choʻzish asbobi ham boʻlgan. Bunday mashinada tolalarni choʻzish, burash (eshish) va oʻrash (gʻaltakka oʻrash) jarayonlari bajarilgan. Y. mashinasi asta-sekin takomillashtira borildi. 1823 y.da davriy ishlaydigan avtomat Y. mashinasi, 1870 y.da esa uzluksiz ishlaydigan halqasimon Y. mashinasi ixtiro qilindi. Shundan soʻng Y. mashinalarining yangi-yangi modellari yaratildi. Angliya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Rossiyada Y. f-kalari qurildi. Hozir Y. jarayoni, asosan, avtomat mashinalarda amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda Y. korxonasini ham oʻz ichiga olgan dastlabki toʻqimachilik f-kasi 1926 y.da Fargʻonada qurildi. Keyinchalik Toshkent toʻqimachilik kombinati barpo qilindi (1932—40). Uning tarkibida Y. fabrikasi ham bor. Hozir bu korxona juda yiriklashib ketgan. Toshkent toʻqimachilik mashinalari zavodi 1946 y. dastlabki pilik tayerlash va Y. mashinalarini ishlab chiqara boshladi. "Oʻzbektoʻqimachilikmash" birlashmasida (1971 dan) pilik tayerlash, Y., halqali Y., Y.-pishitish uskunalari ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston mashinasozligida Y., eshish-pishitish, kalavalash jarayonlarini birgalikda bajaradigan halqali Y. (jun tolalari uchun) va Y.-pishitish (paxta tolalari uchun) mashinalari yaratildi. Bulardan 5 xil rusumli mashinalar chet ellarga eksport qilinadi. Jumladan, PK-100 rusumli Y.-pishitish mashinasi Brno (Slovakiya, 1965), Plovdiv (Polsha, 1966) Xalqaro yarmarkalarida oltin medal olgan (qarang Yigirish mashinasi).
Mashinada Y. jarayoni tolalarni Y.ga tayerlash, Y.ning oʻzi, ipni pardozlash va oʻrash bosqichlarini oʻz ichiga oladi. Ipni tayyorlashda tolalar tozalanadi, pishitiladi, uzunligi va yoʻgʻon-ingichkaligi boʻyicha xillanadi, taraladi, bir oz pishitilib pilik hosil qilinadi. Bu ishlar birin-ketin savash, titish, tarash, choʻzish va pilik mashinalarida bajariladi. Ipni pardozlashda uning sirti tozalanadi, ipak va jun tolalaridan yigirilgan ipning tuklari kuydiriladi, ip nazorat tirqishidan oʻtkaziladi. Tayyor ip gʻaltaklar, qogoz patronlar va bobinalarga oʻraladi.
Mashinada yigiriladigan tolalarning xossalari va olinadigan ipning nimaga ishlatilishiga qarab, Y.ning 3 tizimi, yaʼni oddiy (karda), qayta tarash va apparat tizimlari qoʻllanadi. Oʻrtacha yoʻgʻonlikdagi uzun tolalar oddiy tizimda, ingichka uzun tolalar qayta tarash tizimida, kalta tolalar apparat tizimida yigiriladi. Bu tizimlar bir-biridan tolalarni tarash usuli bilan farq qiladi. Bulardan tashqari, shtapel tizimi ham bor. U elementar kimyoviy tolalar dastasidan kalava ip olishda qoʻllanadi. Bu tizimda tolalarni titish, savash va tarash jarayonlari boʻlmaydi. Aytib oʻtilgan tizimlarda qoʻllanadigan Y. mashinalarining hammasida urchuq bor. Amalda urchuqsiz Y. mashinalari ham qoʻllanadi. Ularda tolalarni burash va ipni oʻrash jarayonlarini mustaqil ish qismlari bajaradi. Y. paytida tolalarga taʼsir qiladigan kuchlarni qisobga olib urchuqsiz Y.ning ushbu usullarini sanab oʻtish mumkin: pnevmomexanik, uyurmaviy va elektr mexanik usullar. Urchuqsiz Y. mashinalarining ish unumdorligi urchukli mashinalarnikidan 2—3 marta yuqori boʻladi.
Teksturlangan (qayishoqligi yuqori) tarkibiy ip har xil kirishimli kimyoviy tolalardan karda yoki tarokli (kayta tarash) tizimda yigirib olinadi. Melanj (olachipor) ip har xil rangga boʻyalgan tolalar aralashmasidan yigirib olinadi. Pishitilgan kalava ip Y.-pishitish mashinalarida yoki pishitish mashinalarida tayyorlanadi. Y.ning yukrrida aytib oʻtilgan barcha usullari hozir qam (joyiga qarab) qoʻllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Liniya ochistki, Trutzschler spinning, broshyura


  2. www.trutzschler.com


  3. VARIOline The variable cleaning concept, broshyura


  4. www.rieter.com


http://fayllar.org
Download 19,62 Kb.
1   2   3   4




Download 19,62 Kb.