Yigirish o‘timi yangiliklari




Download 19,62 Kb.
bet3/4
Sana01.01.2024
Hajmi19,62 Kb.
#129435
1   2   3   4
Bog'liq
Yegirish sistemalari. Yegirish maxsulotlari assotimentlari Reja-fayllar.org

Yigirish o‘timi yangiliklari

Yigirish o’timida mashina unumdorligi urchuq tezligini oshirish tufayli erishilgan. Foydali vaqt koeffitsientini orttirish maqsadida avtos‟emniklar joriy qilinib, qo’l mehnati sarfi keskin kamaytirilgan va s‟yom brigadalari bekor qilingan. Hozir bitta halqali yigirish mashinasida 1680 tagacha urchuq o’rnatilgan bo’lib, ishchining xizmat zonasi kengaytirilgan. Tegishli tayyorlov o’timlarida avtoregulyatorlarning mavjudligi natijasida yigirilayotgan ip nihoyatda ravon bo’lishiga erishilgan. Halqali yigirish mashinalari qayta o’rash avtomatlari bilan tutashtirilib, yaxlit bitta agregat hosil qilingan. Agregatda barcha texnologik jarayonlar va operatsiyalar avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bo’sh patronlarga o’rash jarayoni klassik usuldagidek bajarilmay, avtomatik tarzda naycha uyasida ipning uchi birinchi qatlamning tagiga 4 mm masofada qistirilib qo’yadi. Natijada ip chuvalanib olinganda oxirigacha chiqib, uchlarda ip chigalliklari paydo bo’lmaydi, ya‟ni chiqindi keskin kamayadi.


Pnevmomexanik yigirish mashinalarida ham asosiy e‟tibor tezlikka qaratilgan bo’lib, yigirish kamerasining aylanishlar chastotasi 180000 min-1ga etkazilgan. Robotlar barcha ish operatsiyalarini ipni ulash, yigirish kameralarini tozalash, to’lgan g’altaklarni chiqarib olish va bo’sh g’altaklarni o’rnatish kabilarni bajarmoqda. Bitta yigirish mashinasida 500 tagacha yigirish kamerasi o’rnatilgan bo’lib, ular guruhlarga bo’linib har xil assortimentdagi ip yigirish maqsadida individual mikrodvigatellar bilan harakatlanmoqda. Bundan tashqari kam buramli iplarga extiyoj oshganligini inobatga olib, trikotaj matolari uchun kam buramli modifikatsiyalangan iplar haqali yigirish mashinalarida olinmoqda. Paxta ipining sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida Siro, Solo deb nom olgan iplar yigirilmoqda. Ularning birinchisi birinchisi ikkita yondosh tutamchalardan shakllansa, ikkinchisi bitta tutamcha bir nechtaga bo’linib shakllanadi. Xorijiy davlatlarda, ayniqsa, Xitoyda mazkur ip turlari bo’yicha ishlab chiqarish korxonalari anchaligi ma‟lum. Kam buramli yigirilgan iplarga halqali yigirish mashinalarida olingan monoipli kombinatsiyalanggan ipni qo’shish mumkin. Bunday ip “Osborn tekstil” MCHJ QKda ishlab chiqilmoqda. Yigirish korxonalarining so’nggi yutuqlaridan kompakt yigirilgan ip olish texnogiyalarini ta‟kidlash mumkin. O’zgacha strukturaga ega kompakt iplar “Indorama Kakand tekstil” QK hamda “Shavat Uzteks” QKlarda ishlab chiqilmoqda. Mazkur korxonalarda halqali yigirish mashinalari qayta o’rash avtomatlari bilan tutashtirilgan bo’lib, yaxlit bitta agregatda qayta o’ralgan hamda keyingi ishlovga tayyor mahsulot olinadi.
O’zbekiston korxonasi (“Osborn tekstil” MCHJ QK) da melanj iplarni ishlab chiqarish ham o’zlashtirildi. Bu ham mahsulot assortimentini kengaytirishga xizmat qilib, to’qimachilik sanoati eksport qobiliyatini oshiruvchi yangiliklardan biridir.

Download 19,62 Kb.
1   2   3   4




Download 19,62 Kb.