«Yelpig'ich» texnologiyasi
Bu
texnologiya murakkab, ko'ptarmoqli, mumkin qadar, muammo
xarakteridagi mavzularni o'rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning
mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli
tarmoqlari bo'yicha biryo'la axborot beriladi. Ayni paytda,
ularning har
biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy
tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya
tanqidiy,
tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni
muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o'z g'oyalari, fikrlarini yozma va
og'zaki
shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Yelpig'ich» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini
muxokama qiluvchi kichik guruhlarning,
har bir qantashuvchining,
guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
«Yelpig'ich» texnologiyasi mavzuni o'rganishning turli bosqichlarida
qo'llanilishi mumkin:
-boshida: o'z bilimlarini erkin faollashtirish;
-mavzuni o'rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va
anglab yetish;
-yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Bu texnologiya o’quvchilarga tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy
fikrlashlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga xamda o’z g’oyalari,
fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, shuningdek, uni
himoya qilishga imkoniyat yaratadi