|
Sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari tarixi
|
bet | 2/25 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #103780 |
Bog'liq Antennalar va to\'lqinlar 1-mustaqil ishSunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari tarixi
Sunʼiy yoʻldosh aloqasi tushunchasi 1945-yilda angliyalik olim Artur Klarkning “Yerdan tashqari retranslyatorlar” nomli ilmiy ishi chop etilishidan boshlanadi.
Olimning ilmiy qarashlariga dunyo hamjamiyati 10 yil davomida uncha katta eʼtibor qaratmaydi. Bu holat 1960-yilda transatlantik aloqa sifatini oshirish maqsadida “Exo-1” nomli birinchi kosmik retranslyatori amerikaliklar tomonidan fazoga uchrilgunga qadar davom etadi.
Bugungi kunda shahsiy aloqaga moʻljallangan zamonaviy sunʼiy yoʻldosh aloqaning yangi texnologiyalari oʻtgan asrning oʻrtalaridagi prototiplardan sezilarli darajada farq qiladi.
Mazkur aloqaning ustunliklari:
Zamonaviy sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari boshqa axborot almashinuvi yoʻnalishlariga qaraganda bir qancha samarali hisoblanadi:
barqarorlik. Keng qamrov tufayli, hatto bitta sunʼiy yoʻldosh ham yer osti oraliq stansiyalarini jalb qilmasdan katta masofalarga signalni uzatish uchun yetarli.;
kam xarajat. Aloqa kanalidan foydalanish narxi abonentlar soniga bogʻliq emas. Bugungi kunda qoʻshimcha xarajatlarsiz mijozlar bazasini kengaytirish (uskunalarni modernizatsiya qilish, yangi sunʼiy yoʻldoshlarni ishga tushirish, yer usti retranslyatorlarini qurish) tufayli sunʼiy yoʻldosh aloqa xizmatlari narxini pasaytirish tendensiyasi mavjud.;
kanal kengligi. Keng qamrov polosadan foydalanish orqali qisqa vaqt ichida katta maʼlumotlar oqimini uzatish imkonini beradi;
ishonchlilik. Notoʻgʻri axborot paketini uzatish ehtimoli (buzilish va boshqalar.) deyarli nolga teng, chunki zamonaviy texnologiyalar ularni aniqlaydigan va signaldagi buzilishlarni toʻgʻirlaydi.
Telekom
Simsiz texnologiyalarning texnologik taraqqiyoti va internet texnologiyalarining rivojlanishi tufayli telekommunikatsiya sohasi hozirgi kunda eng tez rivojlanayotgan tarmoq hisoblanadi. Yangi tarmoqlarni loyihalashtirish va qurish suratlarini tezlashtirish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish telekommunikatsiya infratuzilmani boshqarish sohasidagi asosiy vazifalaridandir.
Geoaxborot tizimi va Geofazoviy maʼlumotlarini tadbiq etish samarali tizimni boshqarish va rivojlantirish shuningdek tarmoqni loyihalashtirish asoslari hisoblanadi.
|
| |