|
Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi
|
Sana | 01.01.2020 | Hajmi | 18,57 Kb. | | #8104 |
Samarqand shahar 1-umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchisi Akilova Aziza Mirboboyevnaning “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik tanlovining viloyat bosqichida yozgan pedagogik ish tajribasining yozma bayoni
“Har qanday millatning ravnaqi, jamiyatda tutgan o’rni, mavqeyi va shuhrati, avvalo, o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liqdir.”
I.A.Karimov
Milliy ma’naviy qadriyatimiz bo’lmish o’zbek tilini boshqa millat farzandlariga o’qitishdek mas’uliyatli va sharafli vazifani bajarar ekanman, avvalo, o’quvchilarni fanga qiziqtirib, dars davomida faol qatnashishlarini ta’minlashga harakatqilaman. Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V. Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Chunki o’quvchi darsga qiziqsa va faol qatnashsagina darsning samarasi yuqori bo’ladi.
Shuning uchun har bir darsimni DTS , ”DARS MUQADDAS” asosida AKTdan foydalangan holda noan’anaviy usulda olib boraman. Darslarim qiziqarli o’tishi uchun har bir darsimni oldindan loyihalashtirib, unga texnologik xarita yarataman. Texnologik xarita darsimni oldindan tasavvur qilish imkonini beradi. Texnologik xaritada darsning maqsadi, vazifasi, mavzuning mazmuni, dars jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar, kutiladigan natija va kelgusi rejalarimni bayon qilaman .Har bir darsimning mavzusi va maqsadidan kelib chiqib, dars shakllarini belgilab boraman. Har bir darsimga mavzuga mos epigraf tanlayman. Darslarimni konferensiya, sayohat darslari sifatida olib borishga harakat qilaman.Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya) Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Buni o’quvchilarga oldindan aytib, tayyorlanishlari uchun kerakli vazifalarni berib boraman. Bunda o’quvchilar izlanishadi, o’z ustida ishlaydi , darslik bilan shug’ullanadi. Darsda yakka , juft, guruhda yoki jamoa bo’lib ishlash shakllaridan foydalanaman. Bu shakllardan guruhda ishlash shakli darsimning qiziqarli o’tishga yordam beradi. Har bir dars bosqichida muayyan usullardan foydalanaman.
Darsning tashkiliy qismida o’quvchilar bilan salomlashib, jurnal bo’yicha davomotni olaman. Shundan keyin o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirib, dars maqsadi, oltin qoidasini aytaman. Tashkiliy qismda asosan “ So’nggi axborot” usulidan foydalanaman. Bunda o’quvchi hafta davomida bo’lib o’tgan voqealarni o’zbek tilida aytib berishga harakat qiladi, izlanadi, axborotlarni o’zbek tilida ko’rib boradi va o’quvchida og’zaki nutq ko’nikmalari rivojlanadi.
Uy vazifasini tekshirishda “Zanjir”, “Davom ettir”, “ Bumerang” usullaridan foydalanaman. Bu usullar o’quvchilarda sinfdoshlarini tinglashga va do’stining nutqini davom ettira olish ko’nikmalarini o’stirishda samara beradi.Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.
O’tgan mavzuni so’rashdan oldin sinf o’quvchilarini guruhlarga ajratib olaman. Bunda “ 4x4” , “ Ranglar jilosi”, “ Geometrik shakllar” usullaridan foydalangan holda guruhlarga ajrataman.O’tgan mavzularni “ Bliss-so’rov”, “Idrok xaritasi”, “Ha-yo’q”, “ T chizmasi”, “ Klaster” usullari orqali so’rab boraman. Muammoli vaziyat yaratib, uni yechish yo’llarini so’rayman. Kichik sinf o’quvchilari bilan “Rasmli diktant”, “Sirli raqam”, Sirli quticha” o’yinlari orqali o’tgan mavzuni takrorlab olaman. Bu o’yinlar o’quvchilarda rasmlar asosida gaplar tuzishiga va bilim, ko’nikmalarini rivojlantirishiga olib keladi. Bundan tashqari o’quvchilarga krossvordlar berib, ularning bilim saviyasini tekshiraman.
Yangi mavzuni o’tgan mavzu bilan bog’lagan holda tushuntirishga harakat qilaman. Bu ishda menga “Venn diargammasi” usuli qo’l keladi. Masalan: “Uy hayvonlari” va “ Yovvoyi hayvonlar” , “Qadimiy shaharlar” va “Shahar bo’ylab sayohat” mavzularida shu usullardan foydalandim. Yangi mavzuni tushuntirishda darsdan tashqari qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanishga harakat qilaman. Har bir mavzuga mos taqdimotlar yarataman.Slaydlardagi ma’lumotlarning ovozli, animatsiyali bo’lishiga harakat qilaman.Taqdimotlarning ovozli va animatsiyali bo’lishi o’quvchilarning diqqatini jamlab , meni diqqat bilan eshitishiga yordam beradi.Hozirgi kun o’quvchisi juda qiziquvchan bo’lgani uchun darslarimda internet ma’lumotlaridan foydalanaman . Dars davomida videoroliklardan foydalanaman. Bu esa o’quvchida mavzuga, fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.
Yangi mavzuni mustahkamlashga juda katta ahamiyat beraman. Bu bosqichda har xil innovatsion o’yinlardan foydalanaman. “Alibobo oltinlari” , “Sirli sandiqcha” , “Bingo” o’yinlari o’quvchining mavzuni qanchalik tushungani va mavzuni mustahkamlab olishiga yordam beradi. Shundan keyin dars yakunida “BBB” usuli orqali o’quvchilarning fikrini bilib olaman.
Dars yakunida darsning shakliga qarab baholayman . O’quvchilar dars davomidagi faolligiga qarab rag’batlantirilib boriladi. Rag’bat kartochkalari mavzudan kelib chiqqan holda tuziladi.Masalan: mavzu “Polizda” bo’lsa , rag’bat kartochkalari meva va sabzavotlar sifatida tuziladi. Bundan tashqari yil fasllariga qarab ham rag’bat kartochkalarini tuzib boraman. Agar dars guruhlarga ajratilgan holda o’tilgan bo’lsa, unda guruhlar dars davomida shartlar asosida baholanib boriladi va dars yakunida ballar hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi. Bundan tashqari darslarda o’zini-o’zi baholash, bir-birini baholash usullaridan foydalanaman. Bu usul o’quvchilarda bir-biriga bo’lgan ishonchni oshiradi. Baholash 5 ballik sistemada olib boraman.
Uy vazifasini noan’anaviy usulda berishga harakat qilaman. Masalan: Mavzuga mos rasmlar berib, rasm asosida matn yaratish, mavzuni berib uni “Klaster “ usulida yoritib kelish. Shundan keyin o’quvchilardan dars haqidagi fikrini bilib olaman. Bu esa keyingi darsga tayyorlanishimga yordam beradi.
Har bir inson o’z kasbini sevsagina o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. Men bu kasbni tanlab, o’qituvchi ekanligimdan f axrlanaman.
|
| |