• Yogʻoch materiallar
  • Tabiiy Yog’och materiallar
  • Yelimlangan Yog’och materiallar
  • Yog'ochoch materiallarni polirovka (pardoz) qilish. Raja




    Download 253,65 Kb.
    bet1/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi253,65 Kb.
    #234678
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Yog\'ochoch materiallarni polirovka (pardoz) qilish. Raja


    Yog'ochoch materiallarni polirovka (pardoz) qilish.
    Raja:

    1. Yog‘och materiallar va ularning turlari;

    2. Pardozlash materiallari va xossalari;

    3. Yog‘ochning dekorativlik xususiyatlari;

    4. Parda qatlam xosil qiluvchi moddalar;

    5. Yog‘och buyumlarni pardozlash usullari;


    Yogʻoch materiallar  — tabiiy yogʻochdan tayorlanadigan taxta, hari, xoda va boshqa tabiiy yogʻochga bogʻlovchi moddalar (sintetik smolalar) shimdirib va uskunalar orqali bosim ostida ishlov berilib, yelimlab olinadigan qurilish, mebelsozlik, kemasozlik materiallari.
    Tayyorlanish usuliga koʻra tilingan va tilinmagan, presslangan, modda shimdirilgan, qatlam qilib yelimlab yopishtirilgan yogʻochlarga, yogʻoch plastika va plitalarga boʻlinadi.
    Tabiiy Yog’och materiallar — hari, xoda, gʻoʻla, yoʻnilgan, yorilgan materiallar, tilingan (taxta), payraha, faner, qipiq va boshqa materiallar.
    Modda shimdirilgan Yog’och materiallar — antiseptik vositalar va yogʻoch smolasi shimdirilgan materiallar.
    Presslangan Yog’och materiallar — tolaning koʻndalang yoʻnalishi boʻyicha ZOMN/m2 (300 kg . kuch/ sm2) bosim ostida va 100—250° trada qizdirib bir tomonlama, ikki tomonlama va kontur boʻyicha zichlab olinadigan materiallar. Bunday Yog’och materiallarning zichligi 1200–1450 kg/m3 boʻladi.
    Yelimlangan Yog’och materiallar — fizikmexanik xossalari deyarli bir xil boʻlgan yogʻoch qatlamlarini bir biriga yopishtirib (yelimlab va presslab) olinadigan qalin, uzun va enli materiallar.
    Qatlam-qatlam Yog’och materiallar — shpon yoki randalangan fanerlarni sintetik smola yoki oqsil yelim bilan yopishtirib olinadigan material.
    Plastik Yog’och materiallar — payraha, qipiq, maydalangan yogʻoch va boshqa organik yoki mineral bogʻlovchilar (10—30%) dan tayorlanadigan plitalar, yogʻoch plastika, fibroplitalar va boshqa Yogʻoch tolali plitalar yogʻoch massasidan presslab tayyorlanadi.
    Yog’och materiallardan qogʻoz sellyuloza tayyorlash va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqqarishda ham foydalaniladi.
    Yog’och materiallar qurilish, kemasozlik va mebelsozlikda hamda yoqilgʻi sifatida ishlatiladi. Tabiiy Yog’och materiallar daraxt tanasidan olinadi. Daraxt tanasi oʻzak, yogʻochlik, tola va poʻstloqdan iborat. Ayrim daraxtlarning faqat poʻstloq va oʻzak qismi ishlatiladi.
    Oʻzbekistonda Yog’och materiallar tol, yongʻoq, tut, archa, terak, qayragʻochdan tayyorlanadi. Qayragʻoch yogʻochidan arava gʻildiragi va oʻqlari qam yasaladi.

    Download 253,65 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 253,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yog'ochoch materiallarni polirovka (pardoz) qilish. Raja

    Download 253,65 Kb.