|
Yo`l muxandisligi yo`nalishi 675-21 gurux talabasi Mamaraximov Shaxzod Toxir o`gliningBog'liq Pasportlashtirish fanidan Sh.Mamaraximov mustaqil ishTartibga solingan chorrahalar.
Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan rel'ssiz transport vositasining
haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va o'ngga burilayotgan transport
vositalariga yo'l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham o'zaro ushbu qoidaga amal qilishlari kerak.
Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yashil
ishorasidagi yo'naltirgich yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi
boshqa yo'nalishlardagi transport vositalariga yo'l berishi kerak.
Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va rel'ssiz
transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish
yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega buladi.
Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan
chiqishdagi svetofor ishorasidan qat'i nazar, belgilangan yo'nalishda harakatini
davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining yuradigan yo'lida
joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki
5.33
belgisi) bo'lsa, u har bir
svetofor ishorasiga amal qilishi shart.
Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali
harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli
yo'nalishda o'tishni tugallayotgan piyodalarga yo'l berishi shart.
Tartibga solinmagan chorrahalar.
Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo'nalishidan
qat'i nazar, asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan
transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak.
Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada rel'ssiz transport vositasining
haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro
teng
ahamiyatli
yo'llar
chorrahasidan
o'tish
qoidasiga
amal
qilishlari
kerak.
Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.
Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel'ssiz transport vositasining haydovchisi teng
ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan,
shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu
qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.
Agar haydovchi o'zi harakatlanayotgan yo'lning qoplamasi bor-yo'qligini aniqlay olmasa
(qoronri vaqt, loy, qor, va h.k.) va imtiyoz belgilari bo'lmasa, unda u o'zini ikkinchi darajali
yo'lda deb hisoblashi kerak
Mavzu: O`zbekiston avtomobil yo`llarini
umumiy tarmog`I
Reja:
1. Yo`l haqida umumiy ma`lumot
2. Avtomobil yo`llaridagi xususiyatlar
|
| |