№5 Mа’ruzа
Yo‘l poyini tog’ yon bag’irlarida qurish Rеjа:
Yo‘l poyini tog‘ yon bag‘rlarida qurish. Tog‘ yon bag‘rida yo‘l poyini konstruktiv xususiyatlari va uni ishni bajarish usuliga ta’siri.
Yo‘l poyi ustki yuzasini va yon bag‘rini pardozlash. Yo‘l poyi yon bag‘rini mustaxkamlash.
Yo‘l poyini tog‘ yon bag‘rlarida qurish. Tog‘ yon bag‘rida yo‘l poyini konstruktiv xususiyatlari va uni ishni bajarish usuliga ta’siri
Ko‘tarma yoki o‘ymani qurish bo‘yicha asosiy ishlar tugallangandan so‘ng
tekislash ishlari bajariladi, undan so‘ng yo‘l poyining yuzasi mutsahkamlanadi. Yo‘l poyi yuzasi va yon qiyaligi loyiha belgisigacha talab qilingan ravonlikda bo’lishi va suvning oqishni ta’minlash maqsadida tekislanadi.
Ko’tarmaning yon qiyaligini tekislash yo‘l poyi yuzasini tekislashdan so‘ng bajariladi, o‘ymalarda,
aksincha, avval yon qiyalik, keyin o‘ymaning tubi tekislanadi.
Yon qiyalik tekislangandan so‘ng, darrov suv yuvib ketmasligi yoki boshqa omillar ta'siriga uchramasligi uchun mutsahkamlanadi.
Ko‘tarmaning yuzasi yoki o‘ymaning tubini tekislash avtogreyder bilan amalga oshiriladi. Bu ishlarni avtomat boshqariladigan sitsema bilan qurollangan (masalan, “Profil P”, “Profil 30” kabi mashinalar bajaradi. Bu sitsemalar
maxsus kopir tizimida, yo‘l poyining tekislangan yuzasida yoki lazer yo‘naltiruvchi bo‘yicha ishlovchi, harakatlanuvchi ishi datchikdan avtomat sitsemasining funksiyalanishiga asoslangan.
To‘g‘ri yo‘l bo‘laklarida bo‘ylama qiyaligi 30 ‰ gacha bo‘lgan yo‘l poyi yuzasini va gorizontal egrili yo‘l bo‘laklarida
tekislash lazer kopiri bilan, vertikal egrili yo‘l bo‘laklarida - bikr kopir bilan amalga oshiriladi.
Lazer nurining aylanishida yaratilgan lazer sitsemasi tayanch optik tekislikka asoslangan.
Nurning aylanish chatsotasi qurilish mashinasining surilish tezligiga asosan olingan va 70-100 ayl/minni tashkil qiladi.
Avtogreyder qirquvchi ag’dargichining cheti lazer tekisligiga qat’tiy ravishda parallel harakatlanadi. Lazer nurini bitta pulti orqali bir vaqtda bir necha mashinani boshqarish mumkin. Nurlantirgichning ta'sir masofasi 500 m gacha bo‘ladi.
Bikr kopir qo‘llab tekislashda kopir sim (kopir trosi) ko‘tarma qoshiga o‘rnatiladi. U bir-biridan 10-20 m masofada joylashgan metall qoziqqa o‘rnatiladi. Kopir simning loyiha chizig‘idan balandligi taxminan 0,55 m belgilanadi. U maxsus chig’ir bilan tortiladi va dinamometr bilan nazorat qilinadi. Asosiy qoziqlar va kopir simlari nivelir bo‘yicha o‘rnatiladi.