Yo‘l poyini tog’ yon bag’irlarida




Download 443,35 Kb.
bet2/3
Sana28.05.2024
Hajmi443,35 Kb.
#255665
1   2   3
Bog'liq
3-mustaqil ishga 5-Mаruza

Yo‘l poyi ustki yuzasini va yon bag‘rini pardozlash. Yo‘l poyi yon bag‘rini mustaxkamlash


Ko‘tarma va o‘ymaning yon qiyaligini tekislash har xil mashinalar: buldozer yoki avtogreydrlar, ekskavator-tekislovchi (teleskop tsrelali bitta cho’michli gidravlik ekskavatorlar), oddiy cho’michli yoki maxsus ikki ag’dargichli tekislovchi, ekskavator-draglayn bilan amalga oshiriladi.
Ko‘tarmalar 1:3 va katta yotiq yon qiyaligida (4.12- rasm) avtogreyder bilan tekislanadi.

4.12-rasm. Yotiq qiyaliklarni avtogreyder bilan tekislash


Yotiqligi 1:2 va undan katta bo‘lgan yon qiyaliklarni buldozer bilan qiyalikning o‘zida, yo‘l o‘qiga perpendikulyar, yuqoridan patsga harakatlanib tekislash mumkin. Qiyaligi 1:3 dan kichik bo‘lgan yon qiyaliklar uzaytirilgan pichoq bilan jihozlangan avtogreyder yoki buldozer bilan tekislanadi 4.13-rasm.

4.13-rasm. Tik yon qiyaliklarni tekislash uchun buldozer va avtogrederni jihozlash: a-avtogreyder pichog‘ini chetga chiqarish; b-buldozer ag’dargichini uzaytirgich; 1 va 2-uzaytirgich seksiyasi; α-qiyalikka mos keluvchi burchak.


Katta ko‘tarma va chuqur o‘ymalarning yon qiyaliklari ekskavator bilan tekislanadi. Balandligi 5-7 m bo‘lgan ko‘tarmada teleskop qulochli ekskavator- tekislovchi (4.14-rasm) qo‘llash maqsadga muvofiq, undan katta (14 m gacha) ko‘tarmalarda - ikki ag’dargichli tekislovchi ekskavator (3.14-rasm) yoki oddiy cho’michli draglayndan foydalanadi. Ekskavator-tekislovchi bilan tekislashda ekskavator yuqori va patski tomondan, ekskavator-draglaynda- faqat yuqori tomondan olib boriladi.

4.14-rasm. Teleskop qulochli ekskavator-tekislovchi bilan yon qiyalikni tekislash: a-qiyalikning yuqori qismini tekislash; b- qiyalikning patski qismini tekislash; A- birinchi tekislashzonasi; B- ikkinchi tekislash zonasi.

4.15-rasm. Ikki ag’dargichli ekskavator bilan yon qiyalikni tekislash:


a-qiyalikning yuqori qismini tekislash; b- qiyalikning patski qismini tekislash.
Chuqurroq o‘ymalar yoki kattaroq ko‘tarmalar bo‘lganda yon qiyalik kengligi
5 m dan kichik bo‘lmagan tokchali yarus bo‘yicha, ekskavator yordamida tekislanadi.
Yon qiyaliklarni tekislashda yuzaning ravonligi va kerakli yon qiyalik nazorat qilinadi. Buning uchun ko‘tarib yuriladigan har xil kontsruksiyali lekalolardan (4.16-rasm) foydalaniladi.

4.16-rasm. Ko‘tarma va o‘ymaning yon qiyaligini nazorat qilish:


a-ko‘tarib yuruvchi lekalo yordamida; b-ko‘tarib yuruvchi veshka yordamida; 1- lekalo; 2-veshka; 3-konsol
Shamol, suv, harorati ta'sirida gruntlarning fizik xossasi o‘zgarishi natijasida yo‘l poyini yon qiyaligi buzilishi mumkin.
Yo‘l poyining yon qiyaligini mutsahkamlovchi tadbirlar kontsruksiyasi har xildir. Ular yon qiyalikning o‘lchami va qiyaligiga, tumanning ob-havo-iqlim va gidrogeologik sharoitiga, gruntlarning xossasi va boshqa omillarga qarab tanlanadi. Yon qiyalik yuzasiga o‘simlik - o‘t qoplamasini xosil qilish. Eng sodda mutsahkamlovchi hisoblanadi, ayrim hollarda yon qiyaliklarga daraxtlar va butalar ekib mutsahkamlanadi. Grunt qatlamini bog‘lovchi bilan qayta ishlab, ayrim temirbeton elmentlar, sement-yoki asfaltbeton qoplama bilan mutsahkamlash
mumkin.
Eng ko‘p tarqalgan va samara beruvchi tadbir o‘t ekib o‘simlik qatlamini xosil qilishdir. Bunda ko‘pincha, yig‘ma panjarali temirbeton elemenlaridan iborat mutsahkamlovchilardan foydalaniladi. Bunday kontsruksiyalar odatda, chuqur o‘ymalar yoki baland ko‘tarmalarni mutsahkamlashda qo‘llanadi. Yig‘ma yoki monolit temirbetonli himoyalovchi qatlamni xosil qilish, odatda, poymali yo‘l bo‘laklarida, ko‘priklarga olib keluvchilarda qo‘llaniladi. Tog‘li hududlarda nuragan tog‘ jinsili gruntlarning yon qiyaliklarini mutsahkamlashda pnevmopurkash usulida qilingan beton qoplanadi. Tog‘li sharoitda gilli yoki qumli gruntlarda ko‘tarma va o‘ymaning yon qiyaliklari, ko‘pincha, har xil qalinlikdagi tosh materialli qatlamlar yoki donali tosh bilan mutsahkamlanadi.
O‘simlik qatlamini hosil qilib yon qiyaliklarni mutsahkamlash ikki usulda amalga oshiriladi: yon qiyalikka yotqizilgan o‘simlik qatlami gruntiga mexaniatsiyalashgan yoki gidrosepish bilan o‘simlik ekish; yon qiyalikda gidrosepishsiz datslabki o‘simlik qatlamini hosil qilish.
Birinchi usulda yon qiyalikka 10-15 sm qalinlikda o‘simlik qatlami yotqiziladi, undan keyin o‘simlik urug‘i ekiladi.
Yon qiyaliklarda o‘simlik qatlamini xosil qilmasdan gidroekish mumkin. Bu holda o‘t urug‘i, mineral o‘g‘it, skelet xosil qiluvchi material, plyonka xosil qiluvchi komponent va suvdan iborat aralashma qo‘llanadi. Skelet xosil qiluvchi material (maydalangan somon, qipiq) va plyonka xosil qiluvchi (bitum emulsiyasi yoki lateks) yon qiyalikda o‘tni o‘sishiga va rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi va qiyalikni suv va shamol erroziyasidan saqlaydi.
O‘t urug‘i aralashmasining tarkibi tumanni iqlim sharoitiga bog‘liq har xil navlardan yaratiladi. Quruq iqlim sharoitida sun'iy namlanadi.
Gidroekish uchun kurakli aralashtirgichi bor sitserna, nasos, shlang va yon qiyalikka urug‘ sochuvchi gidromonitordan iborat maxsus DE-16 turidagi mashinadan foydalaniladi. Aralashma yon qiyalik bo‘yicha, mashinani qiyalikning yuqorisida yoki otsida harakatlantirib sochiladi. Odatda, aralashma bitta qamrab olish masofasida, ishchi aralashmani qiyalikdan oqib ketmasligi uchun, gidroseyalkani bir necha marta o‘tkazib sepiladi.
Agar yon qiyalik grunti quruq bo‘lsa, qo‘shimcha namlanadi. Gidroseyalkaning ish unumdorligi o‘rtacha taxminan 4000 m2/smenadan iborat bo’lib, qiyalikning o‘lchamiga, ish ob'yekti orasidagi masofaga va yoqilig‘i zaxirasiga bog‘liq.
Ishchi belgisi 3,5 m gacha bo‘lgan yo‘l poyi yon qiyaligiga o‘simlik gruntini yoyishni otkosnik bilan jihozlangan buldozer yoki avtogreyder bilan bajarish mumkin. Agar balandlik katta bo‘lsa, ekskavator-draglayn bilan yoyiladi. Yo‘l poyining ishchi belgisi 8 m gacha bo‘lgan joylar sharoitiga bog‘liq holda o‘simlik grunti ekskavatorning patski yoki yuqorigi turish joyidan tarqatiladi. Grunt cho’mich yordamida avval qoshi bo‘ylab yoki qiyalik otsiga joylashtirib tayyorlab quyilgan to‘plamdan olinadi. Yon qiyalikdagi gruntn ekskavator-draglayn bilan tarqatilgandan so‘ng ekskavator-tekislovchi bilan tekislanadi. Gruntni yuqori to‘xtab turish joyidan tekislash qulaydir. Tekislovchi rama bilan tekislashda u avval qiyalik otsiga tushiriladi keyin yuqoriga tortiladi. Tekislash avvalgi izni 1/3 qoplab amalga oshiriladi.
Panjarali kontsruksiyalar bilan birgalikda yig‘ma temirbeton elementlar yordamida yon qiyalikni mutsahkamlash quyidagi texnologik ketma-ketlikda amalga oshiriladi: yon qiyalikni tayyorlash – tekislash va zichlash; qiyalik otsiga beton tayanch qurish; panjarali kontsruksiyali temirbeton elementini montaj qilish; katoklarni o‘simlik grunti bilan to‘ldirib o‘t ekish (kataklar, shuningdek chaqiqtosh yoki shag’al bilan to‘ldirilishi mumkin).
Yig‘ma elementdan iborat panjarali kontsruksiya patsdan yuqoriga qarab yig’iladi. Qismlarni uzatish kranda amalga oshiriladi; tutashgan joylari mutsahkamlanadi; yacheykani to‘ldirish uchun grunt, shag’al yoki sheben greyferli cho’mich bilan jihozlangan kran orqali uzatiladi. Yig‘ma elementlarni montaj qilishdan avval o‘q chiziqlar qoziqlar yordamida belgilanadi. Suvga botmaydigan yon qiyaliklarni mutsahkamlash uchun panjarali kontsruksiyalardan tashqari qalinligi 10-15 sm shag’al yoki chaqiqtosh yotqiziladi. Bu materialni yon qiyalikka yotqizilgandan va tekislangandan so‘ng ekskavator-draglaynga montajlangan maydonli titratgich yoki katok bilan zichlanadi.
Quruq tumanli hududlarda qumli ko‘tarmaning yon qiyaligini bog‘lovchi materiallar va gilli grunt bilan ishlangan sheben, shag’al, gruntlardan qoplama qilib mutsahkamlash mumkin. Sheben (shag’al) yon qiyalikka 0,10-0,15 sm qalinlikda yoyiladi. Qiyalikning asosiga material 1 m kenglikda tayanch qilish uchun yoyiladi. Gilli gruntlarni ishlatilishi murakkab texnologiyani talab qilgani uchun qiyindir. Quriganda gil qatlami yorilib ketmasligi uchun yotqizilgan gilga qum qo‘shilib yaxshilab aralashtiriladi.
Qumli gruntlarni mutsahkamlash uchun organik bog‘lovchilar - bitum, neft qoldiqlari va sa'noat chiqindilari qo‘llanadi. Yon qiyaliklar bog‘lovchi qo‘yilib yoki qayta ishlangan gruntdan tayyorlangan aralashma bilan qayta ishlanadi.
Yon qiyaliklarni suv yub ketmasligi va to‘lqinlar buzmasligi uchun tosh terib mutsahkamlash. Tosh terib mutsahkamlash soda usuli, ishonch va uzoqqa chidamliligi uchun ko’p qo’llanadi. Buning uchun muzlashga qarshiligi 100-150 Mrz bo‘lgan mineralogik tarkibi va o‘lchami har xil toshlardan foydalaniladi. Qatlamning qalinligi eng katta tosh o‘lchamidan ikki baravar ko‘p bo‘ladi.
Toshlar teskari filtr prinsipiga asoslanib teriladi. Navlarga ajratilmagan toshlarni qo‘llashda agar toshning tarkibi teskari tabiiy filtrni xosil qilsa, tayyorgarlik qilinmaydi.
Yon qiyaliklarni beton qoplamalar bilan mutsahkamlash ularni suv oqimi ta'siri, to‘lqin urishi va muzdan himoyalaydi.
O‘lchami 1,00 X 1,00 X 0,16 m, qalinligi 0,3 m bo‘lgan monolit beton qoplamgacha bo‘lgan yengil yig‘ma turidan boshlab har xil kontsruksiyalar ishlatiladi.
Hamma turdagi beton qoplamalar qalinligi 0,1-0,2 mli chaqiqtosh yoki shag’al qatlamiga yotqiziladi. Qiyalikning tag qismida ko‘tarma asosida yig‘ma beton elementlari yoki monolit betondan tirgak qilinadi. Ayrim hollarda beton tirgakdan tashqari toshli - tirgakli prizma (risberma) sochiladi, suv bosadigan qiyalikni mutsahkamlashda avval toshdan suv sathidan 0,25 m yuqori (qurilish davrida) belgigacha berma qilinadi. Mayda beton plitalar yon qiyalikka bir-biriga bog‘lamasdan yotqiziladi, yirik temirbeton plitalar sharnir bog‘lanish hosil qiluvchi yoki chiqib turgan armaturasini payvandlab yoki maxsus detallar orqali metall xomut (har tarafiga bittadan) bilan biriktiriladi. Eng yirik plitali qoplama ayrim karta xosil qilish uchun harorat chokidan maydalanadi. Material va plitani qiyalikka, berma yoki yo‘l yoqasiga joylashgan kran yordamida uzatiladi. Materiallar va plitalar oldindan olib kelinadi va mutsahkamlanadigan qiyalik bo‘yicha tahlanadi. Plitalar ketma-ketlikda patsdan yuqoriga tekislangan va zichlashtirilgan asosga yotqiziladi. Zichlashtirish uchun tebratuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Yo’l poyini mutsahkamlash va uni saqlanishini, yo‘lning jarli hududlarida ishlashini ta'minlashda zarur tadbirlardan biri-ularni mutsahkamlash va yo‘l- yo‘lakay ulardan foydalanishdir. Jarlar yer eroziyasi turi bo’lib ko‘pincha, katta buzilishlarga va foydali qishloq xo‘jalik maydonlarini yo‘qotishga olib keladi. Jarlarni mutsahkamlash, shuningdek, yo‘lni jarli hududlardan o‘tkazish va bir vaqtda foydalanishning har xil turi mavjuddir. Jarlarni mutsahkamlash turlari qidiruv ishlari asosida aniqlanadi.

Download 443,35 Kb.
1   2   3




Download 443,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘l poyini tog’ yon bag’irlarida

Download 443,35 Kb.