• Tayanch so‘zlar va iboralar
  • Mahsulotni sertifikatlashtirishning asosiy masalalari quyidagilar
  • Mahsulotni sertifikatlashtirish quyidagi ishlarga asos bo‘ladi;
  • Yo‘l qurilish mahsulotlarini sertifikatlashtirishning maqsadi




    Download 45.96 Kb.
    bet1/8
    Sana03.03.2024
    Hajmi45.96 Kb.
    #166105
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Маъруза. 2-мавзу.
    4-topshiriq, Bux.ON, soniy dasturlash 9-10, Referat Mustaqil ish mavzusi Sotsiologik tadqiqotlar metodologi, Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Moddiy yodgorlikla, 5-Laboratoriya ishi. Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasini tadqiq , Химоядан кейинги хужжатларни тайёрлаш буйича курсатма, kurs ishi, Назорат ишига ТАҚРИЗ, Korporativ boshqaruv. Xodiyev B, international-standard-classification-of-education-isced-2011-ru 0, Kataliz Turlari Umumiy tamoyillar Kattalitik reaksiya mexaniz fayllar, Azizbek, Husan aka, Gazni tozalash usullari gazlarni mexanik tozalash

    2-MAVZU. YO‘L QURILISHI MAHSULOTLARINI SERTIFIKATLASHTIRISH
    REJA

    1. Yo‘l qurilish mahsulotlarini sertifikatlashtirishning maqsadi

    2. Yo‘l qurilishining majburiy va ixtiyoriy sertifikatlanadigan mahsulotlari ro‘yxati

    3. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib chiqilayotgan maxsulotlarini sertifikatlashtirish

    4. Sertifikatlashtirish uchun sinovlarnini o‘tkazish

    5. Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish

    6. Yo‘l ta’mirlashida sertifikasiyalanadigan mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlari

    Tayanch so‘zlar va iboralar: mahsulot sertifikati, dastlabki sinov, majburiy va ixtiyoriy sertifikat, sertifikatlashtirish milliy tizimi, konstruksiyaboplik
    texnologiyaboplik, ta’mirboplik, saqlanuvchanlik, sifat menejmenti.

    Yo‘l ta’mirlashi mahsulotlarini sertifikatlashtirish, bu tashkiliy-texnik va iqtisodiy tadbirlar majmuasi bo‘lib, ular yo‘l ta’mirlashi ishlariga ilmiy-texnik yutuqlarni o‘z vaqtida joriy qilib, mahsulot sifatini rejali tarzda oshirishga qaratilgan. Mahsulot sertifikasiyasi davlat sertifikasiyasi tizimi miqyosida o‘tkaziladi. U mahsulot sifatini oshirishda rejalash va rag‘batlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.


    Mahsulotni sertifikatlashtirishning asosiy masalalari quyidagilar:

    • xalq xo‘jaligi aholining ehtiyojlarini to‘la qondirish maqsadida mamlakatdagi va chet ellardagi eng yaxshi yutuqlardan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish;

    • ilg‘or raqobatbardosh yo‘l ta’mirlash mashinalari, uskunalari, asboblari, materiallari, buyumlari va konstruktiv elementlarini ishlab chiqarishni kengaytirish;

    • past sifatli mahsulot beradigan eski texnologiyalarni ishlab chiqarishdan olib tashlash yoki takomillashtirishni tezlatish.

    Mahsulotni sertifikatlashtirish quyidagi ishlarga asos bo‘ladi;

    • mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini sifat toifalari bo‘yicha rejalash;

    • mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini oshirish;

    • yo‘l-ta’mirlash birlashmasi yoki korxonasining mahsulot sifati va texnikaviy darajasini oshirishdagi faoliyatini baholash;

    • mahsulotni davlat sifat belgisi yoki yuqori toifa bilan ustuvor ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish.

    Metodik ko‘rsatmalarga muvofiq vazirlik, muassasaning yo‘nalishidagi hamma mahsulot va doimo ishlab chiqariladigan boshqa mahsulotlar sertifikasiya qilinadi.
    Boshqa mahsulotlar davlat sertifikasiyasidan o‘tkazilmaydi. Bular:

    • dastlabki ishlov bermasdan foydalanadigan mahsulotlar;

    • bir martalik shartnoma asosida tayyorlanadigan mahsulotlar;

    • tajriba namunasi yoki partiyasi sifatida tayyorlanadigan mahsulotlar;

    • ishlab chiqarishdan olib tashlangan yoki ta’mirdan o‘tgan mahsulotlar.


    Download 45.96 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 45.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo‘l qurilish mahsulotlarini sertifikatlashtirishning maqsadi

    Download 45.96 Kb.