• Yo‘l xarakati qoidalariga rioya qilishni nazorati
  • E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
  • Yo‘l xarakati xavfsizligini oshirishda zamonaviy intellektual transport tizimlar




    Download 12,69 Mb.
    Sana27.05.2024
    Hajmi12,69 Mb.
    #254496
    Bog'liq
    ITT Maruza (3)


    Yo‘l xarakati xavfsizligini oshirishda zamonaviy intellektual transport tizimlar
    1.
      • Yo‘l-transport xodisasn (YTX) to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berish va ogohlantirish

    2.

    Reja:
    Xar xil davlatlarda xaydovchilar xavfsizligini qo‘llab - quvvatlovchi tizimlarni amaliyotga tadbiq etilishiga qaratilgan ilk loyihalar yo‘l-transport xodisalarni sezilarli kamaytiradi va shu bilan birga tashish jarayonining samadorligini oshiradi. Ushbu loyihalarning asosiylaridan biri «Intellektual avtomagistral» hisoblanadi. Bunday xolatda xaydovchiga to‘plangan va ishlov berilgan axborotlarni yetkazish vazifasini asosan yo‘l atrofida tashkil etilgan infrastruktura amalga oshiradi. Ushbu vaziyatda xar bir avtomobilni murakkab kompleks texnika bilan jihozlash zarurati qolmaydi, lekin bunga qaramasdan RDS - TMS tizimi yoki axborot yetkazuvchi displeylar yordamida avtomobilni xech bo‘lmasa bir tomonlama aloqa bilan ta’minlash imkoniyati saqlanib qolinadi.
    Avtomagistral bunday xolatda meteorologik, transport va avtomagistralning istalgan qismida boshqa ma’lumotlarni to‘plashga va markazda ularga ishlov berilgandan so‘ng xaydovchilarga joriy axborotlar yoki buyruqlar shaklida boshqaruvni amalga oshiruvchi yo‘l belgilari va axborot displeylari sifatida uzatishga imkon yaratuvchi telekommunikatsion muxit bilan qoplanadi. Telekommunikatsion muxit simsiz bo‘lishi mumkin yoki LAN va WAN tarmoqlari yordamida shakllanadi.
    Faoliyat olib borayotgan AHS (Automated Cruise-Assist High-way Systems) tizimi uchun infrastrukturani yaratish lozim va kuyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak
    Yo‘lni katnov kismi xolatining monitoringi (jismoniy sharoitlar), transport oqimini xolati va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘siklarning monitoringi (tirbandlik, yo‘l-transport xodisasi).
    Yo‘l xarakatini boshqarish markazida ma’lumotlarga ishlov berish.
    Xaydovchiga axborotlarni yetkazish: xar bir xaydovchiga yoki transport oqimiga.
    Tadbirlarni utkazish: transport vositasida avtomatik tizimlar yordamida (AHS-a) yoki xaydovchilar yordamida yetkazish AHS-m).
    Xarakatlanish jarayonida nostandart vaziyatlar to‘g‘risida axborotlar xaydovchiga transportni boshqarish markazidan uzatiladi. Axborotlarni o‘lchash yoki videokuzatuv orqali to‘plash mumkin (intensivligi, tezligi, muzlash, yomg‘ir yoki qor yog‘ishi). Axborotlarni xaydovchilarga og‘zaki uzatish xam katta axamiyatga ega bo‘lib kelmoqda, misol politsiya xabarlari, favquloddagi vaziyatlar, servis xizmatlari va boshqa xabarlar.
    Transportni boshqarish markazida axborotlar to‘planib ishlov berilgandan so‘ng xaydovchiga avtomobildagi axborot tizimi va boshqa aloqa tizimlari yordamida uzatiladi, misol, DSRC yoki RDS-TMC tizimlari yordamida. Butun transport oqimi uchun axborot tablosi va boщqariladigan yo‘l belgilari ishlatiladi
    «Intellektual» chorraxalar xaydovchini qizil chiroqda to‘xtamasdan xavfli xarakatlanuvchi avtomobil to‘g‘risida ogohlantiradi. Yaxshi ishlangai tizimlardan jamoat transporti va svetoforlarni boshqarish vositalari bilan xar xil shaklldagi aloqa o‘rnatgan ko‘zi ojiz yo‘lovchilarni xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladi.
    Sputniklarga tayangan navigatsiya tizimlari va radioaloqa vositalari ITX oqibatlarini bartaraf etish tizimlari xavfli vaziyatlarni paydo bo‘lishi yoki xavfli vaziyatlarda yordam ko‘rsatishda ishlatilayotgan vositalarning joylashishini aniqlovchi vositalardan foydalanadi. Yo‘l-transport xodisasi sodir bo‘lgan joyga qisqa vaqt ichida yetib borish uchun qutqaruvchi jamoa (komanda) optimal marshrutdan foydalanadi.
    Xavf-xatar to‘g‘risidagi signalni xaydovchi o‘zi berishi mumkin yoki xodisalarni avtomatik aniqlovchi datchik (Crash Sensor) yoki xavfsizlik yostigi yordamida. Jamoat transport vositalarida favquloddagi vaziyatlar to‘g‘risida yordamchilarga habar beruvchi knopkasi xaydovchining yonida joylashgan. Undan tashqari ushbu knopkalar videokameralar bilan birgalikda barcha jamoat transporti bekatlarida o‘rnatiladi.
    Favquloddagi vaziyatlarda yo‘lovchilar xavfsizligini oshiruvchi oddiy usullardan biri bevosita voqea sodir bo‘lgan joyda jabrlangan yo‘lovchiga birinchi yordamni ko‘rsatish bo‘ladi. Xar bir xaydovchi yonida mobil telefon, ikkidiapazonli GPS-GSM antennasi va oddiy elektron vositalardan iborat “bush ko‘llar” komplektini joylashtiriash lozim.
    Yo‘l xarakati qoidalariga rioya qilishni nazorati
    Zamonaviy avtomobillarni ximoya qilish vositalaridan biri yo‘l-transport xodisasini elektron registratsiya qilish vositasi xisoblanadi. Ushbu registrator nafaqat sodir bo‘lgan yo‘l - transport xodisasini aniqlashga yordam beradi, undan tashqari avtomobilning konstruksiyasini yaxshilashga xam imkon yaratadi. Zamonaviy transport vositasi bir nechta datchiklar bilan jixozlanadi va ular vaziyatni yozib olish vositalar bilan ulanadi. Yo‘l - transport xodisasi sodir bo‘lganda voqea boshlanishidan ilgari 30 soniya va sodir bo‘lgandan so‘ng 15 soniya yozib saqlanadi.
    Intellektual transport tizimlarining (ITT) kichik tizimlari transport oqimi yukori bo‘lgan chorraxalarda qizil chiroqqa xarakatlangan transport vositalarni registratsiya qilish va yozib olish yordamida nazorat va jazolash tizimi faoliyatini ta’minlaydilar.
    Ushbu kichik tizimlar yordamida barcha xarakatlanish jarayonlari registratsiya qilinadi: transport vositasining xarakat tezligi, xarakat yo‘nalishi, ish vaqti, aylanmalar soni va boshka indikatorlar
    E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
    Download 12,69 Mb.




    Download 12,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo‘l xarakati xavfsizligini oshirishda zamonaviy intellektual transport tizimlar

    Download 12,69 Mb.