|
Yonuvchi aralashmalarning yonish qonuniyatlari haqida. Bajardi: Qobilov Obidjon Tekshirdi: Muxiddinova Yayra Toshkent 2024
|
bet | 1/2 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 23,21 Kb. | | #145859 |
Bog'liq Mustaqil ish
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Issiqlik energetikasi fakulteti
Mustaqil ish
Mavzu: Yonuvchi aralashmalarning yonish qonuniyatlari haqida.
Bajardi: Qobilov Obidjon
Tekshirdi: Muxiddinova Yayra
Toshkent 2024
Yonuvchi aralashmalarning yonish qonuniyatlari haqida.
Yonuvchi aralashma - dvigatellarda yonilgʻi bilan havo (oksigen)ning maʼlum nisbatdagi aralashmasi. Yo. a. karbyuratorli ichki yonuv dvigateli (IYOD) da silindrdan tashqarida (karbyuratorda) benzin bugʻlari bilan havo (oksigen)dan, gaz bilan ishlaydigan IYOD da gaz bilan havodan, dizel dvigatellarida silindrga kiritilgan qisilishidan qizigan havo bilan unga purkalgan dizel yonilgʻisidan hosil boʻladi. Yo. a. tarkibidagi 1 kg yonilgʻiga toʻgʻri keladigan havo (oksigen) miqdoriga qarab, meʼyordagi (1:15), suyuq (1:18), suyuqlashgan (1:16,5), quyuklashgan (1:13) va quyuq(1:12) xillarga boʻlinadi. Bu miqdor IYODga tushadigan yuk (nagruzka)ga qarab tanlanadi. Mas, dvigatelni ishga tushirishda quyuq, ortiqcha yuk bilan ishlashda (tepalikka koʻtarilishda) quyuklashgan, tekis yoʻlda bir maromda harakatlanishda meʼyordagi (normal), pastlikka tushishda suyuqlashgan va salt ishlashda suyuq Yo. a. hosil qilinadi. Avtotraktor dvigatellarida sovuq dvigatelni ishga tushirishda soʻriladigan havo yoʻlini toʻsib (zaslonka yordamida), boshqa hollarda esa akselerator tepkisi (pedali)ni bosib boʻshatib Yo. a. miqdori rostlanadi.[1]
Yoqilgʻi — yonganda muayyan miqdorda issiqlik ajratadigan uglerod va uglevodorodli moddalar, energiya manbai. Qattiq, suyuq va gaz holatida boʻladi, tabiiy hamda sunʼiy xillarga boʻlinadi. Tabiiy qattiq Yoqilgʻi — yogʻoch, torf, slanets, toshkoʻmir, antratsit va b., sunʼiy Yoqilgʻi — pista koʻmir, koks, aglomerat va b. Tabiiy suyuq Yoqilgʻi — neft, sunʼiysi — benzin, kerosin, mazut va b., tabiiy gazeimon Yoqilgʻi — tabiiy gaz, sunʼiysi — domna gazi, generator gazi va b. Atom energiyasi va yarimoʻtkazgichlardan foydalanish texnikasi hamda nazariyasining rivojlanishi bilan yangi xil Yoqilgʻi — yadro Yoqilgʻisi paydo boʻldi. Iqtisodiy nuqtai nazardan eng arzon Yoqilgʻi —neft va tabiiy gaz. Dvigatellarda ishlatiladigan Yoqilgʻi (mas, benzin, kerosin, yadro Yoqilgʻisi, reaktiv Yoqilgʻi va b.) yonilgʻi deb ataladi. Har qanday Yoqilgʻi va yonilgʻi issiqlik ajratuvchanl i k xossasi bilan ifodalanadi. Jadvalda ish holatidagi, yaʼni isteʼmolchilarga beriladigan holatdagi Yoqilgʻi va yonilgilarning issiqlik ajratuvchanligi (kaloriyasi) keltirilgan: YO.ning turli xillari haqidagi maʼlumotlar tegishli maqolalarda beriladi (mas, gazlar, koʻmir, ushin, torf va q. k.).[1]
Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddadan ikkinchi moddaga aylanishi, katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi.
Yonish bo‘lishi uchun asosan uch omil: 1) yonuvchi modda; 2) yondiruvchi muhit; 3) qizdirish jarayoni bo‘lishi shart. Yonuvchi modda deyarli hamma joyda bor: bular dar xil yog‘och mahsulotlari va jihozlari, qog‘oz mahsulotlari, ximiyaviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va umumiy har qanday organik moddalar yonadi. Yondiruvchi muhit bu bizni o‘rab turgan havo tarkibidagi kislorod bo‘lib, u ham hamma vaqt mavjud. Ba’zi bir hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro‘y berishi mumkin. Endi qizdirish jarayoni bo‘lsa, yonish reaksiyasi vujudga keladi. Buning uchun ma’lum miqdorda qizdirish manba’i bo‘lishi kerak. Reaksiya boshlangandan keyin, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan isiqlik yonishning davom etishini ta’minlaydi. Shuning uchun yonayotgan zona alangalanish manba’i va yonish zonasi hisoblanadi. Bu zona harorati qancha katta bo‘lsa, yonish shuncha tez bo‘ladi.
Yonish jarayoni asosan ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisida qattiq jismlari yonish jarayonida yonayotgan modda havo muhitidan ajralgan holda bo‘ladi. Kislorod bilan birikish yonish zonasidagi issiqlik natijasida o‘tadi va bu birikkan modda (yoki yonish mahsuloti) qizigan holatda yuqoriga qarab yo‘naladi va o‘z o‘rniga havo bilan kislorodni kirishiga sababchi bo‘ladi va bu holat yonuvchi modda tamom bo‘lguncha davom etishi mumkiin. Bu yonish havo harakati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta’minlaganligi uchun diffuziya yonishi deb yuritiladi. Bunday yonish yog‘och, ko‘mir, sham va boshqalar yonganda kuzatish mumkin.
Yong‘inlar ham asosan diffuziya tartibida bo‘ladi. Yonishning ikkinchi xili yonuvchi gazlar, yonuvchi suyuqliklarning parlari va yonuvchi moddalarning changlari havo bilan aralashgan holatdagi yonishi bu kinetik yonish deb ataladi. Bunday yonish hajmiy yonish jarayonida o‘tadi, ya’ni shu ma’lum hajmdagi modda baravar yonadi. yonish tezligi modda konsentratsiyasiga, haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bunday yonish yopiq hajmlarda yoki idishlarda bo‘lsa, portlash hodisasi ro‘y beradi.
Fraksion tarkibi. Bu tarkib dizel yonilg’isining bug’lanishini ko’rsatuvchi va benzinlardagi kabi yonilg’i hajmi bilan yonilg’i temperatura orasidagi bog’liqlikni belgilab beradi. Dizel yonilg’ilari uchun xaydashning boshlanishi 170-200 0S bo’lib unig 50% qishqi dizel yonilg’isida 2500Sda, yozgi dizel yonilg’isida èsa 2800Sda bug’lanishi lozim, haydashning oxirida yonilg’ini 96% 330-3600S haroratda qaynab, bo’g’ga aylanishi lozim. Bu haroratlar yonilg’ining yurgizib yuborish xususiyatlariga ta’sir ko’rsatadi. Dizel yonilg’isining ancha yuqori haroratda haydalishi yonilg’ida og’ir fraktsiyalar borligidan darak beradi. Bu og’ir fraktsiyalar yonilg’i aralashma hosil bo’lishi protsessini yomonlashtiradi, yonilg’i ko’p sarf bo’ladi, ishlatilgan gaz tutab chiqadi va qurum ko’p xosil bo’ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yonuvchi aralashmalarning yonish qonuniyatlari haqida. Bajardi: Qobilov Obidjon Tekshirdi: Muxiddinova Yayra Toshkent 2024
|