Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/yo 45 ekstraksiya usulida o’simlik moylari olishning afzalliklari




Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana25.05.2024
Hajmi0,92 Mb.
#253674
  1   2   3   4
Bog'liq
Yosh olimlar 0109



YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
45 
EKSTRAKSIYA USULIDA O’SIMLIK MOYLARI OLISHNING AFZALLIKLARI 
 Gʻaybullayev Azizbek Husen oʻgʻli 
1
 
Tohirov Muhriddin Bahriddin oʻgʻli 
2
 
Yoʻldasheva Nigora Tursunbayevna 
3
 
1-2 talaba. Namangan muhandislik-qurilish instituti 
3-o‘qituvchi. Namangan muhandislik-qurilish instituti 
gayipovuz@gmail.com
 
Mustaqillik yillarida bu sanoatning taraqqiy etishi natijasida yangi mahsulotlar ham 
tayyorlana boshlandi. Oliy navli tozalangan va qadoqlangan yog’, yangi resepturadagi 
margarin va mayonez shular jumlasidandir. Ayrim yog’-moy korxonalarida keyingi yillarda 
kungaboqar pistasi va masxar urug’laridan ham yog’ ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 
Mahsulotlarni tayyorlash, qayta ishlash, iste’mol va saqlash uchun qulay idishlarga qadoqlash 
bo’yicha yangi texnologiyalar keng miqyosda o’zlashtirilmoqda [1]. 
Kunjara tarkibidagi qoldiq moyni erituvchilar yordamida ekstraksiyalash usuli bilan olinadi. 
Ekstraksiya jarayonida ishlatiladigan erituvchilar ekstraksiya jarayoni texnologiyasiga 
qo’yilgan talablarga javob berishi shart. Bu talablar to’la miqdorda yog’, sifatli kunjara olish, 
odamlar sog’lig’iga zararli bo’lmasligi uchun qo’yilgan talablardir [2]. 
Yog’ - ekstraksiya zavodlarida qo’llaniladigan erituvchilar quyidagi sifatlarga ega bo’lishi 
kerak. 
1- Moyni yaxshi va tez eritib (moy bilan turli nisbatda aralasha olishi), 
ekstraksiyalanayotgan materialdagi boshqa yod moddalarni eritmaslik. 
2- Bir xil kimyoviy modda bo’lishi, doimiy va past haroratda qaynovchi, issiqlik sig’imi past 
bo’lishi. 
3- Kimyoviy tarkibi ekstraksiya jarayonida, hamda saqlashda o’zgarmasligi. 
4- Suv bilan aralashmasligi. 
5- Moy va kunjarada yomon xid, hamda maza qoldirmasdan, past haroratda oson 
bug’lanuvchanligi. 
6- Erituvchining o’zi, hamda suv va suv bug’i bilan aralashmasi uskunalarga ta’sir etmasligi. 
7- Ishlab chiqarishda band bo’lganlar sog’lig’iga ta’sir etmasligi. 
8- Portlash va yong’inga havfsizligi. 
9- Sanoat masshtabida keng qo’llanilishi, ya’ni arzon va serob bo’lishi. 
Hozirgi davrda ushbu talablarga javob beruvchi bironta ham erituvchi topilmaydi. SHunga 
qaramasdan sanoat miqyosida neftning engil fraksiyalaridan bo’lgan, oson uchuvchi benzin 
fraksiyasi ekstraksiya sanoatida keng qo’llaniladi [3]. 
Ekstraksiya benzinlari asosan 2 ta talabga to’liq javob bermaydilar. Benzin yong’in va portlash 
nuqtai nazaridan o’ta xavfli. Oz bo’lsada ekstraksiya benzinning bug’lari inson asab 
to’qimalariga ta’sir etuvchi zahar hisoblanadi. 
Agarda qo’yilayotgan talablarning barchasiga javob beruvchi erituvchi topilganda, u ideal 
erituvchi hisoblanardi. O’simlik moylarning organik erituvchilarda erishi ularning ba’zi bir 
hususiyatlari yaqinligi bilan izohlanadi. O’simlik moylarining va erituvchilarning bu 
o’xshashlik xususiyatlari ularning elektr o’tkazuvchangligi, polyar yoki nopolyarligi bilan 
asoslanadi. Bu xususiyatni dielektrik doimiylik koeffisienti bilan belgilab, solishtirish qulay, 
ya’ni barcha o’simlik moylarining oddiy sharoitdagi, dielektrik koeffisienti 3,0-3,2 atrofida 
bo’ladi. Faqatgina kanakunjut urug’idan olinadigan moyning tarkibida risinol kislotasi 



Download 0,92 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/yo 45 ekstraksiya usulida o’simlik moylari olishning afzalliklari

Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish