• Parol tizimlari
  • Yozdi: jumayazov f. Tekshirdi: fayziyeva d. Reja




    Download 48,58 Kb.
    bet2/4
    Sana08.12.2023
    Hajmi48,58 Kb.
    #114069
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Kiberxavfsizlik 1-MI

    Avtorizatsiya – identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan foydalanuvchiga tizimda amallarni bajarish huquqini berish jarayoni. Umumiy holda, autentifikatsiya binar qaror hisoblanadi - ya’ni, ruxsat beriladi yoki yo‘q. Avtorizatsiya esa tizimning turli resurslaridan foydalanishni cheklash uchun foydalaniluvchi qoidalar to‘plami.Xavfsizlik sohasida aksariyat atamalar standart ma’nolaridan boshqa hollarda ham qo‘llaniladi. Xususan, foydalanishlarni nazoratlash ko‘p hollarda avtorizatsiyaga sinonim sifatida ishlatiladi. Biroq, mazkur o‘quv qo‘llanmada foydalanishlarni nazoratlash biroz kengroq qaralgan.Ya’ni, autentifikatsiya va avtorizasiya jarayonlari foydalanishlarni nazoratlashning alohida qismlari sifatida ko‘riladi.
    Yuqorida keltirilgan atamalarga berilgan ta’riflarni umumlashtirgan holda quyidagicha xulosa qilish mumkin:
    Identifikatsiya – siz kimsiz?
    Autentifikatsiya – siz haqiqatan ham sizmisiz?
    Avtorizatsiya – sizga buni bajarishga ruxsat bormi?
    Parol tizimlari. Maxfiy identifikatorlarga-parollarga (password) asoslangan tizimlar autentifikatsiyaning an’anaviy vositalari hisoblanadi. Afsuski, parol tizimlari, obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra, zaif.Birinchidan, parol tizimlari tizim buzg‘unchilarining jiddiy e’tibori ostida. Buzg‘unchi parol himoyasini buzib, tizim nuqtai nazaridan,ruxsatga ega foydalanuvchiga aylanishi mumkin. Masalan, axborot xavfsizligi sohasidagi 80%dan ortiq insidentlar parol himoyasini buzish bilan bog‘liq. Aksariyat kompyuter xujumlari aynan ma’mur parolini qo‘lga kiritishni ko‘zda tutadi. Ta’kidlash lozimki, ko‘pgina autentifikatsiya tizimlarining zaifligi ularning noto‘g‘ri amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Masalan, ba’zi tizimlarda parol ochiq holda uzatiladi va saqlanadi (PAP protokoli, parol bo‘yicha autentifikatsiyalash protokoli yordamida). Parol axborotini shifrlash protokollari va vositalari esa yetarlicha kriptobardoshlikka ega emas. Ikkinchidan, parollarni ko‘pincha oddiygina aniqlash mumkin. Gap shundaki, parol tizim yordamida (tasodifiy sonlar datchiklari yordamida) generatsiyalash mumkin va, demak, uni esda saqlash qiyin. Bu holda, foydlanuvchilar bunday psevdotasodifiy parollarni ko‘pincha qog‘oz parchasiga, kompyuterning tashqi qurilmasiga, “Ish stolidagi” fayllarga,uyali telefonlarning “xotirasiga” va h. yozishadi. Bu esa buzg‘unchilar uchun yoqimli holat. Boshqa tomondan, oson esda saqlanuvchi parol, odatda, oddiy va foydalanuvchining shaxsiy hayoti va yaqinlari bilan assosatsiyalanganbo‘ladi. Demak, parol osongina topilishi mumkin.Parol himoyasining bardoshligini qanday oshirish mumkin? Bir necha usullar mavjud:
    - doimiy (static) parollar o‘rniga bir martali parollardan foydalanish;
    - parol va qayd yozuvlari himoyasi siyosatini kuchaytirish.
    Ta’siri yo‘qolgan parollardan foydalanish xavfini istisno qilish maqsadida dinamik tarzda o‘zgaruvchi (dinamic) parollardan foydalaniladi. Dinamik parollar vaqtning qandaydir oralig‘idan so‘ng yangi parolning generatsiyalanishini va ishlatilishini ta’minlaydi. Masalan, parollarni generatsiyalash funksiyasida parametrlarning biri sifatida kun ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ravshanki, har kuni parol yangilanadi. Amalda, dinamik tarzda o‘zgaruvchi parollar sifatida subyekt ishining bitta seansida qo‘llaniluvchi bir martali (one-time, single -use) parollar keng tarqalgan. Dinamik tarzda o‘zgaruvchi parollarga asoslangan autentifikatsiya tizimlarida mijoz va server parollarni generatsiyalashning bir xil algoritmidan foydalanishadi. Bir martali parol ta’sirining vaqt oralig‘ini nazoratlash uchun tizim vaqti serverda va mijozda “sinxronlanishi” lozim.Parolni nazoratlashda tizim vaqti ishlatilmay, hodisaning boshlanishiprinsipi ishlatilsa, bunday tizimlar “asinxron tizimlar” deb ataladi.
    Parolli himoyalash xavfsizligi siyosatini kuchaytirish parolni tanlashda uning oshkor bo‘lishini qiyinlashtiruvchi talablarga hamda parolni saqlash va tarmoq orqali uzatish talablariga rioya qilish ko‘zda tutiladi, masalan:
    -parol tarkibida ko‘p uchraydigan ismlar, so‘zlar,qisqartirishlar, kunlar, telefon nomerlari bo‘lmasligi, autentifikator bilan bir xil bo‘lmasligi va h. lozim;
    -parol tarkibida bosh harflar, raqamlar, tinish belgilari va maxsus simvollar (-@#;%^&*) bo‘lishi lozim;
    -paroldagi simvollar soni 8 dan kam bo‘lmasligi va parolni 90 kundan so‘ng almashtirish lozim;
    -hisob yozuvidan foydalanishga cheklashlar (kun, sutka vaqti, ulanish manzili, ulanish soni bo‘yicha) o‘rnatililishi lozim;
    -parolni muvaffaqiyatsiz kiritish va urinish sonini cheklash – 3 dan 5 gacha;
    -parol axborotini saqlash va tarmoq bo‘yicha uzatishning kriptohimoya rejimlari o‘rnatilishi lozim.
    Parol himoyasini kuchaytirishning o‘ziga hos variantlari – parol iboralaridan (pass phrase) va kognitiv (cognitive - anglab bo‘ladigan) parollardan foydalanish. Uzun, ammo xotirlash uchun oson parol iborasi parolning oshkor qilinishini qiyinlashtiradi. Kognitiv parol odatda,tasodifiy tanlangan, ammo maxfiy ravishda oldindan aniqlangan savollarga javoblar qism to‘plamidan iborat.Avtomatlashtirilgan tizimlarda parollar bardoshligini baholashda matematik ko‘rsatkichlar ishlatilishi mumkin. Klod Shennon tomonidan taklif etilgan axborot entropiyasi keng tarqalgan ko‘rsatkich sifatida ishlatiladi:
    𝐻 = 𝑛 ∗ log(2)|𝐴| ,
    Bu yerda, |𝐴|- A alfavitning quvvati (bo‘lishi mumkin bo‘lgan simvollar soni), 𝑛 esa paroldagi simvollar soni.Entropiya qanchalik katta bo‘lsa, parolning tasodifiy tarzda oshkor qilinishi shunchalik qiyinlashadi. Agar parol parollarni tanlash lug‘atida bo‘lsa, uning entropiyasi nulga teng deb hisoblash qabul qilingan. Xulosa sifatida ta’kidlash lozimki, parol himoyasini kuchaytirishning radikal usuli - noyob elektron qurilmadan qo‘shimcha tarzda foydalanib, ikki omilli autentifikatsiyaga o‘tish.

    Download 48,58 Kb.
    1   2   3   4




    Download 48,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yozdi: jumayazov f. Tekshirdi: fayziyeva d. Reja

    Download 48,58 Kb.