Gaydnning cholg'u ijodi. Re major sonatas!




Download 27.36 Kb.
bet4/6
Sana10.04.2023
Hajmi27.36 Kb.
#50110
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yozef gaydn (1732-1809)
Topshiriq, Milliy iqtisod, 444, 1.02.15amaliy, 4 Маъруза, 1245434596 (3), Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish-azkurs.org, 12.1 Kardanli uzatma, asosiy uzatma, differentsial va yarim o’qlar, 1699352098, Суuуртада ахборот технологиялари 2022, 1891283, ISH REJA YUZI 2023, 2-konpekt, 3-9 compressed
Gaydnning cholg'u ijodi. Re major sonatas!
Gaydnning kamer-cholg'u musiqa merosi torli kvartetlar (saksondan ortiq), o'nlab kamer ansambllari (trio, skripka sonatalari), bir necha o'nlab klavir uchun yozilgan sonatalari va boshqa asarlar (variatsiyalar, rondolar)dan tashkil topgan. Klavir asarlari orasida hozirgi kunda ham katta qiymatga ega bo'lgan va pedagogik hamda konsert repertuarlariga kirgan asl durdona asarlar mavjud. Kompozitorning ilk klavir sonatalarida F.E. Bax sonatalarining ta'siri sezilib turadi. Gaydnning individual uslubi 80—90-yillarda yaratilgan klavir asarlarida namoyon bo'ldi. Gaydnning sonata turkumi uch qismdan iborat: sonata allegrosi, vazmin sur'atli qism va rondo shaklida yozilgan jadal final. Ro'p sonli Gaydn sonatalari ichida mahobatli mi bemol major (op.66), shodonlik va quvnoqlik ufurib turgan re major (op.30), lirik mi minor sonatalarini ko'rsatib o'tish lozim. Jo'shqin birinchi qismi, raqssimon fmali va fojiaviy tuyg'ularga to'la o'rta qismi bilan re major sonatasi ko'pda Betxoven musiqasining ta'sirchan sahifalarini oldindan tayyorladi, degan fikrlar mavjud. Sonataning birinchi qismi sonata allegrosi shaklida yozilgan. Bosh partiya bolalar raqsini eslatadi. Oktava quyiga sakrashlar bilan forshlaglar mavzusiga quvnoq xarakter bag'ishlaydi.
Yordamchi partiya bosh partiya mavzusiga yaqin turadi. U ham, shuningdek, shodon hamda quvnoq xarakterlidir. Bu partiya dominanta tonalligi, ya'nilya majorda yozilgan. Major va nomdosh minorning qarama-qarshi qo'yilishi, shuningdek, ikkinchi pasaytirilgan bosqichda va kamaytirilgan septakkorddagi passajlarga qaramasdan birinchi qismning umumiy xarakteri shodon va quvnoqligicha qolaveradi.
Ikkinchi qism fojiaviy tuyg'ular dunyosiga olib kiradi (mi minor). Dissonansli to'xtamlar, pastga yo'nalgan sekundali ohanglar soriataning ikkinchi qismiga dramatik kayfiyat baxsh etadi.
Final raqsona mavzular asosida rondo shaklida yozilgan. Refrenga keskin qarama-qarshi bo'lgan ikkita lavha bilan almashinib, asosiy mavzu — refren uch marotaba takrorlanadi. Birinchi lavha qat'iy, o'tkir, re minorda sadolanadi, ikkinchisi — nozik, yengil — sol majorda.
Eslab qolish kerak
• Gaydn ijodiga janr ko'p qirraligi xosdir. • Kompozitorning ilk klavir sonatalarida F.E. Bax sonatalarining ta'siri sezilib turadi. • Kompozitor o'z simfoniyalarini XVIII asrning 50—90-yillarida yaratgan. • Gaydnning so'nggi simfoniyalari yetuk klassik simfonizmni namoyish etadi. • Final raqsona mavzular asosida rondo shaklida yozilgan.

Download 27.36 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 27.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gaydnning cholg'u ijodi. Re major sonatas!

Download 27.36 Kb.