-SIMFONIYA mi bemol major (litavralar tremolosi bilan)




Download 27.36 Kb.
bet3/6
Sana10.04.2023
Hajmi27.36 Kb.
#50110
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yozef gaydn (1732-1809)
Topshiriq, Milliy iqtisod, 444, 1.02.15amaliy, 4 Маъруза, 1245434596 (3), Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish-azkurs.org, 12.1 Kardanli uzatma, asosiy uzatma, differentsial va yarim o’qlar, 1699352098, Суuуртада ахборот технологиялари 2022, 1891283, ISH REJA YUZI 2023, 2-konpekt, 3-9 compressed
103-SIMFONIYA mi bemol major (litavralar tremolosi bilan)
Gaydnning ko'p simfoniyalari qanday bo'lmasin muayyan bir belgisi bo'lgan dasturli sarlavhaga ega: «Soat», «Ayiq», «Tovuq», «Harbiycha». «Litavralar tremolosi bilan» simfoniyasi birinchi taktda mi bemol major tonikasida litavralar tremolosi sadolanishi bois shunday nom olgan. Simfoniya muqaddimasining og'ir, chuqur mushohadali mavzusi Adajio tempida yozilgan. Mavzu unison bo'lib sadolanadi va u simmetrik tuzilma shaklida beriladi, unda birinchi jumla tonikadan dominantaga, ikkinchi jumla esa dominantadan tonikaga harakatlanadi.
Ushbu mavzu o'zgartirilgan ko'rinishda allegroda va asl holida birinchi qismning kodasida sadolanadi. Muqaddima mavzusi va sonata allegros! o'rtasidagi bunday aloqadorlik Gaydn simfoniyalarida kamdan kam uchraydi. Bosh partiya xalqchil qo'shiq xarakteriga ega bo'lib, avstriyacha iendler raqsini eslatadi.
Ekspozitsiyaning bosh va bog'lovchi partiyalarida Vena klassik simfonizmi tamoyili namoyon bo'ladi, ya'ni asar mavzuni rivojlantirish asosiga quriladi. Eng kam mavzu ishlatish va rivojlantirish jarayonida ularning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish — Vena klassiklarining uslubi shunday edi. Chunonchi, bosh partiya mavzusining faol birinchi unsuri bog'lovchi partiya mavzusida ishlatiladi.
Shu yerning o'zida bog'lovchi partiya mavzusida muqaddimaning sur'at, ritm va faktura bo'yicha o'zgartirilgan mavzusi pay do bo'ladi.
Ushbu mavzu dominanta — si bemol major tonalligida bayon etilgan. Rivojlov bosh partiyaning ajratib olingan birinchi unsurining rivojlanishi asosida tuzilgan bo'lib, imitatsion-polifonik tarzda sadolanadi. Ekspozitsiyaning bog'lovchi partiyasidagi kabi, rivojlovda muqaddima mavzusi o'zgartirilgan holda ijro etiladi.
Rivojlovning yakuniy bo'limi yordamchi partiya mavzusini rivojlantirishga asoslanib tuzilgan. Awal mavzu yaxlit sadolanadi, keyin bitta unsur ajratib olinib, mustaqil ravishda rivojlantiriladi. Rivojlovdagi ekspozitsiyaning uch — muqaddima, bosh va yordamchi partiya mavzularidan shunday foydalanilgan. Repriza (takror)ning ekspozitsiyadan farqli tomoni shundaki, unda bog'lovchi partiyaning mavzusi tushirib qoldirilgan. Yordamchi partiyaning mavzusi bosh partiya mavzusidan keyinroq keladi va asosiy tonallikda sadolanadi. Birinchi qism koda bilan yakunlanadi, unda muqaddima mavzusi asosiy ko'rinishda (litavralar tremolosi bilan Adajio sur'atida) ijro etiladi. Demak, simfoniya birinchi qismining tarkibiy xususiyati shundan iboratki, uning rivojlanishida muqaddima mavzusi muhim o'rin egallaydi. Simfoniyaning ikkinchi qismi (Andante), qo'shaloq variatsiyalar shaklida yozilgan. Birinchi mavzuni Gaydn xorvat xalq qo'shig'idan olgan.
Ikkinchi mavzu lad tizimida (do minor o'rniga do major), umumiy xarakteri, kayfiyati (birinchi mavzu qo'shiqsimon, ikkinchisi marsh ko'rinishida), dinamikasi (birinchi mavzu piano, ikkinchisi forte sadolanadi) bo'yicha birinchi mavzuga qarama-qarshi qo'yilgan.
Har ikki mavzu ham umumiy harakat yo'nalishi va bir xil uchtonlik ohangidan foydalanish bilan birlashtirilgan. Uchinchi qism (menuet) murakkab, uch qismli shaklda yozilgan. U menuetga xos bo'lgan nafislik, xalqchil ijroda mavjud bo'rttirilgan ritmni o'zida mujassamlashtirgan.
O'rta qism, trio mi bemol-major tonalligida ohista, nozik,nafis sadolanadi.
Final (Allegro con spirito) simfonik turkumning butun dramaturgiyasini yakunlaydi. Final mavzusining asdsiy garmonik negizini to'rtta kirish taktlari (valtornalarning o'ziga xos «oltin» yurishlari) tashkil etadi, bu butun final musiqasining janrli xarakterini belgilab beradi. 29-misol
Bosh partiyaning mavzusi xorvat qo'shig'idan olingan va raqssimon xarakterga ega. U ikkinchi qismning birinchi mavzusi kabi valtornalarning «oltin» yurishlari bilan kuzatib boriladi. 30-misol
Ajratib olingan mavzu birinchi bo'lagining imitatsiyali bayon etilishi hisobiga mavzu faol ravishda rivojlanadi. Yordamchi partiya bosh partiya mavzusi birinchi unsurini dominanta tonalligi (si bemol major)da imitatsiyali-polifonik bayon etilishiga asoslanadi. 31-misol
Butun final yagona mavzu materialiga qurilgan. Rivojlov bosh partiya mavzusini bosh tonallikda o'tkazilishi bilan boshlanadi. Keyinroq boshqa — re bemol major, fa minor tonalliklari paydo bo'ladi. Repriza va kodada asosiy tonallik qaror topadi. Finalning asosiy obrazli mazmuni valtornalarning yakuniy «oltin» yurishini umumlashtiradi. Shunday qilib, fmalning barcha qismlari o'zaro musiqaning yagona bayramona kayfiyati bilan birlashtirilgan, uning asosini xalqona yo'ldagi raqsbop kuylar tashkil qiladi.
Eslab qolish kerak
• Gaydn cholg'u musiqasida klassik sonata-simfoniya turkumi o'zining to'la va mukammal ifodasini topdi. • Gaydn simfonizmining yuksak yutug'i — 90-yillarda yaratilgan o'n ikkita «London simfoniyalari»dir. Bittasi (do minor)dan tashqari barcha simfoniyalar major tonalligida yozilgan va yorqin, quvnoq hamda hayotbaxsh musiqa namunalaridir.

Download 27.36 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 27.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-SIMFONIYA mi bemol major (litavralar tremolosi bilan)

Download 27.36 Kb.