|
Shamdorilarning qo’llanilishi va ularning zamonaviy tabobatdagi ahamiyati
|
bet | 3/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 100,95 Kb. | | #235339 |
Bog'liq Yumshoq dori turlariShamdorilarning qo’llanilishi va ularning zamonaviy tabobatdagi ahamiyati.
Rektal shamdorilar to’g’ri ichakning shilimshiq qavatiga mahalliy ta’sir kilishi yoki organizmga umumiy ta’sir ko’rsatganligi uchun, qisman qopqoq vena sistemasi atrofida kuyulish bo’lgan, ichishga buyurilgan, moddalar surilishida kiyinchilik tugilganda (masalan, yurak faoliyati), kasal dorivor moddalarni ichganida qayt qilgan hollarda shamdorilarni qo’llash afzal hisoblanadi.
Shamdorilar mahalliy ta’siri buyicha quyidagilarga bo’linadi: dezinfeksiyalovchi (mikrobiologik ta’sirni bartaraf qiluvchi), burishtiruvchi, kuydiruvchi, og’riq qoldiruvchi, qichishishga qarshi.
Birok ba’zi bir dorivor moddalarni bilvosita (organizmga umumiy ta’siri) ta’sir etishi uchun qin ichiga kiritish usuli afzal. Ayollar jinsiy gormonlari preparatlarining qo’llanilishi bunga yaqqol misoldir, estrogen gormonlarning qin ichiga kiritilishi teri ostiga yuboriladigan dorilarga nisbatan kamroq dozada ta’sir qiladi. Klinik va tajribaviy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, parenteral yuborilgan estrogenlar jigar ta’sirida kuchsizlanadi.
Tayoqchalar dezinfeksiyalovchi, og’riqni qoldiruvchi, burishtiruvchi va suruvchi ta’sir qiladi.
\
Shamchalarning mahalliy va umumiy ta’siri
Shamchalar asosan ta’sir qiluvchi modda va asosdan iborat kompleksdan tashkil topgan yumshoq dori turi. SHamchalar maxalliy ya’ni yo’g’on ichakni o’ziga ta’sir qiladi eki umumiy organizmga ta’siri bilan ajraladi. Dori moddasi organizmga ichakda asos erib tarkibida dori moddasi ajralib chiqishi boshlanishidan ta’sir qilishni boshlaydi. Yo’g’on ichak juda qon tomirlarga boy ekanligi avvaldan ma’lum, shuni hisobiga shamchaning umumiy (sistemali) ta’siri yuzaga keladi.1
Shamchalar ham ko’pchilik boshqa dori turlari kabi ikki qismdan tashqil topgan: ta’sir etuvchi modda va shamcha asosidan iborat bo’lib, dori moddasi asosda bir xil tarqalgan bo’lishi kerak.
Shamcha asoslari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Xona haroratida qattiq bo’lib, tana haroratida erishi yoki suyulishi.
Shamcha tarkibidagi dori modda bilan yaxshi aralashishi, ular bilan reaksiyaga kirishmasligi.
3.Shilimshiq katlam va dorivor moddalararo ta’sirini maksimal ta’minlash uchun eriydi yoki (tana haroratida suyuqlanadi).
Orqa teshik ogzini berkituvchi muskullar qarshiligini engish uchun shamlar, sharcha va tayoqchalar kiritish chog’ida etarlicha elastiklik, qattiq holda bo’lishi, boshqacha qilib aytganda, asos yumshoq — surtma ko’rinishidagi bosqichni chetlab o’tib qattiq holatdan birdan suyuq holatga o’tish xususiyatiga ega bo’lishi lozim.
Tarkibidagi yordamchi dori moddalarni qabul kilishi.
Dorivor moddalarning farmakologik ta’sirga egaligi.
Organizmga nisbatan indifferent bo’lishi.
Xavo va yoruglik ta’siriga chidamli va barkaror bo’lishi.
Imkon boricha arzon va oson olinadigan bo’lishi kerak.1
Aytib o’tilgan talablarga javob beruvchi asoslar anchaginadir.Ular o’z xususiyatlariga qarab guruhga bo’linadilar:
Gidrofob asoslar.
Gidrofil asoslar.
Dorixona va korxona sharoitida ishlab chiqariladigan shamdorilar uchun ishlatiladigan asoslar ikki guruhga: — lipofil va gidrofil moddalarga bo’linishi mumkin. Gidrofob asoslar
|
| |