Yunalishi
guruh talabasi
FIO
KOMPYUTER TASHKIL ETILISHI FANIDAN
1-TOPSHIRIQ
MAVZU:
KOMPYUTER VA KOMPYUTERLARNING TASHKILIY QISMLARI
Ishdan maqsad:
Kompyuter va uning turlari haqida nazariy ma’lumolarga ega
bo’lish, tizimining umumiy tarkibini o‘rganib chiqish, shaxsiy kompyuter tizimining
xarakteristikalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
I. Nazariy qism
Kompyuterning tarixi bir necha yillarga borib taqaladi. Kompyuterlarning oltita
mashhur avlodi mavjud. Har bir avlod kompyuterlarning funksiyalarini o‘zgartiradigan
bir qancha texnologik yutuqlarga guvoh bo‘ldi. Kompyuterlar
hayotning barcha
sohalarida muhim rol o‘ynaydi. Kompyuterning arxitekturasi odatda foydalanuvchi
uchun zarur bo‘lgan xususiyatlar to‘plami bilan belgilanadi.
Kompyuter va uning asosiy qismlari
Kompyuter (ingl. Computer)
- bu, EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) bo‘lib,
ingliz tilidan tarjima qilinganda hisoblovchi yoki hisoblayman degan ma’noni
anglatadi.
▪
Hisoblash mashinalari (HM) – ma’lumotlarga ishlov berish va kerakli shaklda
natijani olish imkoniyatini yaratadigan texnik vositalar to’plamidir. Texnik vositalar
asosida ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun mo’ljallangan
barcha jihozlar
tushuniladi.
▪
Hisoblash tizimlari (HT) – ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradigan
bitta yoki bir nechta kompyuterlar (hisoblash mashinalari),
tashqi qurilmalar va
dasturlar to’plamidir (1.1-rasm).
1.1-rasm. Elektron Hisoblash mashinasi va Hisoblash tizimlari
▪
Shaxsiy
kompyuter
(ing. personal computer)
- shaxsiy foydalanish uchun
mo‘ljallangan, narxi, hajmi va imkoniyatlari ko‘p
odamlarning ehtiyojlarini
qondiradigan kompyuter hisoblanadi va hisoblash mashinasi sifatida yaratilgan
kompyuterdir (1.2-rasm).
1.2-rasm. Shaxsiy (personal) kompyuter
▪
Noutbuk
(ingl. laptop)
- shaxsiy kompyuterning odatiy komponentlari, jumladan
displey, klaviatura va ishora qiluvchi qurilma (odatda sensorli panel),
shuningdek
batareyalar birlashtirilgan ko‘chma shaxsiy Kompyuter hisoblanadi. Noutbuklar hajmi
va og‘irligi jihatidan kichik va noutbuklarning batareya quvvati 1 soatdan 15 soatgacha
o‘zgarib turadi (1.3-rasm).
1.3-rasm. Noutbuk (laptop)
Shaxsiy kompyuterlar funktsional kompyuter uchun zarur bo‘lgan barcha
komponentlarni o‘z ichiga oladi.
▪
Tizim
bloki
- bu tizimning asosiy komponentlarini o‘z
ichiga olgan
kompyuterning asosiy komponenti hisoblanadi. Bunga asosiy mantiqiy plata,
protsessor, xotira, har xil turdagi bir yoki
bir nechta disk drayverlari, kommutatsiya
quvvat manbai, simlar va kabellarni ulash kabi qurilmalar kiradi. Tizim blokida audio,
video, tarmoq va boshqa funktsiyalarni ta’minlash uchun
kengaytirish platalari ham
mavjud (1.4-rasm).
1.8-rasm. Kompyuterning qo’shimcha
tashqi qurilmalari