101
2.6. Bulutli texnologiyalardagi mavjud tahdidlar va ularga qarshi kurashish
mexanizmlarini tahlili
Bulutni boshqarish va nazorat qilish – xavfsizlikning asosiy muomolaridan biri
xisoblanadi. Bulut texnologiyalarida barcha resurslar xisoblangan bo‘ladi va ular
virtual mashinalar tomonidan doimiy nazoratda bo‘libgina qolmay, qo‘shimcha
jarayonlar ishga tushurilmagan va bulut elementlari buzilmagan holat hali
ko‘rilmagandir. Bu yuqori pog’onali tahdid xisoblanib, u bulut boshqaruvi bilan
bog’liq, yagona informatik tizim sifatida xizmat qiladi va uni umumiy ximoyasini
yuqori darajada qurish kerak bo‘ladi.
Buning uchun albata xavf extimoligni boshqarish modellarini bulutli
infratuzilmada qo‘llash kerak bo‘ladi. Fizik xavfsizlikni taminlash asosida server va
tarmoq infratuzilmasiga fizik xavf kira olishni qattiq nazorat qilish kerak bo‘ladi. Fizik
xavsizlikka qaraganda tarmoq xavfsizligi birinchi o‘rinda model tahdidlariga qarshi
xavfsizlikni o‘zida namoyon qiladi va tarmoqlararo ekran orqali ularni bartaraf etadi.
Tarmoqlararo ekran filtr vazifasini bajarib, malumotlarga ishlov berish markaz
tarmog’idan (MIBM) foydalanishda cheklashlarni olib boradi. Bunda aloxida serverlar,
ya’ni internet tarmog’idagi foydalanishga ruxsat etilganlaridan yoki tarmoq ichidagi
serverlar. Bulutlii xisoblashlardda asosiy rolni platforma sifatida virtualizatsiya
o‘ynaydi.
Bulutli xisoblashlarda malumotlarni butunligini va xavfsizligini taminlashda,
eng ko‘p tarqalgan va asosiy tahdidlar.
Bulutli serverlarni, bulutli xisoblashlashlarga joylashtirishdagi qiyinchiliklar.
Bulutli xisoblashlar xavfsizligiga talab, malumotlarga ishlov berish markazi (MIBM)
xavfsizligi talabidan farq qilmaydi. Lekin malumotlarga ishlov berish markazini
(MIBM) virtualizatsiya qilish va bulutli muxitga o‘tish yangi taxdidlarni yuzaga
kelishiga sabab bo‘ladi. Internet orqali xisoblash kuchlarini boshqarish, bulutli
hisoblashning kalit xarakteristikalaridan biri xisoblanadi. Ko‘plab ananaviy
malumotlarga ishlov berish markazida (MIBM) injinerlarni serverdan foydalanishi,
102
fizik pog’onada nazoratga olinadi va bulutli muxitda ular internet orqali ishlaydi.
Kirishni nazorat qilayotgandagi cheklashlar va shaffof o‘zgartirishlarni tizim darajasida
taminlash asosiy kriterik ximoya xisoblanadi.
Virtual mashinalarni dinamikligi. Virtual mashinalarni dinamikligi. Yangi
mashina yaratishni, ish to‘xtatish va boshqatdan ishga tushirishni qisqa vaqt ichida
amalga oshirish jarayonidir. Ular fizik serverlar bilan chalkashib ketishlari mumkin.
Bunday o‘zgarishlar tizim xavfsizlik butunligini qayta ishlab chiqarishda qiyinchiliklar
tug’diradi. Biroq operatsion tizim yoki ilovalarni zayifligi virtual muxitda nazoratsiz
tarqaladi va qanchadir vaqt oralig’ida tez tarqala boshlaydi (misol uchun, zaxira
nusxadan qaytarilishda). Bulutli xisoblash muxitida eng avalo tizim xavfsizligi xolatini
tuzatish, shuni xisobga olish kerakki, uning xolati va nazorat joyiga bog’liq bo‘lishi
kerak emas.
2.25- rasm. Virtual mashina dinamikligi
Ichki virtual muxitdagi zayifliklar. Bulutli xisoblash serverlari va local serverlar
bir xil operatsion tizim va ilovalardan foydalanishadilar. Bulutli tizimlar uchun
uzoqdan buzish yoki zararli dasturiy taminot tahdidlari ko‘p xisoblanadi. Paralel virtual
mashinalar xujum xavfini ko‘paytiradi. Protokolarga asoslangan taxdidlar (Система
обнаружения вторжений) va ularni bartaraf etish protokollari zararli xarakatlarni
virtual pog’onasida aniqlashi lozim.
103
Ishga tushmagan virtual mashinalar ximoyasi. Qachonki virtual mashina
o‘chig’ligida, zararlanish xavfi ko‘proq bo‘ladi. Virtual mashinalardagi saqlanadigan
obrazlarga kirish yetarli bo‘ladi. Ishga tushmagan virtual mashinada dasturiy xavfsizlik
taminotini umuman ishga tushirib bo‘lmaydi. Bunday holatda virtual mashinada
nafaqat ichki xavfsizlik tadbiq etilgan bo‘lishi balki gipervizor darajasida xam bo‘lishi
kerak bo‘ladi.
|