Юrak aritmiyalari




Download 307.5 Kb.
bet6/17
Sana24.03.2017
Hajmi307.5 Kb.
#1510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Sinus bradikardiyasi. Sinus bradikardiyasi deb sinus ritmi saklangan xolda юrak kiskarishlari sonining 40-59 martagacha kamayishiga aytiladi.

Sinus bradikardiyasi xam sinus taxikardiyasi singari fiziologik va patologik bulishi mumkin.

Fiziologik sinus bradikardiyasi jismoniy mexnat va sport bilan shugullanuvchi odamlarda xamda uyku paytida kuzatilishi mumkin.

Patologik sinus bradikardiyasi adashgan nerv ta`sirlanishiga olib keluvchi kasalliklarda юzaga keladi. Bularga bosh miya bosimi oshishida, bosh miya shishida, bosh miyaga kon kuyilishida, bosh miya usmasi kiradi. Sinus tuguni zararlanishi bilan kechadigan kasalliklar, gripp, korin tifi, revmatizm, miokardit, miokard infarktida sinus bradikardiyasi kuzatilishi mumkin. Dori vositalardan 4-aminoxinolin xosilalari, β-adrenoblokatorlar, юrak glikozidlari, kaliy tuzlari, kal`tsiy antagonistlari sinus bradikardiyasiga olib keladi.

Sinus bradikardiyasida bemorlar deyarlik shikoyat kilmaydi. Юrak kiskarishlari soni 40 atrofida bulganda bosh aylanishlari, xushidan ketib kolishlar kuzatilishi mumkin.

EKG tekshirganda 2 xil uzgarish aniklanadi.



  1. Sinus ritmi saklanganligi, ya`ni R tishcha korinchalar kompleksining oldida keladi va musbat buladi.

  2. R-R masofa uzaygan, юrak urishlari soni 40 -59 ta atrofida buladi.

Davolash patologik sinus bradikardiyasida olib boriladi. Eufillin, platifillin, atropinlarni tavsiya kilish bilan birga sinus bradikardiyasiga olib kelgan sabab bartaraf kilinishi lozim.



Download 307.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 307.5 Kb.