|
Ish hаqini firmа ichidа tарtibга sоlish
|
bet | 105/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 y12.3. Ish hаqini firmа ichidа tарtibга sоlish
Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ish haqini tashkil qilishdagi o’zgarishlar. G’arb mutaxassislarining ko’p sonli tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mehnat orqali rag’batlantirishning pul shakli birinchi o’rinda turadi. Ish haqi darajasi va uni oshirish imkoniyatlari faqat kam haq oluvchilarni emas, balki katta maosh oluvchi xodimlarni ham qiziqtiradi.
Hozirgi kompaniyalar iqtisodiy strategiyasining bosh maqsadi ishlab chiqarishda miqdoriy parametrlarga erishish: asbob-uskunalar, ish vaqti, fan foydalanish ishchi kuchining tarkibini, mahsulot sifatini yaxshilashdan iborat bo’lib, u umuman ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Bu esa, xo’jalik yuritishning intensiv usullari hisobiga uning ekstensiv usullaridan voz kechishni bildiradi.
Firma ichki strategiyasi va moddiy rag’batlantirishdagi qayta qurishning bunday zarurati ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarning tadbirkorlar va hukumatlari xom ashyo narxlarining oshishi, inflyatsiya va ishsizlik kabi noxush hodisalarning tobora ko’payib borayotganligi munosabati bilan qattiq tejash yo’lini tutib yotganligidadir. Natijada, ishlab chiqarishning asosiy maqsadi bo’lgan foydani ko’paytirishga hozirgi paytda qo’shimcha resurslarni jalb qilgan holda ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga emas, balki barcha mavjud resurslardan yanada samaraliroq foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlarini har tomonlama kamaytirish hisobiga erishilmoqda.
Shu narsa ham muhimki, firmalarning fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo’llashga, ularning ishlab chiqarishda tatbiq etilish muddatlarini jadallashtirishga asoslangan asosiy e’tiborni hozirgi zamon iqtisodiy strategiyasi oddiy mehnatdan ko’ra murakkab mehnatdan foydalanishga qaratishga yordam berdi. Bunday sharoitda mehnat sur’atlarini jadallashtirish va mehnat yutuqlarini ratsionalizatsiyalash masalasi o’z o’rnini boshqa masalaga, ya’ni xodimlarning aqliy imkoniyatlari, ularning tashabbuskorligi, kashfi yotchiligi va hokazolarni namoyon etish va ulardan ko’proq foydalanish masalasiga bo’shatib berdi.
Bunday yondashish firmalarning kadrlar siyosatida yangicha bosqichni boshlab berdiki, unga mehnatni boshqarishning majburiy, qattiq choralaridan asta-sekin voz kechib, xodimlarda ishni yaxshilashga qiziqish uyg’otadigan yanada erkinroq, demokratroq tadbirlariga o’tish xosdir. hozirgi paytda moddiy rag’batlantirish mehnatning mazmundorligini oshirish, uning shart-sharoitlarini yaxshilash bilan bog’liq tashkiliy-texnikaviy tadbirlar bilan birga qo’llanilishi sababi ham, odatda, mana shundadir.
|
| |