|
Ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlar tarkibi
|
bet | 103/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 yIshchi kuchiga sarflanadigan xarajatlar tarkibi. Xalqaro statistika tasnifini standartlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
I. Bevosita ish haqi va maosh.
1. Vaqtbay ishlaydiganlarning asosiy ish haqi.
2. Vaqtbaychilarga rag’batlantiruvchi qo’shimcha haq to’lash.
3. Ishbaychilarning ish haqi (ish vaqtidan tashqari qilingan ish uchun to’langan qo’shimcha haq bunga kirmaydi).
4. Ishdan tashqari va tungi vaqtda hamda bayram kunlari ishlangan ish uchun qo’shimcha haq to’lash.
II. Ishdan tashqari vaqt uchun haq to’lash.
1. har yilgi va boshqa haq to’lanadigan ta’tillar shu jumladan, uzoq ish staji uchun beriladigan ta’til.
2. Davlat bayramlari va e’tirof qilingan boshqa bayramlar.
3. Ish haqi saqlangan holda ishdan tashqari boshqa vaqt (farzand tug’ilishi yoki oila a’zosining vafot etishi, xodimning nikohdan o’tishi, rasmiy vazifalarni bajarishi, kasaba uyushmasi ishi va boshq.).
4. Ishdan bo’shaganda qonunga muvofiq beriladigan pul (agar buni ijtimoiy ta’minot doirasidagi xarajat deb hisoblanmasa).
III. Mukofotlar va sovg’alar.
1. Yil yoki mavsum oxiridagi mukofotlar.
2. Foydada qatnashish tarzidagi mukofotlar.
3. Asosiy ta’tilga chiqqanda to’lanadigan puldan tashqari ta’tilga
qo’shimcha to’lanadigan to’lovlar.
IV. Ovqat, ichimlik va natura bilan beriladigan boshqa to’lovlar.
V. Ish beruvchi o’z zimmasiga olgan xodimlarning uy-joy xarajatlari.
1. Korxonaga tegishli uy-joy puli.
2. Korxonaga tegishli bo’lmagan uy-joy xarajatlari (subsidiyalar, ustamalar va shu kabilar).
3. Uy-joy bilan bog’liq boshqa xarajatlar.
VI. Ijtimoiy ta’minotga ish beruvchilarning xarajatlari.
1. Ijtimoiy ta’minotga mo’ljallangan majburiy (qonun bilan belgilangan) qarilik pensiyalari, nogironlik pensiyalari fondlariga va boquvchisini yo’qotganda ajratiladigan, kasallik tufayli va farzand tug’ilganda, ishlab chiqarishda shikastlanganda, ishsizlikda, shuningdek, oilaviy nafaqalar bilan bog’liq bo’lgan badallar.
2. Ijtimoiy ta’minot va sug’urta xususiy fondlariga jamoa bilan kelishilgan shartnomaviy va nomajburiy badallar (qarilik, nogironlik va boquvchisini yo’qotganda, kasallik bilan bog’liq va farzand tug’ilganda, ishlab chiqarishda shikastlanganda, ishsizlikda va oilaviy nafaqalar bilan bog’liq pensiya fondlariga badallar).
3.a. Xodimlarga kasallik tufayli, farzand tug’ilganda yoki ishlab chiqarishda shikastlanganda ishda bo’lmaganligi sababli ish haqini yo’qotganligi o’rnini qoplash maqsadidagi bevosita to’lovlar.
3.b. Xodimlarga ijtimoiy ta’minot nafaqalari hisoblanuvchi boshqa bevosita to’lovlar.
4. Tibbiy va shunga o’xshash xizmatlarga mo’ljallangan xarajatlar.
5. Ishdan bo’shaganda qonunga muvofiq beriladigan pul (agar buni ijtimoiy ta’minot doirasidagi xarajat deb hisoblashmasa).
VII. Kasbiy tayyorgarlikka mo’ljallangan xarajatlar (o’quv yurtlarining tashqi yo’riqchilari ko’rsatgan xizmatlar o’quv materiallari uchun to’lanadigan haq va to’lovlar, xodimlarga ularning o’qish xarajatlarini qoplash va shu kabilar uchun to’lanadigan kompensatsiya).
|
| |