|
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
|
bet | 100/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 yTavsiya etiladigan adabiyotlar
Абдураҳмонов Қ.Х. Меxнат иқтисодиёти. Даpслик (назария ва амалиёт) –Т.: “Меҳнат”, 2009.
Попазова О.А. Экономика труда. Издательство: Вектор, 2007.
Попов Ю.Н., Шевчук А.В. Введение в социологию труда и занятости. Издательство: Дело, 2008.
Радько С.Г., Афанасьева А.И. Организация, нормирование и оплата труда на предприятии: Учебное пособие для вузов Издательство: СПб: филиал изд-ва «Просвещении», 2006.
Роик В.Д. Основы социального страхования: Значение социального страхования; Социальная защита работников; Формирование отечественной системы социального страхования: Монография Издательство: М: Анкил, 2008.
Сальникова Л.В. Трудовые договоры Издательство: Издательский дом «Дашков и К».2008.
Intеrnеt saytlari
http://www.cer.uz – Sotsialnaya zashita nasеlеniya. O`zbеkiston Rеspublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” ning “Ekonomichеskoе obozrеniе” jurnalining elеktron manzili. Turli xil sotsiologiya mavzudagi matеriallarni olishga imkon bеradi.
http://www.economyfaculty.uz – “Mеhnat iqtisodiyoti va sotsiyaologiyasi” kafеdrasi sayti mavjud bo`lgan vеb-sayt
http://`economics.com.ua – mеhnat iqtisodiyotiga taalluqli bo`lgan ma'lumotlar vеb-sayti
http://www.bearingpoint.uz – “O`zbеkiston iqtisodiyoti” qo`llanmasiningg vеb-sayti
http://rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akadеmiyasining vеb-sayti
12-BOB. RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA DAROMADLAR SIYOSATI VA ISH HAQINI TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARI
12.1. Daromadlar siyosati va ish haqi
Iqtisodiyotning barcha sohalarida mehnatga to’lanadigan haqni baravarlashtirish, ayniqsa, yuqori unumli sohalarda, yuksak malakali mutaxassislar etishmaydigan tarmoqlarda daromadlarni tenglashtirish umumiy tarzda inflyatsiyaning avj olishi uchun omil bo’lib xizmat qiladi. Bu hol shunga olib keladiki, ish haqini oshirish pirovard natijada, butun iqtisodiyotda mehnat unumdorligini quvib o’tadi.
Haqiqatan ikki muhim omil ish haqining chegarasi bo’lib xizmat qiladi va, ayni vaqtda uning samaradorli ko’rsatkichi hisoblanadi. Yuqori chegarani firmalar rahbarlari beradigan eng yuqori mehnat unumdorligi tashkil etadi. Biror rahbar xodimga u korxonaga keltiradigan foydadan yuqori maosh to’lamasligi lozim. Quyi chegarani rasmiy kafolatlangan eng kam miqdordagi mehnat haqi bilan belgilanadi. SHunday qilib, ish haqi uchun ortiqcha sarflar inflyatsiyaga olib keladi va u mehnat unumdorligini cheklab qo’yadi va bu bilan tarmoqlarda narxlarning ko’tarilishiga olib keladi. Buning natijasida avjga chiqadigan inflyatsiya faqat ichki iqtisodiy barqarorlikni izdan chiqarib qolmay, balki to’lov balansida taqchillikka, muvozanatning buzilishi esa iqtisodiy tanazzulga sabab bo’ladi. 12.1-jadvalda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narxlar va ish haqining nisbiy o’sishi o’sha yillardagi inflyatsiya spiralining tarkibiy qismini tashkil etadi.
Keltirilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, 60—80-yillarda ish haqining o’sishi iste’mol narxlarining o’sishini ortda qoldirib ketdi, faqat AQSH bundan istisno bo’lib, 1980—1988 yillarda bu ko’rsatkichlar mazkur mamlakatda, taxminan, parallel ravishda o’sgan. Qarab chiqilayotgan mamlakatlarda 60-yillar — 80- yillar oxirida mehnat unumdorligining o’sishi parallel ravishda sekinlashdi, bunga ekologik va energetik qiyinchiliklar sabab bo’ldi. Masalan, AQSH iqtisodiyotida mehnat unumdorligining o’rtacha yillik o’sish sur’atlari 1960—1970 yillarda 2,5 foizni, 1971 — 1980 yillarda 0,7 foizni; Buyuk Britaniyada tegishli ravishda 2,1 va 1,5 foizni; Frantsiyada — 5,1 va 3,1 foizni; Germaniyada — 4,6 va 3,7 foizni; Yaponiyada – 9,2 va 4,4 foizni tashkil etgan.
Bunday hollarda iqtisodiy nazariya muammoning mumkin bo’lgan uch echimini taklif etadi:
— narxlar va daromadlarning ortib borishini tartibga solish;
—daromadlarning tartibsiz oshib borishiga ozmi-ko’pmi majburan rozi bo’lish; bu boshqarib bo’lmaydigan sakrashsimon rivojlanishga, muvaffaqiyat va mag’lubiyatning almashinib turishiga, barqarorlik va tanazzulning almashinib kelishiga sabab bo’ladi.
—«ijtimoiy sheriklik» (davlat, kasaba uyushmalari va tadbirkorlar) bilan hamkorlikda va ularning roziligi bilan ishlab chiqiladigan daromadlar siyosatini o’tkazish, bunda o’z oldiga qo’shaloq maqsadni qo’yish; milliy daromadning o’sishiga va milliy rivojlanish samaralarini adolatli taqsimlanishiga erishish.
Daromadlar siyosati va mehnatga haq to’lash vositalari amaliy tajribasi. Amaliy jihatdan AQSh iqtisodiyotining beqarorlashuvida ishlab chiqarish xarajatlarining ahamiyati va ta’sirini hisobga olib, hukumat 60—70-yillarda uch ma’muriyat orqali daromadlar siyosatidan foydalandi va uni inflyatsiyaga qarshi kurashning muhim va hal qiluvchi vositasi deb hisobladi.
Dastlabki urinish demokrat-prezident Kennedi davrida amalga oshirib ko’rildi. Bu prezident ma’muriyati 1962 yilda «mo’ljallar», ya’ni muayyan chegaralangan hajmlar tizimini joriy qildiki, unga muvofiq bir yil mobaynida narxlar ham, ish haqi ham ana shu miqdorlardan yuqori ko’tarilmasligi lozim edi.
Ikkinchi urinish respublikachilar prezidenti Nikson davrida qilib ko’rildi. Daromadlar siyosatining yangi chora-tadbirlari ma’muriy-qonunchilik xususiyatiga ega bo’lib, ilgari AQShda bu xildagi muammolar hal etilmagan edi. 1971—1974 yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlarning mohiyati Amerika jamoatchiligining amaliyotchi qatlamlari tomonidan salbiy tarzda kutib olindi. Avvalo, bu dasturning asosiy maqsadi bo’lgan inflyatsiyani, narxlarning ortib ketishini to’xtatib qoluvchi maqsadiga erishishda uning samara keltirishi shubha ostiga olindi. Kasaba uyushmalarining Nikson ma’muriyati tomonidan olib borilgan daromadlar siyosatiga salbiy munosabatda bo’lishiga sabab, avvalo shu ediki, u AQSh aholisining real ish haqi ortishiga sabab bo’lib qolmasdan, shu bilan birga, uning mutlaq ravishda pasayib ketishiga olib keldi. Ish haqining o’sishini to’xtatib qolishni amalga oshirish texnik jihatdan ancha oson bo’lsada, uni amalga oshirish natijasi narxlarning o’sishini to’xtatib qolishga nisbatan ancha qattiqroq shakllarda namoyon bo’ladi.
Demokrat, prezident Karter ma’muriyati ham daromadlar siyosatidan foydalanishga intildi, lekin bunda tadbirkorlar va kasaba uyushmalarining ixtiyoriy majburiyatlarini birga qo’shib olib borish asosida belgilangan o’sish chegaralarini buzganlik uchun rag’batlantiruvchi omillarni yoki jazo choralarini tatbiq etish ko’zda tutilgan edi. Narxlarni oshirish bo’yicha belgilangan mo’ljallarni buzgan tadbirkorlarga qarshi jazo chorasi sifatida hukumat buyurtmalarini bermay qo’yish va ularni eksport-import bankining beradigan qarzlaridan mahrum etishdan foydalanildi. Ish haqini oshirish bo’yicha belgilangan mo’ljallarga rioya qilishga rozi bo’lgan kasaba uyushmalariga nisbatan soliq chegirmalari taklif etildi, bu chegirmalar real ish haqining pasayib ketishi o’rnini qoplash imkonini berardi, lekin chakana narxlar 7 foiz oshirilgan taqdirdagina shunday qilinardi.
1979 yilda Buyuk Britaniyada Tetcherning konservatorlar hukumati AQSHda 1980 yilda prezident Reygan ma’muriyati hokimiyat tepasiga kelishi bilan yuqori darajadagi inflyatsiyaga qarshi kurash vositasi sifatida va umuman davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida daromadlar siyosatidan to’liq voz kechildi. Bu siyosat umuman jamiyat manfaatlari va xususan uning ayrim guruhlari manfaatlariga ham to’g’ri kelmaydi, deb hisoblandi.
60-70-yillarda Frantsiyada daromadlar siyosatining o’ziga xos variantlaridan foydalanildi. Bu erda, bir tomondan, milliylashtirilgan tarmoqlarda ish haqining o’sishi ustidan nazorat o’rnatildi, ikkinchidan, narxlar bevosita nazorat ostiga olindi, bunda ularning o’sishini to’xtatib qo’yish va qonuniy tarzda qayd qilishdan foydalanildi.
Ana shu yillarda daromadlar siyosati SHvetsiya, Norvegiya, Gollandiya, Avstriya va Finlyandiyada ancha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu siyosat iqtisodiyoti rivojlangan boshqa ayrim mamlakatlarda ham inflyatsiyaga qarshi siyosatda qo’shimcha vosita sifatida ishlatildi. Masalan, Yaponiya hukumati 100 dan ortiq tovar xilining ulgurji va chakana narxlarini vaqtincha oshirmasdan bir joyda saqlab turdi. 80-yillarda tez rivojlanib borayotgan mamlakatlar orasida Meksikani ko’rsatib o’tish kerak, bu erda yuqori inflyatsiya, davlat byudjetida katta taqchillik yuz berayotgan, davlat va bank korxonalari keng sur’atda xususiylashtirilayotgan bir sharoitda hukumat puxta o’ylangan daromadlar siyosatini maqbul qildi.
|
| |