|
Ish bilan bandlik — ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning elementi sifatida
|
bet | 57/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 y7.3 Ish bilan bandlik — ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning elementi sifatida
Ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim mezoni ish bilan bandlikka bo’lgan munosabatdir. Ish bilan bandlik kompleks ijtimoiy siyosatning ajralmas qismi deb qaraladi. Ish bilan bandlik muammolarining ijtimoiyligi uning avval, boshdan insonga, uning manfaatlariga va mehnat sohasidagi ehtiyojlariga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Ish bilan bandlikning eng kam deganda to’rt ijtimoiy jihatini (aspektini) hisobga olish kerak bo’ladi:
a) ish bilan bandlik insonning Konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi — mehnat huquqi bilan mustahkam bog’liqligidir;
b) turmush darajasini va munosib hayot kechirish shart-sharoitlarini shakllantirishda ish bilan bandlik hal qiluvchi rol o’ynaydi. Aynan ish bilan bandlik, mehnat faolligini oshirish hozirgi vaqtda mehnatga qobiliyatli fuqarolar va ular oilalarining turmush darajasini oshirishning eng muhim kafolatidir;
v) har kimning va umuman jamiyat farovonligining negizi bo’lgan yuqori unumli mehnatning yangi sababini shakllantirish;
g) aynan mehnat faoliyati insonni o’zgartiradi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib beradi va ko’paytiradi, shaxsning rivojlanishini rag’batlantiradi.
Ijtimoiy siyosatning boshqa jihatlari bilan birga qo’shib qaralganda ish bilan bandlik rivojlanishining asosiy yo’nalishlaridan biri deb qaralishi kerak, ushbu yo’nalishlar milliy iqtisodiyotdagi moliyaviy, moddiy va mehnat resurslarini qayta guruhlarga ajratishni, fan-texnika taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarini, shuningdek, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, turmush sifati darajasini oshirish yo’llarini belgilab beradi. Bu g’oyat muhim muammolardan biri bo’lib, ish bilan bandlik muammolarini hal qilish, binobarin, butun iqtisodiyotni isloh qilishning muvaffaqiyati ana shu muammoni e’tirof qilish va hal etishga ma’lum darajada bog’liqdir.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotida ish bilan bandlikning asosiy xususiyatlari:
— ish bilan to’liq va samarali bandlikni birga qo’shib olib borishni balansli holga keltirish;
— mehnat qilishning ixtiyoriyligi va mehnat sohasida inson huquqlari hamda vazifalarining uyg’unlashuvi, xodimlarning ijtimoiy boqimandaligiga barham berish, munosib turmushni ta’minlaydigan ish topish imkoniyati uchun fuqaro bilan davlatning baravar mas’uliyati;
— mehnat samaradorligini oshirish yo’lida uni sarflash tarmoqlari, sohalar, kasblar va hududlar o’rtasida ishchi kuchining erkin harakati;
— yangicha mehnat sababi, tadbirkorlik va xodimlarning yuqori unumli mehnat qilishdan kuchli manfaatdorligi;
— bozor iqtisodiyotining salbiy oqibatlarini mehnatkashlar manfaatini ko’zlab, aniq maqsad bilan yumshatib borish.
Bu xususiyatlar ish bilan bandlikning yangi sifat xususiyatlarini belgilab beradi, ularning shakllanishiga tegishli ish bilan bandlik sifati mos kelishi lozim. Biz ish bilan bandlik siyosatini qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita va bavosita ta’sir ko’rsatish choralari majmui sifatida qarab chiqamiz. Bunda ish bilan bandlik siyosatining maqsadlari ish bilan bandlikning normativ holatini aks ettirishi kerak, hozirgi kun muammolarini hal qilish bilan bunday holatga erishish mumkin.
Ish bilan bandlik siyosati bir necha darajaga egadir: umumdavlat (makrodaraja), mintaqaviy va mahalliy darajalar. Ish bilan bandlik siyosatining barcha darajalari yagona ish bilan bandlik kontseptsiyasi bilan birlashgan bo’ladi, bu kontseptsiya iqtisodiy rivojlanishning qabul qilingan tipini aks ettiradi.
|
| |