• Ish bilan «to’liq» bandlik
  • Aholining ish bilan bandligi, uning asosiy turlari va shakllari




    Download 1,54 Mb.
    bet54/331
    Sana06.06.2024
    Hajmi1,54 Mb.
    #260832
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   331
    Bog'liq
    Yxatga olindi ¹ 2019 y

    7.2 Aholining ish bilan bandligi, uning asosiy turlari va shakllari
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida ish bilan bandlik hamda uning tashkil qiluvchilari muammosi ham nazariy, ham amaliy jihatlarda yangicha ma’no kasb etadi. Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda faol o’rinni egallaydi. Mehnat bozorida asosiy milliy resurs — ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha taqsimlanadi.

    Mehnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi. U xodimning o’zi uchun yanada mosroq ish joyiga o’tishini engillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi bilan ta’minlanadi. Mehnat bozori qanday kadrlar, mutaxassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qandaylari ortiqchaligini ko’rsatadi. Bu ko’pgina mamlakatlar uchun dolzarb muammodir. Uning hal etilishi jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga qodir bo’lgan samarali iqtisodiyotning yaratilishini anglatadi.


    Ish bilan bandlikni ishchi kuchiga talabni kengaytirishga (ularni foydali faoliyatga jalb qilish ko’lamlari, shart-sharoitlari va shakllarini ta’minlashga, ish bilan band bo’lgan xodimlarni shakllantirish, taqsimlash, foydalanish, bo’shatish, qayta tayyorlash va qayta taqsimlashga) yo’naltirilgan chora-tadbirlar va harakatlar yig’indisi, deb ta’riflash mumkin.
    Bu kontseptsiya doirasida to’la oqil (ratsional) va samarali bandlik farqlanadi. Ish bilan «to’liq» bandlik sotsializmdagi mehnatning umumiyligi va majburiyligining aniq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishidir. U mehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanishning haqiqiy imkoniyatlarining berilishi bilan bog’liq. Yuqorida aytib o’tilgan kamchiliklarni hisobga olib, to’liq ish bilan bandlik darajasi bozor iqtisodiyotiga moslashib boradi. Mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy xo’jalikka jalb qilishning eng yuqori darajasi sifatida talqin qilish ham o’zgarib boryapti. Ish bilan to’liq bandlikka aholini jalb qilishning har qanday darajasida erishish mumkin, bunda u aholining ish o’rinlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga muvofiq kelishi, taklif etilayotgan ish o’rinlari iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq oqilona (samara) bo’lishi lozim. Bu o’rinda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ish o’rni deganda shunday ish o’rni tushuniladiki, u insonga yuksak mehnat unumdorligiga erishish va o’zining, oilasining yaxshi yashashi uchun etarli bo’ladigan ish haqiga ega bo’lish tushuniladi, shu bilan birga bu ish o’rni uning salomatligiga zarar etkazmasligi va insoniy qadr-qimmatini erga urmasligi kerak.
    Shunday qilib, ish bilan to’liq bandlik mehnatga qobiliyatli barcha fuqarolarni kasbiy mehnat sohasiga jalb qilishni anglatmaydi. Inson o’z istagi bo’yicha ijtimoiy foydali bandlik sohalaridan birini (xalq xo’jaligidagi kasbiy mehnatni, uy xo’jaligini va shu kabilarni) tanlashga haqlidir. Biroq tartibga soluvchi asosiy faoliyat turi daromad keltiruvchi, shaxs farovonligini oshiruvchi va rivojlantirishini ta’minlovchi kasbiy mehnat bilan band bo’lishdir. Kasbiy mehnat bilan band bo’lish darajasi xodimlar umumiy sonining (ular ishlayotgan korxona qanday tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo’lishidan qat’i nazar) mehnat resurlari soniga nisbati bilan belgilanadi hamda mehnat unumdorligi va jamiyat rivojlanishining ijtimoiy samaradorligi sohasida erishilgan yutuqlarni aks ettiradi. Buning ma’nosi shuki, ish bilan bandlikdagi mazkur proportsiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manfaatlariga, uni jadallashtirish natijalariga, fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligini oshirish manfaatlariga to’liq mos kelsa, shuningdek, sog’lom avlodni etishtirishga, yuqori malakali, yaxshi ta’lim olgan serharakat xodimlarni tarbiyalashga qulay sharoit yaratib bersa, bunday bandlik proportsiyasi eng maqbul (optimal) deb hisoblanadi.
    Yuqorida sanab o’tilgan barcha sharoitlarga javob beradigan ish bilan to’liq bandlik unumdor ish bilan bandlik deb atalishi mumkin. Bunda biz unumdor ish bilan bandlik samarali mehnat bilan ayni bir narsa emasligiga asoslanamiz. Samarali mehnat unumdor ish bilan bandlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pirovard natijada to’liq va unumdor ish bilan bandlik uzviy birlikda bo’ladi. Agar ish bilan to’liq bandlikka iqtisodiy jihatdan nomaqbul ish o’rinlari yoki munosib tirikchilik o’tkazishni ta’minlamaydigan ish o’rinlari bilan erishilsa, u xodimlarning kasb-malaka va ta’lim darajasiga yoki xalq xo’jaligidagi vazifalarga zid bo’lsa, malakali kadrlar tayyorlash va normal demografik rivojlantirishni ta’minlashga xalaqit bersa, aholining bunday ish bilan bandligi umuminsoniy qadriyatlarga yordam bermaydi va ijobiy deb hisoblanishi mumkin emas.

    Demak, ish bilan to’liq unumdor va erkin tanlangan bandlik, avvalo, aholining ishga bo’lgan ehtiyoji bilan ish o’rinlari o’rtasidagi miqdor va sifat munosibligi ahvolini aks ettiradi, bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, ya’ni ham ayrim shaxsning, ham umuman butun jamiyatning manfaatlari hisobga olinadi.


    Iqtisodiy islohot jarayonida mehnat samaradorligining ortishiga qarab mehnat bilan bandlikning darajasi umuman mamlakat bo’yicha pasayib boradi. yaqin kelgusida respublikamizda ish bilan bandlikning rivojlanish xususiyatlari ana shunday kechadi. Bu erda yuqori samarali iqtisodiyot nisbatan kamroq miqdordagi xodimlarga ehtiyoj sezadi, shu bilan birga aholining ishchi o’rinlariga bo’lgan ehtiyoji ham kamayadi, chunki mehnat bilan ijtimoiy foydali bandlikning boshqa sohalariga qiziqish ortadi.
    Odamlarning ijtimoiy zarur ish bilan bandlikka bo’lgan ehtiyojini va uni amalga oshirish imkoniyatini rejali tartibga solib borish lozim. Bundan maqsad insonning faoliyat ko’rsatish, shart-sharoitlarni yaxshilash va iqtisodiyotni samarali ishlashini ta’minlashdir.
    Ish bilan bandlik maqomi. Ish bilan bandlik munosabatlari. Ish bilan bandlik maqomi ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etuvchi mehnat resurslarining bir qismi uchun belgilanadi. Bular daromad olish maqsadi bilan tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun ish kuchini taklif qiladigan kishilar guruhi, shuningdek, ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etsa ham bevosita pul daromadi keltirmaydigan aholi guruhi yoxud ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan daromad keltiradigan kishilar guruhidir.

    Download 1,54 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   331




    Download 1,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aholining ish bilan bandligi, uning asosiy turlari va shakllari

    Download 1,54 Mb.