• 7-BOB. AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI SHAKLLANISHI VA MOHIYATI 7.1. Ish bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
  • Aholining ish bilan bandlik kontseptsiyasi —jamiyat ijtimoiyi qtisodiy rivojlanishning muayyan bosqichidagi ish bilan ta’minlanishning xususiyatini ochib beradigan qarashlar, tasavvurlar tizimidir.
  • Yxatga olindi № 2019 y




    Download 1,54 Mb.
    bet51/331
    Sana06.06.2024
    Hajmi1,54 Mb.
    #260832
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   331
    Bog'liq
    Yxatga olindi ¹ 2019 y

    Intеrnеt saytlari



    • http://www.economyfaculty.uz – “Mеhnat iqtisodiyoti va sotsiyaologiyasi” kafеdrasi sayti mavjud bo`lgan sayt


    • http://economics.com.ua – mеhnat iqtisodiyotiga taalluqli bo`lgan ma'lumotlar vеb-sayti


    • http://www.bearingpoint.uz – “O`zbеkiston iqtisodiyoti” qo`llanmasiningg vеb-sayti


    • http://goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so`nggi yangiliklari


    • http://rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akadеmiyasining vеb-sayti


    7-BOB. AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI SHAKLLANISHI VA MOHIYATI


    7.1. Ish bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
    Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri - uning mehnat sohasi va u bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlarni qondirish yo’llarini ochib beradi. Ish bilan bandlik odamlar ish joylari qaerdaligidan qat’i nazar, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o’zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli odamlarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko’rsatadi.

    Biroq ish bilan bandlik toifasi faqat iqtisodiy komponent bilan cheklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir, ya’ni odamlarning jamiyat ichidagi munosabatlaridir, shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga kelgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy xususiyati hisoblanadi.


    Ish bilan bandlikni ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida quyidagicha ta’riflash mumkin: ish bilan bandlik — fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish haqi yoki mehnat daromadi keltiradigan faoliyatdir.
    Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish bosqichi uchun ish bilan ta’minlashning muayyan modeli (kontseptsiyasi) mos keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi.
    Tajriba shuni ko’rsatadiki, jamiyat muammolari ichida insonning shaxsini, talab-ehtiyojlarini hisobga olmasdan hal qilishga urinish omadsizlikka mahkum etadi. SHuning uchun avvallari olimlar ish bilan bandlik muammolarini ko’rib chiqayotganlarida asosan, uning iqtisodiy jihatlariga e’tibor bergan bo’lsalar, keyingi paytda ish bilan bandlikning ijtimoiy jihatlari to’g’risida tobora ko’proq gapirilayotganligi bejiz emas.
    Aholining ish bilan bandlik kontseptsiyasi —jamiyat ijtimoiyi qtisodiy rivojlanishning muayyan bosqichidagi ish bilan ta’minlanishning xususiyatini ochib beradigan qarashlar, tasavvurlar tizimidir. Bunday nazariy tushunchalar markaziga uni rivojlantirishning ijtimoiy bozor tipidagi davlat uchun xos bo’lgan obyektiv jarayonlarini hisobga oluvchi ish bilan ta’minlanishning shakllanishi qo’yiladi. Bu o’z navbatida muayyan davr mobaynidagi qo’yilgan maqsadlarga erishishning real imkoniyatlari bilan cheklanmaydi.

    Download 1,54 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   331




    Download 1,54 Mb.