|
SHartnomaviy ish bilan bandlik
|
bet | 49/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 ySHartnomaviy ish bilan bandlik nazariyasi 70-yillarning o’rtasida paydo bo’ldi. Deyarli bir vaqtda ushbu nazariyani D. Gordon, M. Beyli va K. Azariadislar oldinga surdilar. Mehnat bozoridagi subyektlarning tsiklli xatti-harakatini ushbu subyektlar o’z iqtisodiy manfaatlari yo’lida harakat qiladilar degan fundamental aksioma bilan kelishtirishga urinish shartnomaviy nazariyaning boshlang’ich negizini tashkil etadi. Ushbu nazariya mualliflarining nuqtai nazaridan qaraganda, munosabatlarning shartnomaviy tabiatga ega ekanligi mehnat bozoridagi subyektlarni, hatto ular yozma shartnoma tuzmagan taqdirlarida ham o’zaro bog’laydi. SHunchaki ushbu holda shartnoma «implitsitli» bo’lib qoladi, ya’ni ochiq-oydin, yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan bo’lmaydi, shunday bo’lsa-da, uning shartlariga tomonlar rioya etishga intiladilar, chunki bu o’zaro manfaatdorlikka olib boradi.
Institutsional yo’nalish. Mazkur yo’nalish namoyandalari siyosat, mafkura, huquq va psixologiyani mehnatga joriy qilish va ishga tushirishining iqtisodiy shart-sharoitlari va qonunlariga nisbatan hal qiluvchi omillar deb qaraydilar. Bu mualliflar makroi qtisodiy tahlildan chetlashadilar, mehnat bozori tabiatining ayrim tarmoqlarini, professional va demografik guruhlar dinamikasining xususiyatlari bilan izohlashga urinadilar. Xususan, Adam, Shreder, Leyn yangi klassiklarning qarashlarini rad etib, to’liq ish bilan bandlikni mehnat qilishni xohlaydigan har qanday kishi ish topishi, shu jumladan, to’liq ish kuniga ish topishi mumkin bo’lgan holat deb ta’riflaydilar. Adam, o’z navbatida sotsializmdagi «ortiq darajada ish bilan bandlik» yoki «yashirin ishsizlik» oqibatidagi talafotlarni g’arb mamlakatlaridagi ishsizlik oqibatidagi talafotlar bilan taqqoslab, «haddan ortiq ish bilan bandlik» yoki maqbul darajada saqlanar ekan, o’rinli hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Ma’naviy va ruhiy jihatdan og’ir yuk hisoblanadigan ishsizlik iqtisodiy jihatdan qanday yuk ekanligini gapirmasa ham bo’ladi, u jamiyatda qimmatga, ehtimol, hatto to’liq ish bilan bandlikni tiklash va saqlashdan ham qimmatroqqa tushadi.
|
| |