|
Ish bilan bandlikning hozirgi zamon nazariyalaridan foydalanish
|
bet | 48/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 y6.3. Ish bilan bandlikning hozirgi zamon nazariyalaridan foydalanish
Turli mamlakatlarda va turli vaqtlarda iqtisodiy siyosatni, shu jumladan, ish bilan bandlik siyosatini ishlab chiqishda har xil nazariyalardan foydalanilgan. Biroq 30-yillarda ro’y bergan eng kuchli jahon inqirozi davridan boshlab keynschilar nazariyasi ustun nazariya bo’lib qoldi, deb aytish mumkin.
Ish bilan bandlikning yangi mikroiqtisodiy nazariyasi mehnat bozorini ichki tomondan bir xil bo’lmagan va nihoyat darajada dinamik tarzda o’zgaruvchan, harakatchan tizim deb hisoblaydigan yangi nazariyani aks ettiradi. Dinamik yondashishni ishlab chiqish, avvalo, Ch. Xolt, Ch. Perri, M. Feldsteynlarning tadqiqotlari bilan bog’liq. Bu mualliflar ishsizlikdan, odatda, oila boquvchisi hisoblanmagan xotin-qizlar va yoshlar ko’proq jabrlanishini ko’rsatib berdilar. Ilmiy iste’molga yangi ko’rsatkich— tugallangan ishsizlikning o’rtacha muddati, ya’ni ishsizlikning boshlanishidan oxirgacha bo’lgan muddati — kiritilgan edi. Odatda, bu muddat ko’pi bilan bir-bir yarim oyni tashkil etishi aniqlandi.
Dinamik yondashish tarafdorlari tahlil qilish uchun ishsizlik turlarini mehnat bozoridagi ishchi kuchi oqimlari nuqtai nazaridan tasniflashni qo’lladilar. Bu mualliflar ishsizlikni umuman emas, balki ishchi kuchining har bir alohida toifasiga nisbatan tushuntirish, mehnat bozoridagi har bir oqimga tegishli bo’lgan o’ziga xos sabablarni va ish bilan band emaslik manbalarini qidirib topish lozim deb, hisoblar edilar. Ishsizlik muammosini ular ishchi o’rinlari surunkali ravishda etishmasligiga emas, balki ko’plab odamlarning olingan ish o’rnida uzoq saqlanib qola olmasliklarida deb bilgan edilar. Bu iqtisodchilar soliqlarni kamaytirish, ishsizlik yuzasidan beriladigan nafaqalar miqdorini qisqartirish, qonunda belgilangan eng kam ish haqi darajasini bekor qilish yoki pasaytirish, mehnat bozoridagi axborot tizimini takomillashtirishni jamiyatning iqtisodiyotga ta’sir etishi chora-tadbirlari sifatida taklif etdilar.
Muvozanat modellari, tozalanmaydigan bozorlar paradigmasi ish bilan bandlik yangi makroiqtisodiy nazariyasiga kiradi. Ushbu kontseptsiyalar ishsizlikka uzoq davom etadigan o’zgarmas muvozanatsizlik fenomeni deb qarashni aks ettiradi. Bu kontseptsiyalarda ishsizlik ayrim xo’jalik bozorlarining umumiy muvofiqlashtirilmaganligi bilan izohlanadi. Keyns nazariyasidagidek, faqat mehnat bozoridagina emas, balki, shuningdek, tovar bozoriga yoyilgan narxlar qat’iyligi va o’zgarmasligi muvozanatsizlik modellarining umumiy shart-sharoiti bo’ladi. Har ikki bozorda narxlar qaysi darajalarda hosil bo’lganligiga qarab iqtisodiyot quyidagi tartiblardan birida bo’ladi: keynscha ishsizlik tartibi, bostirilgan inflyatsiya tartibi (umumiy ortiqcha talab bilan tasniflanadi), klassik ishsizlik tartibi (yuqorida nomi tilga olingan ikki tartib o’rtasidagi oraliq tartib deb hisoblanadi va mehnat bozoridagi taklifning ortiqchaligi va tovar bozoridagi tovarning ortiqchaligi bilan tasniflanadi), chala iste’mol tartibi (tovar bozoridagi talabning etishmasligi va mehnat bozoridagi taklifning etishmasligi bilan tasniflanadi), valrascha muvozanat (bu to’rt tartibning tutashgan nuqtasi bo’ladi: bunda bozorlarning birortasida ham na ortiqcha talab, na ortiqcha taklif bo’lmaydi, bitimlar muvozanatli narxlar bo’yicha amalga oshiriladi).
|
| |