|
-BOB. AHOLINI ISH BILAN BANDLIGI NAZARIYALARI VA ULARNING AMALDA QO’LLANILISHI
|
bet | 44/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 y6-BOB. AHOLINI ISH BILAN BANDLIGI NAZARIYALARI VA ULARNING AMALDA QO’LLANILISHI
6.1. Aholini ish bilan bandligi bo’yicha klassik va neoklassik
nazariyalar
Hozirgi sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, shu jumladan, ish bilan bandlik siyosatining ham chora-tadbirlarini ishlab chiqishni, ushbu chora-tadbirlarni nazariy anglamay hamda asoslamay turib tasavvur qilib bo’lmaydi. Deyarli barcha ma’lum iqtisodiy nazariyalar u yoki bu darajada mehnat va ish bilan bandlik masalasiga daxldor bo’ladi. Tabiiyki, mehnat bozorining u yoki bu muammolarini yoritish hamda ishlab chiqish darajasi u yoki bu nazariya ishlab chiqilgan tarixiy davrga, muallif maqsadiga, tadqiqotining bosh mavzusiga, uning atrofidagi iqtisodiy voqelikka ham bog’liq bo’ladi.
XIX asrning oxirlarida klassiklarning izdoshlari ularning qarashlarini rivojlantirib, iqtisodiy nazariyaning neoklassik yo’nalishlarini ifodalab berdilar. Bu yo’nalishlarning asoschisi Kembrij universitetining professori Alfred Marshall (1842—1924) bo’ldi. Uning bozor narxi to’g’risidagi, tadbirkorlik, iste’molchilik xulq-atvori va boshqalar to’g’risidagi yangi nazariy qoidalaridan hozirgi vaqtda foydalanib kelinmoqda.
A.Marshall talab va taklif tartibga solish ish bilan bandlikni ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u butun talabni pirovard tartibga soluvchi narsa iste’molchilar talabi bo’lib, uni tartibga solish bozor tomonidan o’z-o’zidan amalga oshiriladi, deb hisoblagan.
Artur Pigu (1877-1955) Marshallning izdoshi va shogirdi bo’lgan. Uning ish bilan bandlik sohasidagi asosiy asari - «Ishsizlik nazariyasi» 1933 yilda chiqqan. Bu asarda ish bilan bandlik to’g’risidagi klassik nazariyaning asosiy qoidalari ancha to’liq bayon qilingan edi. Piguning fikricha, ishsizlikning sababi ish haqining yuqori darajasidir, ish haqining qisqarishi esa ish bilan bandlikni oshiradi, chunki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va qo’shimcha ishchilarni yollash uchun imkoniyat yaratiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, uning fikricha, tovarlar narxining umumiy ravishda pasayishiga va ish haqi hisobiga tirikchilik o’tkazmaydigan aholi guruhlarining xarid qilish qobiliyatini oshirishga olib keladi, bu esa qo’shimcha talabni vujudga keltiradi, mazkur talab ishlab chiqarish va ish bilan bandlikning kengayishini rag’batlantiradi. Ish bilan bandlik hajmini belgilovchi boshqa omil, Piguning fikricha, mehnatga bo’lgan haqiqiy talab funktsiyasidir. Pirovardida u quyidagicha xulosaga keladi: «yollanma xodimlar orasida mutlaqo erkin raqobat mavjud bo’lganda va mutlaqo harakatchan mehnat mavjud bo’lganda, aloqa xususiyati (xodimlar talab qiladigan real ish haqi stavkalari bilan mehnatga bo’lgan talab o’rtasidagi aloqa) juda oddiy bo’ladi. Hamma ish bilan band bo’lishi uchun ish haqi stavkalari bilan talab o’rtasida ana shunday nisbat o’rnatilishiga kuchli intilish doimiy ravishda amal qiladi».
Pigu «ixtiyoriy ishsizlik nazariyasi» tarafdori bo’lgan, unga muvofiq, ishchilarning o’zlari ixtiyoriy ravishda o’zlarini ishsizlikka mahkum etadilar, talab va taklif natijasida bozorda vujudga keladigan «normal» ish haqi uchun ishlashga rozi bo’lmaydilar.
|
| |