|
Hozirgi zamon neoklassik nazariyalarida ish bilan
|
bet | 45/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 y6.2. Hozirgi zamon neoklassik nazariyalarida ish bilan
bandlik masalalari
Keyns nazariyasi ham 70-yillarning oxirlariga kelib, inqirozga uchray boshladi. Bu nazariyaga muvofiq jami xarajatlarning o’sishi ishlab chiqarish hajmining ko’payishini, iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi va bu bilan ishsizlikning ortib borishi birmuncha pasaytiriladi va narxlarning ortishi sodir bo’lmaydi. Urushdan keyingi yillarda (to 70-yillarga qadar) kapitalistik mamlakatlarning rivojlanishi bu qoidalarni tasdiqladi— ishsizlik va inflyatsiya kamdan-kam hollarda birga sodir bo’ldi. Biroq jahon iqtisodiy rivojlanishining borishi 70-yillarda yuqori inflyatsiyasiga olib keldi, u rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy hayotining doimiy omiliga aylanib qoldi.
Ingliz professori A. Fillips inflyatsiya va ishsizlikning bir-biriga bog’liqligini empirik tarzda (tajribaga asoslanib) tahlil qilar ekan, u inflyatsiya sur’atlari bilan ishsizlik darajasi o’rtasida teskari proportsional o’zaro bog’liqlik borligini aniqlagan. U ana shu bog’liqlikni «oddiy yoki ilk» egri chiziq shaklida taqdim etgan. Keyinchalik unga tuzatish kiritilib, uning sharafiga Fillips egri chizig’i deb atalgan.
Monetaristlar. 60-yillarda Fillips egri chizig’idan siyosatchilar iqtisodiy strategiyani tanlash, ya’ni o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ikki mushkul narsadan eng kamrog’ini tanlash asosida foydalanib kelganlar.
Biroq, 70-yillardan e’tiboran ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda ishsizlikning ortishi narxlarning oshishi bilan bog’liq ravishda sodir bo’ldi: stagflyatsiya muammosi vujudga keldi. Fillips egri chizig’i ishsizlik va inflyatsiyaning o’zaro munosabatidagi real vaziyatni ifodalamay qo’ydi. Ishsizlik va inflyatsiyaga qarshi kurash Keyns va uning izdoshlari tasavvur qilganidan ham murakkabroq muammo ekanligi ko’pchilikka ma’lumdir. O’zlarining klassik nuqtai nazarlarida turuvchi turli ilmiy oqimlar keyns-chilikka qarshi chiqdilar. Ular neokonservatizm nomini olgan yo’nalishni tashkil etdilar. Neokonservatorlar orasida etakchi o’rinni monetaristlar egallaydilar.
|
| |