• Cbandragupta
  • Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo




    Download 114,05 Kb.
    bet1/8
    Sana20.02.2024
    Hajmi114,05 Kb.
    #159163
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    15ta


    1 variant

    1. Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo
      bo’lishi (Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan
      manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining
      rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana
      boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga
      aylandi. XVIII asrga kelib bu erda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat
      savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo’jaligida ham g’alaba qozondi. Bu jarayon
      mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo’l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab
      chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga
      harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab
      beradigan iqtisodiy ta’limotlar endi taqozo etila boshladi.
      Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish uchun, ya’ni
      iqtisodiyotni ob’ektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu
      sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene va klassik
      siyosiy iqtisod maktabining boshqa vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtai nazardan
      tadqiqot qildilar. Haqiqatan ham, mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod
      maktabining boshlanganini bildiradi. Uning klassik deb atalishining asosiy
      sababi, eng avvalo, uning ko’plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam
      ilmiy bo’lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etishidir. Aynan
      klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan maqomiga ega
      bo’ldi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili U.Petti
      bo’lsa, Frantsiyada - P.Buagilber, F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik,
      bu maktab ta’limoti A.Smit, D.Rikardo J.B. Sey, T.Maltus tomonidan
      rivojlantirildi va J.S. Mill, K.Marks tomonidan yakunlandi. Skalasfiklar1, fiziokratlar va merkantilistlarning iqtisodiy g‘oyalari klassik
      iqtisodchilar tomonidan ko‘proq yoki kamroq birlashtirilgan tizimlarga ajratilgan.
      Ularning merkantilist g‘oyalaridan eng asosiy farqi iqtisodiy kuchlarning tabiiy
      ishlashidan oqib keluvchi natijalarga ularning ijobiy munosabatlaridir. Ko‘pchilik
      (asosiy) uyg‘un iqtisodiy tizimning klassik ko‘rinishi merkantilist va skalasfiklar
      e’tiqotidan keskin farq qiladi; ularning e’tiqodiga ko‘ra ixtiloflar intervensiya
      (davlatning ichki ishlariga aralashuvi) yoki cheklovlar bilan xarakterlanadi.

    2. Dastlabki iqtisodiy g'oyalar insoniyatning paydo bo'lishi bilan
      shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.av. 2-mingyillikka to'g'ri
      kelib, ko'proq qadimiy Osiyo xalqIarining xo'jalik faoliyatini aks ettiradi.
      Antik dunyoga ma'lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish,
      24
      abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim
      iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.
      Qullikka asoslangan natural xo'jalik, ayniqsa qishloq xo'jaligi qo'llabquvvatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan
      Hindistonda «buyumning qiymati»ni «ish kunlari» bilan belgilab,
      mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq
      aytilgan, foyda masalasi ko'tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning
      iqtisodga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan.
      Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar ancha rivojiangan bo'lib, tabiiy huquq
      nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli,
      xalq boyligi va hukmdorlar mulki o'rtasidagi bog'Ianish, iqtisod va
      qonun masalalariga tegib o'tiladi.
      Agar Osiyoda quldorlik ko'proq patriarxal shaklda bo'lsa, antik dunyoda
      u klassik ravishda ro'y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik
      xo'jaligi qo'llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo'rlik ham qo'llabquvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg'arish)
      funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag'batlantirish, boylik
      jamg'arish zararli deb hisoblangan. «Ekonomika», «Xrematistika»
      tushunchalari kiritilgan, ular bir-biriga qarshi qo'yilgan, qiymat
      kategoriyasi, tovariarning almashuv tamoyillari (ilk yo'nalish) keltirilgan,
      ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan.

    3. Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V
      asridan G'arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab
      chiqarish usuli bilan almashdi.
      Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm
      davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik,
      qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865-yillardagi fuqarolik urushidan
      keyin to'la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan, Turkistondagi qullik
      davri ham shu davrda, ya'ni o'lka Rossiya tomonidan bosib olingach,
      qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga
      ko'ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab
      chiqarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga o'tildi. Tuzumda yerga
      xususiy mulkchilik ma\jud bo'lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo'lgan,
      rasman ozod dehqonlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari
      - feodallar yoki davlat dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural
      (mahsulot) yoki pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga
      ega edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda
      ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarning hamkorligiga asoslangan.
      Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan xiyla manfaatdor
      bo'lgan, o'zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo'jalik
      mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab
      chiqarish kuchlari ancha o'sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy
      jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda
      hali ham qoloq texnika ma\jud bo'lib, ishlab chiqarish kuchlarining
      rivoji sekin borgan. G'arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V
      asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi)dan burjua inqiloblari (XVIIXVIII asrlar), aniqrog'i, sanoat to'ntarilishi davrigacha yashadi. Ko'pgina mamlakatlarda (masalan, O'rta Osiyo, jumladan, O'zbekistonda)
      bu davr undan ham uzoq vaqtni o'z ichiga oladi (III-XX asrlar)

    2-variant

    1. Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik
      «Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha
      13
      ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.av. III-II asrIarda
      to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Cbandragupta
      I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bisbnugupta tomonidan
      yozilgan degan fIkr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa
      qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu
      asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori
      «ish kunlari» bilan belgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga
      mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.
      Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo'lib,
      bir qancha iqtisodiy g'oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq
      aytilgan. Tovarga bo'lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan
      oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga
      alohida urg'u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning
      miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo'shilib, mahalliy
      mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarIar uchun 10 foiz (import
      o'sha davrda ham afzal) qilib belgilangan.

    2. Olimning tadqiqot usulida empirizm elementlari (unsurlari) bo'lishiga qaramasdan (bu masalan, yer bahosini talqin etishda ko'rinadi),
      davlatning iqtisodiy faoliyatga aralashuvini qisman qo'llaydi (mamlakatdagi savdogarlar sonini qisqartirishni talab etadi), u asosan erkin
      iqtisodiyot (laisser faire) prinsiplarini qo'l1aydi vamerkantilistlardan
      farqli ravishda pul muomalasi va savdoni erkinlashtirish tarafdori bo'lgan.
      U o'z tadqiqotlarida bir qancha metodik (shartli) soddalashtirishlardan
      foydalanadi:
      • muomala sohasining ishlab chiqarishga teskari ta'siri inkor etiladi;
      • pul va tovar bozodarining o'zaro bog'liqIigi ko'zda tutilmaydi;
      74
      mehnat natijasi sifatida namoyon bo'ladi, bu qO'shimcha qiymat,
      uningcha, rentadir.
      U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlarga
      salbiy munosabatda bo'ldi, shuningdek, u sotuvchilar sonini ham
      keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va yer egalarining
      daromadlarini belgilash uchun umumiy bo'lgan «Renta» tushunchasi
      kiritiladi.
      V.Petti renta nazariyasini ham ishlab cbiqdi (siz ham rentani bir
      eslang). Uning flkricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi
      va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng
      bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo'shimcha mahsulotga teng. Pul
      holidagi renta qO'shimcha mahsulotning kumush miqdoliga teng
      qiymatidir.
      V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo'q, renta
      barcha qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababIi
      renta to'g'risidagi nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap
      boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin
      renta (qo'shimcha qiymat)ni qO'shimcha mehnat natijasi ekanligini
      aniqlaydi. Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi.
      Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir
      bo'lagi sifatida tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki,
      unga ko'ra ish haqi va renta bir-biriga qarshi. Masalan, - deydi u, -
      bir bushel (36,4 kg) bug'doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi
      yer rentasiga, 40 pensi yer egasining ish haqi sifatida berilsa va ish
      haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko'tarilsa, yer egasining 1
      bushel bug'doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, yer rentasi esa 20
      dan 15 pensga (ya'ni 5 pensga) kamayadi.

    3. Smit fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaad (foyda, ish haqi, renta)ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. Smit qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i.ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydo boʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi.tini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, "koʻrinmas qoʻl" uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. "Koʻrinmas qoʻl" — bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Smit foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. Smit qarashlarida kapitalist ham jamiyat tabiiy tuzumiga; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daromat.Smit nuqtai nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Smit daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylik oʻsishiga bevosita bog'liq boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. Smit iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. U xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import harajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblagan ("mutlaq afzallik tamoyili").

    3-variant

    1. U nikoh to'g'risida qonun taklif etgan, unda erkaklarga
      37, ayollarga 18 yoshgacha farzand ko'rish taqiqlangan, uningcha,
      aholi ko'pligi yer yetishmasligiga olib keladi va u qashshoqlikka mahkum
      etiladi. Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy va doimiy sababi,
      boshqarish tarzi yoki mulkning notekis taqsimlanishiga hech ham
      bog'liq emas; bu jarayon «tabiiy qonunlar va insoniy hirs», tabiatning
      nochorligi va insoniyatning favqulodda tez ko'payishi bilan bog'liqdir.
      Shu sababli xalq o'z azob-uqubatlari uchun o'zini o'zi ayblashi kerak».
      Uni to'g'rilashga hech qanday inqilob va sotsial islohotlar yordam
      bera olmaydi. Bunda faqat bir to'g'ri yo'l bor - bu aholi sonini
      qisqartirish. O'ta ko'payishning oldini olish vositasi, chorasi sifatida
      «axloqiy chidam» (kambag'allar nikohdan o'zlarini tiyishlari, kech
      turmush qurishlari), og'ir mehnat yoki turli baxtsizliklar (ochlik,
      qashshoqlik, kasallik, epidemiya, urush va boshqalar) taklif etiladi
      (3-jadval) Maltusning fikricha, tabiiy biologik instinktga ko'ra insoniyat ko'payish imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va
      o'sirnliklar qarama-qarshi ravishda bu jarayonni cheklash imkoniga
      ham ega bo'lib, hayvonot dunyosidan ajralib turadi. Maltusning bu reaksion xulosalari qattiq tanqidga uchradi. Maltus
      bu tanqidlardan xulosa chiqarib, 1820-yilda asarini qayta ishlab chiqdi
      va unda o'z ftkrlarini ancha yumshatishga intildi; ayniqsa, ustiga dam-
      , badam yog'ilib turadigan va aholini o'limga mahkum etadigan balo
      ofatlami zaruriy deb hisoblashdan voz kechdi va kechirim so'radi,
      uni noto'g'ri tushunganliklarini aytib o'tdi, ammo u o'zining bosh
      ftkrini inkor etmadi.
      Maltus markaziy g'oyasi, ya'ni aholi soni o'sish sur'atlarining
      jamiyat farovonligiga ta'siri to'g'ri va dolzarbdir. Ammo olim tomonidan
      berilgan prognozlar baxtimizga normal bo'lib chiqdi. Har 20-25 yilda
      aholining ikki marta ko'payishi insoniyatni to'la qashshoqlikka mahkum
      etishi kerak edi.


    2. Download 114,05 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 114,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo

    Download 114,05 Kb.