|
Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo
|
bet | 4/8 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 114,05 Kb. | | #159163 |
Bog'liq 15taMerkantilizm - italyancha so'z bo'lib, savdogar degani, fbodalizmning
yemirilishi va ilk kapitalizm davridagi dastlabki bozor iqtisodi maktabi;
ilk merkantilizm (monetarizm) va rivojlangan merkantilizm davrlariga
bo'linadi; boylikning asosi muomala (savdo)da yuzaga keladi, degan g'oya
ilgari surilgan. Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq
farovonligining asosi-mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb
kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin
o’zgardi. Avvalo, natural-xo’jalik tizimining emirilishi, tovar-pul munosabatlarining
o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk
geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi, birinchi
navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli
metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib
jamiyatning boyishida savdoning o’rnini asoslab berishga uringan merkantilizm
qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga
muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va jamiyat ishlarini qo’llab-quvvatlash
tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo’shningni quritsang, go’yoki millat boy
7-variant
Xrematistika (xrerna - mulk, egalik) - mulk orttirish san'ati, ya'ni
foyda va boylikni pul shaklida to'plashga yo'naltirilgan faoliyat. Kapital
qo'yish vajamg'arish san'atidir. Amaliyotda kam qo'llaniladLAristotel
tomonidan kiritilgan. Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qaramaqarshi qo'yishi xarakterlidir. U o'ylab topgan «xrematistika. matni
20
«xrema» so'zidan olingan bo'lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel
iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo'lgan mahsulotlar (iste'mol qiymatlari) ni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan
tabiiy xo'jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik
va mayda savdo). Bu almashuvni ham o'z ichiga oladi, ammo zarur
shaxsiy talab-ehtiyojlarni qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak.
Bu faoliyat chegaralari ham tabiiy soha bo'lib, insonning ongli shaxsiy
iste'moli doirasida bo'lishi kerak.
«Ekonomiya» so'zi dastlab uy xo'jaligini yuritish san'ati sifatida
yuzaga kelgan bo'lsa, keyingi davrda u ko'proq va asosan «ekonomika»
ma'nosida qo'llaniladi va xarajatlami qisqartirish, ma'lum resurslami
sarflashda tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu atama ko'proq
quyidagilarni anglatadi:
1. Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo'jaligi (masalan, jahon iqtisodiyoti, O'zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar).
2. Xalq xo'jaligining, to'la ishlab chiqarishning ayrim shart-sharoitlari
va elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim tarmoqlar
(sanoat, mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, chorvachilik, ta'lim va boshqalar) ni tadqiq etadigan ilmiy soha.
3. Ma'lum iqtisodiy tizimni tashkil etuvchi ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv, iste'mol
jarayonidan tashkil topuvchi odamlar o'rtasidagi ma'lum tarixiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi.
XN asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixiy ijtimoiy saboq1ar
davri hisoblanadi.
Bu davrda Amir Temur boshchiligida yagona tug' ostida markazlashgan kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi. Bu davlatni idora etish
va boshqarish uchun Amir Temur asosiy qonun-qoidalar to'plami
«Tuzuklar»ni yaratdi. «Tuzuklar» is10m dini mafkurasiga asoslangan
bo'lib, mamlakatni obod etishga xizmat qildi. Xo'jalikni asosi bo'lgan
dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo kengaydi, fan
va madaniyatning ravnaqi uchun ma'lum shart-sharoitlar yaratildi.
52
Amir Temurdan keyin uning o'g'li Shoxrux Mirzo va nabirasi
Mirzo Ulug'bek davridagi islohotlar iqtisodiyotni barqarorlashuvi va
ravnaq topishuviga shart-sharoit yaratdi. Ayniqsa, 1428-yilda Ulug'bek
tomonidan o'tkazilgan pul islohoti katta ijobiy aharniyat kasb etdi. XV
asrdagi iqtisodiy g'oyalar majmuasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi
Alisher Navoiyning iqtisodiy qarashlari muhim o'rin tutadi.
|
| |