Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo




Download 114,05 Kb.
bet6/8
Sana20.02.2024
Hajmi114,05 Kb.
#159163
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15ta

Ulug'bek (1394-1449) tarixda ko'proq davlat arbobi sifatida emas,
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Bu davrda
marnlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e'tibor qilinadi, busiz
rivojlanish bo'lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish
tarmoqlari qurilib, ular toshhoYUz, darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak,
qaynama,sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar va sardobalar kabi
turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
O'sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan
chambarchas bog'liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig'imi qancha yuqori
bo'lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning
pastligi aholi uchun qulay bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv,
mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to'g'ri kelavermaydi. Shularni
yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlab,
uni yig'ishning ma'lum adolatli usullarini qo'llanganlar. Masalan,
Ulug'bek hukmronligi davrida g'alla g'aram qilinmasdan avval soliq
to'plash qat'iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig'ib oigachgina
real soliq to'lash imkoniga ega bo'ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon
hosili pishishiga qarab bo'lingan:
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy,
Hindiston, Tibet va boshqa ko'pgina davlatlar bilan savdo aloqalari
olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar
yaratilganligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak
yo'li» xavfsizligini ta'minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va
savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valuta
mustahkamligiga bevosita bog'liq. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi
mavjud: 1) qiymat o'lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg'arma vositasi.
Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot
posangisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan
pul islohotlari o'tkazib turiladi. 1428-yili Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan
islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Muomaladagi fulusiy pullar
almashtirildi. Ulug'bek davridagi islohotlar tovar-pul munosabatlari
rivojiga muhim hissa qo'shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.

  • Merkantilizmning taniqli namoyondalari orasida Jean-Baptiste Colbert, Thomas Mun, Antoine de Montchrestien kabi shaxslar kiritiladi. Ular davlat intervensiyasi, tijorat balansi muhofazasi, zahiri kapitalni oshirish va kapitalni o'stirishga e'tibor qo'ydilar.

    Merkantilistlar 16-18 asrlar davomida o'zlarini hisoblagan davlatlarni kuchliroq qilish, xorijiy savdo orqali moliyaviy daromadni oshirish va iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga yo'naltirilgan. Ularning nazariyasi, davlatlarning sanoat va tijorat sohasidagi faoliyatini kuchaytirish, kapitalni o'stirish, tijorat balansini isloh qilish va eksportni oshirish orqali xorijiy valyutadagi kapitalni oshirishga ega bo'lgan. Shu bilan birga, merkantilistlar tijorat sohasidagi monopolyalarni o'rnatish, davlatning siyosat intervensiyasini rivojlantirish, sanoat va tijoratning iqtisodiy rivojlanishini yaxshilash va davlatning moliyaviy kuchini oshirishga qaratilgan.
    10-variant

    1. Qur'oni Karimdagi asosiy g`oyalardan biri barcha musulmonlarning
      qardoshligi bo`lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdi. Halol
      mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug`landi, barcha boylik shu
      asosda paydo bo`lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda Alloh taolo savdoga
      katta ahamiyat bergan, sudxo`rlikni, ya'ni ribo' (sudxo`rlik foizi) ni harom
      qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga xiyonat va hatto
      hasad qilishni katta gunoh degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri
      azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to`g`rilikka buyuriladi va
      yolg`on ishlatish, o`g`rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi.
      Alloh taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash
      (4-sura, 8-oyat), yetim-esirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish (3-sura, 128-
      oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g`oyalar hamda soliq
      turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetimlar haqiga xiyonat
      qilish eng katta gunohlardan deb e'lon qilingan. Shuningdek, o`zaro
      yordam ham (5-sura, 3-oyat) zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda
      emas deyiladi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash,
      ayniqsa dehqonchilik, qo`ychilik bilan shug`ullanish, mehnat qilish
      zarurligi marhamat qilingan.
      Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash Qur'oni Karimdagi
      "Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar", degan oyatlar
      asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng dolzarb masalaga aylangan).
      "Daryo bo`yida tahorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmanglar", kabi
      PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
      38
      qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda
      ahamiyatli.
      Islom huquqshunosligida foyda miqdori 10 foiz qilib belgilangan
      (buni boshqa fikrlar bilan solishtiring).
      Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn
      Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd (1332-1406)ning hissasi benihoya katta
      (Tunisda tug`ilgan, Fes sultonida hattot-kotib bo`lgan). 1382 yili Qohiraga
      kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo`lgan. Asosiy asari "Kitob-ulibar" ("Ibratli misollar kitobi"-1370y.). U birinchilardan bo`lib tarixiy
      ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr
      yuritdi, G`arb olimlari Makiavelli, Monteskyega katta ta'sir ko`r-satdi.

    2. XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to'la
      shakllandi, bu britaniyalik olim A.Smit tomonidan amalga oshirildi.
      Bu davrda Angliyada obyektiv shart-sharoitlar mavjud edi: bm:jua
      inqilobi manufakturadan fabrikaga o'tilishi, agrar islohot, kapitalning
      dastlabki jamg'arilishi, sinfiy va mulkiy differensiatsiya va boshqalar.
      Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlarning
      mohiyati to'g'ri talqin etib berildi. Yangi bmjuajamiyati har tomonlama
      obyektiv asosda tahlil qilinib, uning progressiv tomonlari ko'rsatib
      berildi. Xususiy mulkning abadiyligi va daxlsizligi qo'llab-quvvatlandi.
      Klassik maktab vakillari inson xohishiga bog'liq bo'lmagan obyektiv
      iqtisodiy qonunlarning mavjudligini ular iqtisodiy tizimda tabiiy
      turg'unlikni ta'minlashga, o'z-o'zini boshqarishga qodir ekanligi tan
      olinadi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha
      inkor etiladi va erkin savlo-sotiq qo'llanadi.

    3. Zahiriddin Muhammad Boburning iqtisodiy g'oyalari qaysi asarlarda bayon etilgan.

    Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur
    (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy
    masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan
    ma'lum. Xususan, Boburning "Boburnoma" asarida, "Mubayyin" kabi
    to`plamlarida iqtisodiyotga oid ma'lumotlarga, shu jumladan soliq
    siyosatiga katta o`rin berilgan. "Zakot to`g`risidagi katta kitob" da esa
    o`sha davrdagi soliq, uning turlari to`g`risida qimmatli fikrlar bildiriladi.
    Bu asarlarni mutola qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi
    hayotida ro`y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o`zgarishlarni tahlil qilish,
    xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar,
    maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslari
    bo`lmish ishlab chiqarish, shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj
    to`lovlari bilan bog`liq bo`lgan qarashlari bizni to`lqinlantiradi. E'tirof
    etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish,
    ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari
    yoki uning o`z hukmronligi davrida yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid
    birlamchi manbalar bo`lmasa ham, ilmiy bilish va idrok etish kuchiga
    suyangan holda shunday xulosaga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy
    olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va
    davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning
    uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy
    jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati o`laroq u
    hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy -
    ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat
    bir necha asr davomida yashadi va tarixda o`chmas iz qoldirdi. Bobur va
    uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o`rinni egallagan .
    Boburning "Mubayyin" asari to`la ravishda qonunlar va iqtisodiy
    masalalarga bag`ishlangan. Asarning nomi ham "qonunlar izohi" ma'nosiga
    ega.
    Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham
    "zakot" ma'lum miqdorda va muayyan shart-sharoitlarda olinadigan soliq
    ma'nosida qo`llaniladi hamda naqd pul va savdo yig`imi shaklida
    to`planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining "nisobi", ya'ni
    mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo`lish uchun belgilangan miqdori
    aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi. "Agar yerdan ikki
    hosil olsang, xirojni ham ikki marta to`la", deb yozadi Bobur.
    11-VARIANT

    1. Asosiy asari "Kitob-ulibar" ("Ibratli misollar kitobi"-1370y.). U birinchilardan bo`lib tarixiy
      ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr
      yuritdi, G`arb olimlari Makiavelli, Monteskyega katta ta'sir ko`r-satdi.
      Olimning konsepsiyasi "ijtimoiy tabiat" ga yaqin, jamiyat rivoji
      (evolutsiyasi) oddiylikdan sivilizatsiya saridir.
      Ibn Xaldunning bu asaridan tarjima "Ijtimoiy fikr" jurnalining 1998
      yil 1-sonida (158-165-betlar) keltiriladi. Asarning "Kitobi avval" qismida
      "Inson jamoasining farqli tomonlarini: shohlik hokimiyati, odamlarning
      daromadlari" ni o`rganish asosiy vazifa qilib qo`yilgan. Olim: "Insonga xos
      bo`lgan jihatlarga yashash uchun mablag`, narsa topishga intilish, bu uchun
      mehnat qilish zarurati ham kiradi", deb yozadi. Davlatning yashash davr va
      bosqichlari keltiriladi, u beshga bo`linadi va nihoyatda ibratlidir. Mehnat
      qilinmasa, "bozor munosabati ham barham topadi".
      "Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog`liqdir", deb yozadi olim. Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar
      yana aholining o`ziga qaytib keladi. "Aholining boylik manbayini bozor va
      savdo munosabatlari tashkil etadi", deganda olim xuddi bugungi iqtisodiy
      g`oyani qo`llab-quvvatlaydi. Merkantilistik g`oya klassik maktab fikrlari
      bilan to`ldiriladi. "Savdogar moliga narx qo`yishda barcha sarf-xarajatlarni
      hisoblab narx yozadi". Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar ekishdan
      chetlanish haqidagi fikri ham qimmatlidir.
      Soliqlarni faqat davlat, ayrim hukmdorlar foydasiga yig`ish jamiyat
      tanazzumiga olib kelishi aytiladi.
      Ibn Xaldun dastlab birgalikda "ishlab chiqarish" faoliyatiga katta
      e'tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar "ishlab chiqaruvchilar" jamoasidan
      iborat deydi. U "Odamning kelib chiqishida mehnatning o`rni"ni ochib
      berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san'atning rivoji bevosita
      "mehnat unumdorligining o`sishi" bilan bog`liq deydi. "Oddiy" va
      "murakkab" mehnat farqlangan, mehnat bo`lmasa, buyum ham bo`lmas
      edi, degan muhim xulosa chiqariladi. Olim fikrlarida "zaruriy" va
      "qo`shimcha mahsulot", "zaruriy va qo`shimcha mehnat" tushunchalari
      PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
      39
      farqlanadi. U "tovarning iste'mol qiymati" va "qiymat" tushunchalarini
      ta'rifladi. Zamon va makonda o`z zamondoshlaridan ancha ilgari bu
      g`oyalarni berdi."Oldi-sotdi bitimi asosida teng ayirboshlash qoidasiga
      amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi
      ayirboshlanadi", "agar bu hunarmandchilik mahsuli bo`lsa - unga
      sarflangan mehnatiga teng", "daromad qiymati esa sarflangan mehnat
      ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan o`rni va uning odamlarga
      zarurligi bilan belgilanadi". Bunda tovarlarni tenglashtirish mehnatni
      tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya'ni mehnatning roli va tovarning
      foydaliligi ham hisobga olinmoqda, bu juda muhim.
      Qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot
      uchun tabiiy zarurat deb bilgan va fiziokratlardan ilgarilab ket-gan.
      Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar
      ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim
      hunarlar boshqa hunarlarni o`z ichiga oladi: masalan, duradgor yog`ochdan
      ishlangan buyumlarni, to`quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va hokazo, ya'ni
      ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovar-pul munosabatlari
      tahlil etilgan, narxlar bozorga olib chiqilgan tovarlar massasi (talabtaklif)ga bog`liqligi aytilgan. Nonga baholarni mo`tadil ushlab turish,
      farovanlik manbayi ekanligi ko`rsatiladi. Soliq tizimini tartibga solish
      kerakligi qayd etiladi; uningcha soliq pasayishi ijtimoiy hayotni
      yuksaltiradi.
      Bundan deyarli 600 yil avval bozor tushunchasiga izoh beriladi. Ibn
      Xaldun fikricha: "Bozor - bu hunarmandchilikni mukammallashtirish va
      mehnat unumdorligini oshirishning garovidir".
      Shunisi diqqatga sazovorki, Ibn Xaldun (asli arab) tarix taqozosi
      bilan Amir Temur bilan Damashqda uchrashgan (asir tushgan) va u bilan
      suhbat qurgan. Ko`p sohalarda, jumladan iqtisodiyotga oid asarlar muallifi,
      katta domla ekanligini bilib qolgan Amir Temur Ibn Xaldunni asirlikdan
      qutqarib, o`z vataniga qaytishga va ijodiy ishini davom ettirishga imkon
      bergan. Bu olijanoblik ilmga bo`lgan hurmat ramzidir.

    2. Navoiy boylikni ikki yo`l bilan topish mumkin, deydi. Birinchi
      yo`li - bu o`z mehnati bilan iqtisod qilib boylikni to`plash, orttirish, yig`ish
      va o`ziga to`q yashash. Bunday boylik to`plashga Navoiy hayrihohlik
      bildirdi. U olingan va to`plangan boylikni uch qismga bo`lib, birinchi
      qismini ketgan harajatga, ikkinchi qismini o`zining va oilasining
      ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun
      sarflashga chaqiradi. Masalan, 1482 yilda yozilgan "Vaqfiya" asarida
      A.Navoiy shaxsan o`zining yerlaridan olingan daromad misolida
      daromadning o`z harajatlari va oila ahliga yetarli qismini olib qolib, qolgan
      qismini aholining foydali mehnatiga sarflashga chaqirgan. Boylik
      topishning ikkinchi yo`liga esa, ya'ni o`g`rilik, ta'magirlik va zo`rlik
      hisobiga boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday
      ishlardan naf-ratlanadi va shu yo`l bilan boylik orttirayotgan kishilarni
      jamiyat hisobiga yashayotgan va boylik orttirayotgan parazit qatlamdir,
      deb ta'riflaydi.

    3. Olimning tadqiqot usulida empirizm elementlari (unsurlari) bo'lishiga qaramasdan (bu masalan, yer bahosini talqin etishda ko'rinadi),
      davlatning iqtisodiy faoliyatga aralashuvini qisman qo'llaydi (mamlakatdagi savdogarlar sonini qisqartirishni talab etadi), u asosan erkin
      iqtisodiyot (laisser faire) prinsiplarini qo'l1aydi vamerkantilistlardan
      farqli ravishda pul muomalasi va savdoni erkinlashtirish tarafdori bo'lgan.
      U o'z tadqiqotlarida bir qancha metodik (shartli) soddalashtirishlardan
      foydalanadi:
      • muomala sohasining ishlab chiqarishga teskari ta'siri inkor etiladi;
      • pul va tovar bozodarining o'zaro bog'liqIigi ko'zda tutilmaydi;
      74
      mehnat natijasi sifatida namoyon bo'ladi, bu qO'shimcha qiymat,
      uningcha, rentadir.
      U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlarga
      salbiy munosabatda bo'ldi, shuningdek, u sotuvchilar sonini ham
      keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va yer egalarining
      daromadlarini belgilash uchun umumiy bo'lgan «Renta» tushunchasi
      kiritiladi.
      V.Petti renta nazariyasini ham ishlab cbiqdi (siz ham rentani bir
      eslang). Uning flkricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi
      va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng
      bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo'shimcha mahsulotga teng. Pul
      holidagi renta qO'shimcha mahsulotning kumush miqdoliga teng
      qiymatidir.
      V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo'q, renta
      barcha qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababIi
      renta to'g'risidagi nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap
      boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin
      renta (qo'shimcha qiymat)ni qO'shimcha mehnat natijasi ekanligini
      aniqlaydi. Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi.
      Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir
      bo'lagi sifatida tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki,
      unga ko'ra ish haqi va renta bir-biriga qarshi. Masalan, - deydi u, -
      bir bushel (36,4 kg) bug'doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi
      yer rentasiga, 40 pensi yer egasining ish haqi sifatida berilsa va ish
      haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko'tarilsa, yer egasining 1
      bushel bug'doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, yer rentasi esa 20
      dan 15 pensga (ya'ni 5 pensga) kamayadi.

    12-variant

    1. Asosiy asari "Kitob-ulibar" ("Ibratli misollar kitobi"-1370y.). U birinchilardan bo`lib tarixiy
      ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr
      yuritdi, G`arb olimlari Makiavelli, Monteskyega katta ta'sir ko`r-satdi.
      Olimning konsepsiyasi "ijtimoiy tabiat" ga yaqin, jamiyat rivoji
      (evolutsiyasi) oddiylikdan sivilizatsiya saridir.
      Ibn Xaldunning bu asaridan tarjima "Ijtimoiy fikr" jurnalining 1998
      yil 1-sonida (158-165-betlar) keltiriladi. Asarning "Kitobi avval" qismida
      "Inson jamoasining farqli tomonlarini: shohlik hokimiyati, odamlarning
      daromadlari" ni o`rganish asosiy vazifa qilib qo`yilgan. Olim: "Insonga xos
      bo`lgan jihatlarga yashash uchun mablag`, narsa topishga intilish, bu uchun
      mehnat qilish zarurati ham kiradi", deb yozadi. Davlatning yashash davr va
      bosqichlari keltiriladi, u beshga bo`linadi va nihoyatda ibratlidir. Mehnat
      qilinmasa, "bozor munosabati ham barham topadi".
      "Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog`liqdir", deb yozadi olim. Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar
      yana aholining o`ziga qaytib keladi. "Aholining boylik manbayini bozor va
      savdo munosabatlari tashkil etadi", deganda olim xuddi bugungi iqtisodiy
      g`oyani qo`llab-quvvatlaydi. Merkantilistik g`oya klassik maktab fikrlari
      bilan to`ldiriladi. "Savdogar moliga narx qo`yishda barcha sarf-xarajatlarni
      hisoblab narx yozadi". Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar ekishdan
      chetlanish haqidagi fikri ham qimmatlidir.
      Soliqlarni faqat davlat, ayrim hukmdorlar foydasiga yig`ish jamiyat
      tanazzumiga olib kelishi aytiladi.
      Ibn Xaldun dastlab birgalikda "ishlab chiqarish" faoliyatiga katta
      e'tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar "ishlab chiqaruvchilar" jamoasidan
      iborat deydi. U "Odamning kelib chiqishida mehnatning o`rni"ni ochib
      berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san'atning rivoji bevosita
      "mehnat unumdorligining o`sishi" bilan bog`liq deydi. "Oddiy" va
      "murakkab" mehnat farqlangan, mehnat bo`lmasa, buyum ham bo`lmas
      edi, degan muhim xulosa chiqariladi. Olim fikrlarida "zaruriy" va
      "qo`shimcha mahsulot", "zaruriy va qo`shimcha mehnat" tushunchalari
      PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
      39
      farqlanadi. U "tovarning iste'mol qiymati" va "qiymat" tushunchalarini
      ta'rifladi. Zamon va makonda o`z zamondoshlaridan ancha ilgari bu
      g`oyalarni berdi."Oldi-sotdi bitimi asosida teng ayirboshlash qoidasiga
      amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi
      ayirboshlanadi", "agar bu hunarmandchilik mahsuli bo`lsa - unga
      sarflangan mehnatiga teng", "daromad qiymati esa sarflangan mehnat
      ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan o`rni va uning odamlarga
      zarurligi bilan belgilanadi". Bunda tovarlarni tenglashtirish mehnatni
      tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya'ni mehnatning roli va tovarning
      foydaliligi ham hisobga olinmoqda, bu juda muhim.
      Qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot
      uchun tabiiy zarurat deb bilgan va fiziokratlardan ilgarilab ket-gan.
      Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar
      ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim
      hunarlar boshqa hunarlarni o`z ichiga oladi: masalan, duradgor yog`ochdan
      ishlangan buyumlarni, to`quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va hokazo, ya'ni
      ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovar-pul munosabatlari
      tahlil etilgan, narxlar bozorga olib chiqilgan tovarlar massasi (talabtaklif)ga bog`liqligi aytilgan. Nonga baholarni mo`tadil ushlab turish,
      farovanlik manbayi ekanligi ko`rsatiladi. Soliq tizimini tartibga solish
      kerakligi qayd etiladi; uningcha soliq pasayishi ijtimoiy hayotni
      yuksaltiradi.
      Bundan deyarli 600 yil avval bozor tushunchasiga izoh beriladi. Ibn
      Xaldun fikricha: "Bozor - bu hunarmandchilikni mukammallashtirish va
      mehnat unumdorligini oshirishning garovidir".
      Shunisi diqqatga sazovorki, Ibn Xaldun (asli arab) tarix taqozosi
      bilan Amir Temur bilan Damashqda uchrashgan (asir tushgan) va u bilan
      suhbat qurgan. Ko`p sohalarda, jumladan iqtisodiyotga oid asarlar muallifi,
      katta domla ekanligini bilib qolgan Amir Temur Ibn Xaldunni asirlikdan
      qutqarib, o`z vataniga qaytishga va ijodiy ishini davom ettirishga imkon
      bergan. Bu olijanoblik ilmga bo`lgan hurmat ramzidir.

    2. Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V
      asridan G'arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab
      chiqarish usuli bilan almashdi.
      Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm
      davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik,
      qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865-yillardagi fuqarolik urushidan
      keyin to'la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan, Turkistondagi qullik
      davri ham shu davrda, ya'ni o'lka Rossiya tomonidan bosib olingach,
      qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga
      ko'ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab
      chiqarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga o'tildi. Tuzumda yerga
      xususiy mulkchilik ma\jud bo'lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo'lgan,
      rasman ozod dehqonlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari
      - feodallar yoki davlat dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural
      (mahsulot) yoki pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga
      ega edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda
      ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarning hamkorligiga asoslangan.
      Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan xiyla manfaatdor
      bo'lgan, o'zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo'jalik
      mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab
      chiqarish kuchlari ancha o'sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy
      jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda
      hali ham qoloq texnika ma\jud bo'lib, ishlab chiqarish kuchlarining
      rivoji sekin borgan. G'arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V
      asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi)dan burjua inqiloblari (XVIIXVIII asrlar), aniqrog'i, sanoat to'ntarilishi davrigacha yashadi. Ko'pgina mamlakatlarda (masalan, O'rta Osiyo, jumladan, O'zbekistonda)
      bu davr undan ham uzoq vaqtni o'z ichiga oladi (III-XX asrlar)

    3. Smit fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaad (foyda, ish haqi, renta)ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. Smit qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i.ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydo boʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi.tini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, "koʻrinmas qoʻl" uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. "Koʻrinmas qoʻl" — bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Smit foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. Smit qarashlarida kapitalist ham jamiyat tabiiy tuzumiga; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daromat.Smit nuqtai nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Smit daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylik oʻsishiga bevosita bog'liq boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. Smit iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. U xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import harajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblagan ("mutlaq afzallik tamoyili").

    13—variant
    1. Dastlabki iqtisodiy g'oyalar insoniyatning paydo bo'lishi bilan
    shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.av. 2-mingyillikka to'g'ri
    kelib, ko'proq qadimiy Osiyo xalqIarining xo'jalik faoliyatini aks ettiradi.
    Antik dunyoga ma'lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish,
    24
    abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim
    iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.
    Qullikka asoslangan natural xo'jalik, ayniqsa qishloq xo'jaligi qo'llabquvvatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan
    Hindistonda «buyumning qiymati»ni «ish kunlari» bilan belgilab,
    mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq
    aytilgan, foyda masalasi ko'tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning
    iqtisodga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan.
    Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar ancha rivojiangan bo'lib, tabiiy huquq
    nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli,
    xalq boyligi va hukmdorlar mulki o'rtasidagi bog'Ianish, iqtisod va
    qonun masalalariga tegib o'tiladi.
    Agar Osiyoda quldorlik ko'proq patriarxal shaklda bo'lsa, antik dunyoda
    u klassik ravishda ro'y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik
    xo'jaligi qo'llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo'rlik ham qo'llabquvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg'arish)
    funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag'batlantirish, boylik
    jamg'arish zararli deb hisoblangan. «Ekonomika», «Xrematistika»
    tushunchalari kiritilgan, ular bir-biriga qarshi qo'yilgan, qiymat
    kategoriyasi, tovariarning almashuv tamoyillari (ilk yo'nalish) keltirilgan,
    ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan.


    1. John Maynard Keynesning ta'limoti, 20-asrning ortalarida iqtisodiy nazariyalar sohasidagi muhim o'zgarishlardan biridir. Keynes iqtisodiyotga yangiliklar kiritgan "Umumiy ishlab chiqarish funksiyasi" (General Theory of Employment, Interest, and Money) nomli asarida qanday shart-sharoitlar asosida tuzatilganligini ifodalab kelgan.

    1. Iqtisodiy Krizlar: Keynes ta'limoti, iqtisodiy krizlarni o'rganish va ularga qarshi kurashishga muvofiq bo'lgan. U, ishlab chiqarish miqdorini, iste'mol vaqtini, investorlar tomonidan xarid qilinadigan ma'lumotlarni hisobga olgan holda taqdim etdi.


    2. Hukukiy Intervensiya: Keynes, davlatning iqtisodiy sohada o'zaro aloqalarni, joriy solishtirish va istiqbolni ta'minlashda roli borligini aytgan. U davlatning o'zining bozorda o'zaro hamkorlik qiladigan moliyaviy siyosatlar olishini maslahat berdi.
    3. Aktsiyadorlar va Investorlar Tashabbusi: Keynes, investorlar va aktsiyadorlar tashabbusini ta'sir etuvchi amalga oshirishlarni ko'rsatgan. Ularning xarajatlarini ta'limotini aniqlab chiqarish, investorlarni harakat qilishga maqbul sharoitlarni yaratish vaqtini o'rganish hamda moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan.
    4. Xususiy Sarflanuvchilar: Keynes, xususiy sarflanuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqalar va iste'molning o'sishini tahlil qilgan. U, iste'molni ta'minlash vaqtida xususiy sarflanuvchilar va jamiyati hisobga olish, iqtisodiyotdagi krizlarni kamaytirishga xizmat qilishi kerakligini aytgan.
    Keyns ta'limoti, iqtisodiyotda krizlar va ishlab chiqarishning muammolari haqida ko'p qanchalik o'ylangan qarorlar qabul etishda yordam berdi va hali ham iqtisodiyot nazariyalarining o'zida o'zgacha joy ega.


    1. Download 114,05 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 114,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo

    Download 114,05 Kb.