• Al-Fargoniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib , Nizom-ul-mulk
  • Abu Nosir Ibn Muhammad Forobiy
  • Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo




    Download 114,05 Kb.
    bet3/8
    Sana20.02.2024
    Hajmi114,05 Kb.
    #159163
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    15ta

    Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g'oyalar mohiyati.
    X-XII asrlarga kelib O'rta Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi.
    Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizom-ul-mulk va boshqa ko'plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o'rin tutadi. I bn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullanishi kerak».
    Yusuf Xos Hojib «odamga foydasi tegmaydigan odam - o'lik, essiz o'tgan umr emas, essiz sarflangan mehnat», deydi (1069 y. «Qutadg'u bilik» asarini yaratgan).
    IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo'li, Tinch okeani Ibn Sino atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya va Farbiy Evropa bilan chambarchas bog'lar edi. Bu esa karvon yo'li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman tovarlarning qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo'lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo'lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog'u toshlardan, qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko'pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn Ro'shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko'plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq uyg'onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
    Ana shundan kelib chiqib dastlab 873-950 yillarda yashab ijod etgan Abu Nosir Ibn Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz.
    Bo'lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga qo'yiladigan joyda Shosh-hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-g`arbda joylashgan Forob (O'tror) degan joyda tug'ilgan. U Forobda o'qigan, Shoshda bo'lgan, Buxoro va Samarqandda ta'lim olgan. Arab xalifaligining markazi-Bog'dodda o'qishi davom ettirgan, umrining oxirgi yillarida Xalabda, so'ngra Damashqda yashagan va shu erda vafot etgan.
    Forobiy O'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning Qariyib barcha sohalarini o'z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan Qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «Muallimas -Soniy» - «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar.
    O limning ayniqsa «Fozil odamlar shahri» asari diqqatga sazovar bo'lib, unda mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog'liq bo'lgan muhim g'oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, Forobiy o'z ustozi Arastu g'oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta'limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim blgan «Ehtiyoj» ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o'rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar Farg’oniy kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o'z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo'lgan holatdan, har bir operasiyani maxsus kishilarga bo'lib berish afzalligi ko'rsatiladi («Qushni so'ysa ham, qassob so'ysin»). Mehnat taqsimoti to'g'risidagi g'oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta'limotining (XVIII asr) asosidir.
    Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to'g'risidagi g'oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, o'zaro yordam va do'stlikning zarurligi ko'rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne'matlarni to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g'oyalari rivojlantirilib, avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o'rinlari, so'ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko'rsatiladi.
    Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko'p (yunon, arab va b. ) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharhlagan va izolagan.


  • Download 114,05 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 114,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo

    Download 114,05 Kb.