|
Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo
|
bet | 7/8 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 114,05 Kb. | | #159163 |
Bog'liq 15taUlug'bek (1394-1449) tarixda ko'proq davlat arbobi sifatida emas,
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Bu davrda
marnlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e'tibor qilinadi, busiz
rivojlanish bo'lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish
tarmoqlari qurilib, ular toshhoYUz, darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak,
qaynama,sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar va sardobalar kabi
turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
O'sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan
chambarchas bog'liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig'imi qancha yuqori
bo'lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning
pastligi aholi uchun qulay bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv,
mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to'g'ri kelavermaydi. Shularni
yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlab,
uni yig'ishning ma'lum adolatli usullarini qo'llanganlar. Masalan,
Ulug'bek hukmronligi davrida g'alla g'aram qilinmasdan avval soliq
to'plash qat'iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig'ib oigachgina
real soliq to'lash imkoniga ega bo'ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon
hosili pishishiga qarab bo'lingan:
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy,
Hindiston, Tibet va boshqa ko'pgina davlatlar bilan savdo aloqalari
olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar
yaratilganligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak
yo'li» xavfsizligini ta'minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va
savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valuta
mustahkamligiga bevosita bog'liq. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi
mavjud: 1) qiymat o'lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg'arma vositasi.
Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot
posangisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan
pul islohotlari o'tkazib turiladi. 1428-yili Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan
islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Muomaladagi fulusiy pullar
almashtirildi. Ulug'bek davridagi islohotlar tovar-pul munosabatlari
rivojiga muhim hissa qo'shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.
14-variant
Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik
«Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha
13
ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.av. III-II asrIarda
to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u
|
| |