Kadrlar tayyorlash milliy dasturi




Download 22,96 Kb.
bet1/2
Sana17.12.2023
Hajmi22,96 Kb.
#121335
  1   2
Bog'liq
KIRISH O


KIRISH O’zbekistonda talim-tarbiya sohasini isloh qilish maqsadida «Talim-tarbiya to’g’risida»gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning amaldagi holati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov bu muammo ilmiy - nazariy va amaliy nuqtai nazardan asoslab, o’quv-tarbiya jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, boshqarish, maqsadga erishish samaradorlikni oshirishning muhim omili deb hisobladi. Respublikamizda olib borilayotgan talim-tarbiya islohotlari, mutaxassis kadrlar salohiyotini oshirishga qaratilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarida pedagoglarning metodik mahoratini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchilarimiz bu vaziyatdan chiqishda ularni o’z faoliyatiga tanqidiy yondashib, psixologik jixatdan qayta ko’rib chiqib, ularni yangi sharoitda bolalarga samimiy munosabatda bo’lish, ularni rivojlantirishda shaxsiy yondashuv, hamkorlik, hamijodkorlik, individuallashish asosida, ularni talim - tarbiya jarayoniga motivatsiya hosil qilish orqali talim jarayonida faol ishtirokini taminlashga barcha kuchlarini va etiborlarini qaratishni talab etadi. Agar o’qituvchi o’zining faoliyatni kuzatib borsa, tahlil qilsa, o’ziga baho bera olsa, o’z faoliyatiga tuzatishlar, yangiliklar kirita olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu sababli ham respublikamizda interfaol metodlarni o’quv jarayoniga qo’llash keng joriy etilmog’i kerak. Bu o’z navbatida o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, demokratiyalashtirish, liberilizatsiyalashni tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o’quv jarayoni markazida o’quvchi shaxsi, uning extiyoji bo’lmog’i lozim. O’quv jarayoni uning hoxish, istagiga qaratilgan, yo’naltirilgan bo’lmog’i talab etiladi. SHaxsga qaratilgan talim o’quvchini o’quv – biluv faoliyatini tashkil etishning harakatlantiruvchi, qiziqish, extiyojini, hoxish, istaklarini ro’yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. Innovatsiya: Yangilanish, o’zgarish; Biror – bir yangilikni kiritish; Yangilikni o’zlashtirish jarayoni. Innovatsiya – (inglizcha Innovation – yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tomonini o’z ichiga oladi (ilmiy g’oyalar va ularning texnologiyalarini amaliyotga kiritish). Demak, faqatgina innovatsion jarayonlarni pedagogik tizimga bog’lash yoki kiritish orqaligina talimda yuqori darajalarga erishish mumkin. Bunda yangiliklarni sekinlik bilan, bosqichma – bosqich kiritish, uni qanchalik foyda keltirishini atroflicha o’ylab, o’lchab amalga kiritish maqsadga muvofiqdir. Innovatsiyalarni pala – partish, tartibsiz, oldindan natija olishni mo’ljallamay amalga oshirish zarar keltirishi ham mumkin. Zero, innovatsiya chuqurroq bilim olish, o’rganish, o’zlashtirish, keng hajmdagi bilimlarni olishga qaratilmog’i yaxshi natijalar berishi mumkin. Bular doimiy pedagogik muammo bo’lib kelayotgan: o’quv – tarbiyaviy faoliyat motivatsiyasini oshirish, dars jarayonlarida o’quv materialni hajmini oshirish, o’quv jarayonini jadallashtirish, vaqtni tejash, ko’proq ilg’or metodlardan foydalanish, o’quv – tarbiyaviy ishlarda interfaol usullardan foydalanish, ilg’or texnologiyalarni qo’llash, axborot – kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishdan iborat. YUqori natijalar beradigan yangi g’oyalar, yangi nazariy bilimlar beruvchi, insonni rivojlanishiga olib keluvchi, tom ma`nodagi innovatsiyalarni yaratish, izlash, joriy etish talab etiladi. Ko’plab umumiy va xususiy loyihalarni tahlil etib, pedagogik nazariya va amaliyotga tadbiq etilish xususiyat va holatlarini o’rganish asosida umum pedagogik innovatsiyalarni shunday ko’rinishda bo’lishini belgilash mumkin: Juda yangi bo’lmasada, doimiy faol bo’lgan, o’zining g’oyasi – ahamiyati jixatdan eskirmagan, o’quv – tarbiya jarayoni texnologiyalarini, o’quv jarayonini optimallashtirish nazariyasi va amaliyotini; Gumannistik pedagogika va uning nazariy va amaliy jihatlari texnologiyalarini; Pedagogik tizim jarayonidagi boshqaruvlarni yangi g’oya, yondashuvlar asosida tashkil etilishi; Yangi g’oyalarga asoslangan texnologiyalar, axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiyalarga suyanish kabilar kiradi. Innovatsiyani (yangiliklarni) bosh va asosiy yo’nalishlari qilib pedagogik sistemadagi: Pedagogik sistemaning bir butunligiga; O’quv muassasalari; Pedagogik nazariya; O’qituvchi; Ta`lim oluvchilar; Pedagogik texnologiya; Mazmun; SHakl, metod, vosita; Boshqaruv; Maqsad va natijalarni ko’rsatib o’tish mumkin. CHuqur o’zgarishlarni amalga oshirish orqali pedagogik tizimga tasir etish asosida innovatsiyani amaliyotga joriy qilish mumkin. Rus olimi YU.K.Bobanskiyning keyingi 10 yilliklar orasida fanda yangi va muhim yo’nalish bo’lib, innovatsion jarayon va novatsiyalar nazariyasi paydo bo’ldi, deydi. Bu nazariya o’qituvchining bevosita mehnat faoliyatiga bog’liqdir. O’quv – tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishning yana bir yo’li o’quv jarayonini insonparvarlashtirishdir. Darsni insonparvarlashtirish: Hamkorlik; O’quvchiga g’amxo’rlik; O’quvchini hurmat qilish; Ezozlash; Kechirimli bo’lish; O’z – o’zini rivojlantirishga muhit yaratish; Psixologik sog’lom muhit yaratish; Ijodiy muhit; Do’stona munosabatda ish yuritish; O’quvchini extiyoji, qiziqishi, shaxsiy fazilati, iqtidorini, ichki imkoniyatlarini ishga solish. Umuman o’quv jarayonida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, liberizatsiya etishni.O’zining shaxsiy – kasbiy sifatlari va fazilatlarini tahlil qilishi, bu boradagi kamchiliklarni aniqlashi va ularga barham berish yo’llarini izlashi; Pedagogik jarayonda do’stona, samimiy muhit, hamkorlik, hamijodkorlik va g’amxo’rlik vaziyatda ish faoliyatini olib borish; O’quvchi, talaba shaxsini xurmat qilish va ezozlash yo’llarni egallashi, o’qitish jarayonida ijodiy va qulay ijtimoiy – psixologik muhitni yaratish ko’nikma va malakalarini egallagan bo’lishi; O’quvchilarni rag’batlantirish va uni yangi metodlarini qo’llash ko’nikmalarini; O’zining pedagogik va o’quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarga barham berishning samarali usullarini egallagan bo’lishi kerak. Albatta, yuqoridagi ishlarni amalga oshirish talim sifati va samarodorligi oshirishni kafolatlaydi. Buning uchun o’qituvchilarning bilimlarini va pedagogik mahoratlarini takomillashtirib borishlari doimiy, uzluksiz holda olib borilishi talab etiladi. Innovatsion faoliyatda ish yuritish uchun yuksak madaniy – insonparvarlik asosida talimga yondashishi talab etiladi. Insonparvarlik pedagogikasi shaxs va uni rivojlanishiga qaratilgandir. Uning belgilari: malumotlarni egallab olish va malum doiradagi mahorat va ko’nikmalar hosil qilish uchun texnik, jismoniy, aqliy rivojlanishiga diqqatni qaratilishidir. Mustaqil fikrlovchi va harakat qiluvchi shaxsni shakllantirishga qaratilgan kuchlarni to’plash, har qanday hayotiy va o’quv vaziyatlarda asoslangan qarorlarni tanlay olib, qaror qabul qila olishdir. O’quv jarayonini qayta qurish va yo’naltirishga zaruriy tashkiliy sharoitlarni yaratish. O’quv jarayonini insonparvarlashtirish yondashuvi asosida haqiqiy insoniy munosabatlarni o’rnatish orqali avtoritar pedagogikadan voz kechib borish demakdir. SHaxsga shunday muhit, sharoit yaratish kerakki, u yuqori sifatli bilim, ko’nikma, malaka olsin va manaviy – marifiy, tarbiyaviy ishlarga befarq qolmasligi kerak. Insonparvar pedagogika maktabni o’quvchiga moslashuvi, qulay sharoit, ijodiy muhit yaratib, “psixologik himoya” bilan taminlashni talab etadi. Insonparvarlik maktabi amaliyotini innovatsion faoliyatning aniq uslublarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Ular: O’quv – tarbiya jarayonini differentsiyalash; O’quv – tarbiya jarayonlarini har bir shaxs xislat – qobiliyatlariga qarab muvofiqlashtirish; Har bir tarbiyalanuvchini uning qiziqishini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish; Gotogen sinf, sinflar va shunga o’xshashlarni tashkil etish; O’quv – tarbiya faoliyatni qulayligi; Psixologik xavfsizlik, o’quvchilarni himoyalash; O’quvchilarning kuchiga va imkoniyatlarga ishonish; O’quvchini qanday bo’lsa, shunday qabul qilish; Talim – tarbiya muvaffaqiyatini taminlash; Maktab yo’nalishini maqsadga qarab o’zgartirish; Insonparvarlik ta`limini kuchaytirish. Innovatsion, interfaol talim o’qituvchi va o’quvchiga doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o’z shaxsini rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Yuqorida aytganimizdek, o’quvchi shaxsiga, uning qiziqish, hoxish, istagiga, extiyojiga qaratilmog’i kerak. Yani talimni individuallashtirishga qaratilmog’i talab etiladi. Endi talimni individuallashtirish deganda nimani tushunish kerak? degan savolga javob beraylik. Demak, talim – tarbiya sifati va samaradorligi o’quvchining talim mazmunini o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil mutoala bilan samarali shug’ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog’liq. Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o’quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko’rsatish mumkin: O’quvchi o’qitilibgina qolmay, mustaqil o’qish, o’rganish, ishlashga, o’zlashtirishga o’rgatiladi.O’quvchilarni mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o’zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o’rgatiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o’z nuqtai nazarini himoya eta olish ko’nikmalari shakllantiriladi.O’quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, axborot – resurs markazlaridan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati yaratiladi. O’quvchining darsliklar bilan ishlash, o’qish, o’rganish, konspekt yozish, qo’shimcha adabiyotlar va manbalardan foydalanib, mustaqil o’zlashtirish ko’nikmalarini egallashga o’rgatiladi. Sinfdagi barcha o’quvchilarni o’z qobiliyatlari darajasida o’zlashtirishlari kafolatlanadi. O’quvchining o’zlashtirganligini, olgan bilimlarini kundalik hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalari bilan belgilanadi. O’qituvchi - o’quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o’rganib, uni o’z o’quv - biluv faoliyatlariga olib kira olsalar, barcha o’quvchilar deyarli bir xil natijalarga erishadilar. Interfaol metodda dars jarayoni tashkil etilganda: O’quvchilarning o’zaro faolligi oshadi, hamkorlik, hamijodkorlikda ishlash ko’nikmalari shakllanadi. O’quv reja, dastur, talim mazmuni, darslik, standart, meyor, qo’llanmalar bilan ishlash malakalari shakllanadi. Talim mazmunini, matnini mustaqil mutoala qilish, ishlash, o’zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi. O’quvchi erkin fikr bildirish, o’z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi. Eng muhimi o’quv jarayonida didaktiv motivlar vujudga keladi. YAni o’quvchining extiyoji, hoxish, istagi qondiriladi, dars qiziqarli kechayotganligi sababli, vaqt o’tayotganini bilmay qoladi. O’quv – biluv jarayonida o’quvchining shaxsiy manfaatdorligi oshadi. Bu holat o’quvchini o’quv maqsadlariga intilishi va erishishida yuqori bosqichga ko’taradi. Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari.
O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi. O’z vaqtida o’quvchi – o’qituvchi – o’quvchilar orasida talimiy aloqalar o’rnatiladi. O’qitish usullari talim jarayonida turli xil ko’rinishlarda kechadi (yakka, juft, guruh, katta guruh). O’quv jarayoni o’qish extiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo’ladi. O’zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o’quv materiali yaxshi esda qoladi. O’quv jarayonida o’quvchining o’zi o’ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi. O’quvchi uchun dars qiziqarli o’qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O’qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo’ladi. Har bir o’quvchining o’zi mustaqil fikr yurita olishiga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda o’tilgan darslarda o’quvchi faqat talim mazmunini o’zlashtiribgina qolmay, balki o’zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi. Xulosa Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, bunday sharoitda o’qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo’yicha chuqur mushohoda yuritishga, muammolarni o’z vaqtida echa oladigan qobiliyatga ega bo’lishi kerak. Interfaol metodlarda darsni tashkil etishda o’quvchi shaxsini rivojlantirish o’zi – o’ziga zamin yaratishdan boshlanishi kerak. YAni o’quvchining: O’zi mustaqil mutoala qilishi, o’qishi asosida bilim olishi; O’zini – o’zi anglab etishga, anglab tarbiya topishga; O’z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga; O’quv mehnatiga masuliyat xissi bilan qarashga; O’z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir daqiqani g’animat bilishga; O’quv mehnatiga o’zida hoxish, istak uyg’ota olishga; Har qanday vaziyatda faollik ko’rsata olishga; Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o’rganmog’i zarur. Noananaviy o’qitish usullaridan foydalanishdan maqsad nima uning afzalliklari darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan iborat degan savolga quyidagicha xosilalar asosida javob berish mumkin. Noananaviy o’qitish eng sodda qulay usul. Mustaqil fikrlashni o’rgatadi. Ko’p tarmokli. Sodda va oson. Bilim boyligini oshiradi. Vaqtdan yutadi. Qiziqarli o’tadi. Darsning samaradorligini oshiradi. Dunyoqarashni kengaytiradi. Tafakkurni rivojlantiradi.
O’quvchilarining diqqat etiborini tortadi. Har bir o’quvchi bilan individual munosabatda bo’ladi. Xotirani kuchaytiradi. Izlanishga chorlaydi. O’quvchilarni o’z ustida ishlashga chorlaydi. O’qitishdan ko’zlanadigan maqsad bu davlat talim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarini o’quvchiga etkazishdan iborat. Qachonki o’quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib etilsa yoki o’quvchi malaka oshirish uchun mo’ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o’qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo’ladi. Boshlang’ich talim darslarini o’qitishning interfaol usullari asosida tashkil etish-ularda tashkil etiladigan talim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang’ich talim o’quvchilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikga erishishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir, boshlang’ich talim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish; boshlang’ich talim darslari pedagog xodimlari o’rtasida interfetodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o’quv seminarlarini tashkil etish; ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o’zlashtirilishiga erishish; boshlang’ich talim darslari pedagoglarida talim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuv hissini tarbiyalash; boshlang’ich talim darslarining o’qituvchilarida texnologik yondashuv asosida tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish; boshlang’ich talim darslari o’qituvchilari tomonidan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish; boshlang’ich talim darslari o’qituvchilarining texnologik asosda pedagogik faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish; boshlang’ich talim darslarining samaradorligini ta`minlash.



Download 22,96 Kb.
  1   2




Download 22,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

Download 22,96 Kb.