|
Ta’lim jarayonini tashkil etishda innovatsiyalar va ilg‘or innovatsion pedagogik texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va мohiyati
|
bet | 2/2 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 22,96 Kb. | | #121335 |
Bog'liq KIRISH OTa’lim jarayonini tashkil etishda innovatsiyalar va ilg‘or innovatsion pedagogik texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va мohiyati
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o‘zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi. Ushbu pedagogik g‘oya ta’lim tizimi oldiga: - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash; - kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; - ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo’nalish innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. “ Innovatsion pedagogika” termini va unga xos bo’lgan tadqiqotlar 60 yillarda paydo bo’lgan. Innovatsion faoliyat F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I. Zagvyazinskiy, V.A. Kan-Kalik, N.V. Kuzmina, V.A. Slatenin, A.I. Serbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg`or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. X. Barnet, Dj. Basset, D. Gamilton, N. Gross, M. Mayez, A. Xeyvlok, D. Chen, R. Yedem ishlarida innovatsion taraqqiyotlarni boshqarish, ta’limdagi o’zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning “ hayoti va faoliyati” uchun zarur bo’lgan shart sharoitlar masalalari tahlil qilingan. Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik innovatik olimlardan biri E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka bo’lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yargilik kiritish, yangilik demakdir. A.I. Pirojkin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg`un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o’zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. A.I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg`un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o’zgarishlarni tushunadi, bu innovator faoliyatidir. Tadqiqotchilar A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G. Kruglikov, A.S. Axiyezer, N.P. Stepanov va boshqalar innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o’rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o’zaro ta’siri mikrosathi. Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g`oya yoritiladi. Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o’zaro ta’siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o’rnini ikkinchisi egallashdir. Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o’lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o’zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.Pedagogik innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy o’rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub’ektiv yangilikka qiziqish uyg`otadi. Yangilik-bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta’rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g`oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari bo’lib, o’zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg`or boshlanmalarini o’zida aks ettiradi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayon kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi: Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar: Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o’tadi, ya’ni innovatsion jarayonda unga bo’lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart-sharoitlari tizimi, usullari va yo’llariga ongli munosabat bo’lmaydi. Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir. Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A. Slastenin, M.M. Levina, M.Ya. Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin: madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv; shaxsiy faoliyat jihatidan (ta’limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv; ko’p sub’ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish; individual - ijodiy (o’qituvchi va talabalarning o’zaro munosabatlari) yondashuv. Oliy maktabda innovatsion faoliyatning sub’ekti o’qituvchi, uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda o’qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo’ladi. Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p marta takrorlanib, ularni o‘quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan. Respublikamizning taniqli olimlari mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan, ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Pedagogik texnologiya atamasining mohiyati nimada? «Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «techne»-mahorat, san’at, «Iogos»-tushuncha, o‘rganish demakdir. Nega bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada kuchaydi, degan mulohaza tug‘ilishi tabiiy. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni yetishtirib kelgan pedagogikaning o‘ziga xos uslublari mavjud. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati mana shu yo‘ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo‘l uzoq xizmat qila olmaydi. Chunki buning zamirida ma’lum sabablar mavjud, ya’ni; - rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi; - fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimining tobora ko‘payib borayotganligi; - zamonaviy texnikalarni ta’limga tatbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish kerakligi; - talaba va o‘qituvchi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchi ta’lim maqsadi va mazmunini puxta bilishi, ta’lim usullari va texnik vositalarni yaxshi egallagan bo‘lishi, o’quvchining qiziqish va intiluvchanligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi; - o‘qituvchi ta’lim jarayonini yuqori darajada samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta’lim natijasini oldindan qayd etishi, o‘quv predmetlarini to‘liq o‘zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta’lim vositalari, shartsharoitlarini tayyorlashga erishganligi; - o‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnika bazasining yaratilganligi; - ta’lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va obyektiv baholash, o’quvchilarning bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni avtomatlashtirishga erishilganligi; - o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa majmuiy yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir. Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya yuqorida keltirilgan shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbir hisoblanadi. Bugungi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ta’lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda ta’lim oluvchilarni o‘qitishni jadallashtirish sanaladi. Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir keng ko‘lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiynazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. «Pedagogik texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq belgilangan maqsadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi-o’quvchilarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni jadal shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda, o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin. Professor N. Saidahmedovning fikricha, «Texnologiya shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o‘zida mujassamlashtirgan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga ega bo‘lib, erkin ijod qilishga undaydi: - samarador o‘quv-bilish faoliyatining asoslarini topish; - uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo‘qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko‘ra intensiv (jadal), mumkin qadar ilmiy asosda qurish; - talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish; - o‘qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo‘qotish; - ta’lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni algoritmlash; - texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o‘zlashtirish va boshqalar. Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o‘qitish bosqichlaridan, o‘z navbatida, bu bosqichlarning har biri o‘ziga xos amallardan iborat bo‘ladi. Amal – o‘qituvchining sinfda mavzu bo‘yicha o‘quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig‘indisi bo‘lib, o‘qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya: ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba va ta’limtarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo‘li bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. Zamonaviy pedagogik texnologiya pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. Zamonaviy pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo, zamonaviy pedagogik texnologiya nimani anglatadi? 1. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv-tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum bir pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. 2. Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kengayib, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli, audial vositalar ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni aniq voqelikka aylantirdi. Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O‘quvtarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda ta’lim tizimida axborot texnologiyasi – «o‘quvchi yoki o’quvchi – kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir. Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo‘llana boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo‘ldi, ya’ni axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ta’lim jarayonini tashkil etishda innovatsiyalar va ilg‘or innovatsion pedagogik texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va мohiyati
|