|
Reja: Kirish Asosiy qism Marketing tushunchasi va uning mohiyati
|
bet | 1/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 96 Kb. | | #230125 |
Bog'liq 1-Mavzu Marketingning ijtimoiy–iqtisodiy asoslari
Marketingning ijtimoiy–iqtisodiy asoslari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
2. Marketingning asosiy kategoriyalari.
3. Marketingning vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari.
4. Marketing kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi
5. Marketing elementlari tarkibi va marketing – miks tushunchasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Birinchi davr - marketing konsepsiyasi “ishlab chiqarish konsepsiyasi” - “mahsulot ustunligi” tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori - “imkoni boricha ko’proq tovar ishlab chiqar, Chunki bozor talabi cheksiz”. Shunisi diqqatga sazovorki, bizning iqtisodiyotimiz hozirgi davrda hammadan ko’ra ibtidoiy marketing kotse’tsiyasiga yaqin turadi.
Tovar konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o’xshash tovarlarning sifatini boshqa firmani Shunday tovarlari bilan solishtirib ko’radilar. Bu konsepsiyani ko’pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, Shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi.
Keyingi davr “sotish konsepsiyasi” nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini “mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing” shiori bilan sotishni mo’ljallash birinchi o’ringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada foyda qo’lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bo’lgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi.
1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashqil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Ay-si-ay” kontserni boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingni o’rnini tavsiflab Shunday deydi, ya’ni “Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir.”
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-’ul munosabatlari paydo bo’lishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda istemolchilarni tovar va xizmatlar bilan o’zaro harakati bilan bog’lanadi.
Marketing elementlarini paydo bo’lishi XVII asrning o’rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bo’ladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.
1902 yildan boshlab AQSHning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo’yicha ma’ruzalar o’qila boshlangan. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashqil topdi.
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yo’naltirilgan xo’jalik faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko’rina boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog’liqdir, Shu bois marketing so’zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing–faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Eng keng tarkalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo’lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing Shunday jarayondan iboratki, uning yordamida o’ylangan g’oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashqil etiladi, g’oyalar, tovarlar va xizmat ko’rsatishlar harakati va sotishni, ayrim Shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi”.
|
| |