TALABALARNING “KASALLIKLARNING KЕLIB CHIQISHIDA XAVFLI OMILLARNI ANIQLASH UCHUN BЕMORLARNING YASHASH SHAROITLARI VA TARZINI TAHLILDAN O’TKAZISH” MAVZUI BO’YICHA AMALIY KO’NIKMALARNI BAJARISHINI BAHOLASH BAYONNOMASI
Bosqichma-bosqich harakat algoritmi
|
BALLAR
|
Belgilangan patologiya shakli bo’yicha uning tarqalganligi haqidagi ma’lumotlarni to’plash
|
10
|
Mazkur patologiya shaklining kelib chiqishida etiologik va patogenetik asoslari bo’yicha ma’lumotlar to’plash
|
10
|
- Berilgan patologiya shakliga qisqacha klinik kechishi va hususiyatlariga ta’rif berish
|
10
|
Mazkur patologiya shaklining birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi bo’yicha ma’lumotlar to’plash
|
20
|
O’rganilayotgan patologiya shakli bilan og’rigan bemorlarni tekshirish.
|
20
|
Berilgan patologiyaga shakli bo’yicha bemorlarda xavfli gigienik omillarni aniqlash
|
10
|
To’plangan ma’lumotlar matn, grafik tasvir, jadvallar, sur’atlar tarzida taqdim etish
|
20
|
Jami
|
100
|
2. Loyihani bajarish bo’yicha yo’riqnoma.
-
Ma’lumotlarni to’plang va olingan ma’lumotlarni sxema, jadval, qisqacha izohlar ko’rinishida tizimlashtiring.
-
Natijani hisobot shaklida rasmiylashtiring (oxirgi mahsulot), bunda uning tuzilishiga e’tibor bering.Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
-
Hisobotni tayyorlash yo’riqnomasidan foydalangan holda og’zaki taqdimot tayyorlang.Prezentatsiya (lot. praesentatio - taqdim etish), taqdimot - yangidan yaratilgan, tuzilgan muayyan narsaning rasmiy taqdim etilishi (mas, yangi jurnalning P.si).
-
Microsoft Power Point da taqdimot tayyorlash bo’yicha yo’riqnomadan foydalanib loyihaning ko’rgazmali taqdimotini tayyorlang.
-
Og’zaki taqdimot qilishda guruh a’zolarining vazifalarini aniqlang. Og’zaki taqdimot tayyorlashda uning qoidalariga tayaning, og’zaki taqdimot sirlari haqida unutmang.
3. MS Power Point da taqdimot yaratish bo’yicha yo’riqnoma.
-
Taqdimot yaratish jarayoni:
- taqdimot turini tanlash;
- taqdimotni umumiy shakllantirishni tanlash;
- slaydlarning mazmuniy jihatlarini tanlash;
- yangi slaydni va uning mazmunini qo’shish;
- slayd ko’rinishini tanlash;
- zarur bo’lganda slayd tayyorlashda o’zgartirishlar kiritish;
- slaydlarni demonstratsiya qilayotganda tovushli animatsiya effektlarini yaratish.
2. Slaydlarni texnik bajarish quyidagi tavsiflarga muvofiq bo’lishi
kerak:
-slaydlar soni: 8-12;
- birinchi slaydning mazmuni: loyiha nomi, loyiha mualliflarlarining familiyalari, o’quv guruhining raqami, loyihani yaratish sanasi;
- oxirgi slaydda foydalanilgan adabiyotlar ko’rsatilishi kerak; Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
- qolgan slaydlar loyihaning mazmunini erkin shaklda aks ettirishi
mumkin;
- slaydlar avto yoki sichqonchani bir marta bosish tartibida
demonstratsiya qilinadi (taqdimot turi bilan bog’liq holda).
3.Taqdimotni rasmiylashtirish qoidalari:
A. matn, ayniqsa agar taqdimot og’zaki doklad bilan qilinsa, u quyidagi bo’lishi kerak:
- yuqori axborotli;
- bog’langan;
- aniq va qisqa;
- oddiy sintaktikli;
- lo’nda.
B. Ovoz tiniq bo’lishi kerak (Taqdimot ovozli bo’lsa).
V. Rasmlar aniq va yetarlicha kattaroq bo’lishi zarur, illyustratsiya ko’rinishida , ammo dekorativ ahamiyatli emas.
G.Jadvallarda ajratuvchi ma’lumotlar aniq ko’rsatilishi, jadvallarning nomlanishi tagiga katta yozuvlarda berilishi zarur. Jadvallarni haddan ziyod ko’p ma’lumotlar bilan to’ldirish kerak emas!
D.Chizmalar bir bo’limdan boshqa bo’limga aniq va mantiqiy ravishda o’tishga moslashtirilishi kerak. O’tish chiziqlari ekranda yaxshi ko’rinishini tekshiring.
Muvaffaqiyatli taqdimot sirlari:
-
Doimo ishonch bilan so’zlang.
-
Aniq va o’z o’rnida gapiring.
-
Intonatsiya (ifoda) ning muhim lahzalarini ajratib ko’rsatgan holda fikringizni tugallangan iboralar bilan bayon eting.
-
Reglamentga rioya qiling: guruhning umumiy chiqishi davomiyligi – 7-10 daqiqa; lekin 15 minutdan ko’p emas.
-
Bir xil va sekin gapirmang, lekin haddan tashqari baland gapirish noto’g’ri.
-
Muloyim va e’tiborli bo’ling, keskinlikni namoyon etmang, bag’rikeng (tolerant) bo’ling.
-
Doimo tabassum bilan boshlang va yakunlang, lekin me’yorni saqlang.
-
«Bo’lishi mumkin», «Kim biladi?», «…ehtimol» va h.k. kabi ifodalarni qo’llamang. Bunday ifodalar sizning nutqingizni noaniq qilib qo’yadi, Siz qat’iylikni yo’qotishingiz mumkin.
-
Yuzma-yuz aloqani saqlang − tinglovchilarga qarashga harakat qiling (har bir ishtirokchiga 3 soniyadan).Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
-
Oyoqlaringizni chalishtirmang, qo’llaringizni orqangizda ushlamang, stolga, minbarga tayanmang, imo-ishorani kamaytiring, ruchkani, markerni o’ynamang, yelpig’ich va varaq bilan yelpinmang va h.k.
-
Javob va takliflarga har gal minnatdorchilik bildiring!
|