• V I. Mustaqil tayyorlash uchun savollar
  • VII. Nazorat test savollari
  • Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova




    Download 1.18 Mb.
    bet35/97
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #59997
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97
    Bog'liq
    Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva
    103, IPTK6095 QR CLICK, мансур — копия, 1-O.N, farmasevtik yordam , Exam, ashtarxoniylar(1), G\'afforov Jahongir moliya, диф маъруза10, 01.22 uchun mavzular, XII asrda turkman va oguzlarning Anadolu
    Y
    Kalit so’zlar:


    angi tug‘ilgan chaqaloklar
    , 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, gematoensefalik to’sik, rektiolalar, tug’ma immunitet, sepma, shamchalar



    V I. Mustaqil tayyorlash uchun savollar:



                1. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlarini ishlab chiqarish zaruriyatini asoslab bering.

                2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmining anatomo-fiziologik xususiyati i ularga dori vositalarning ta’sir etishining o‘ziga xosligi.

                3. Nima uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari aseptik sharoitda va sterillanib tayyorlanishi lozim?

                4. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan zamonaviy dori turlarining nomenklaturasi.

                5. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan suyuq dori turlarini qadoqlash me’yorlari.

                6. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlarini rivojlanish istiqbollari.

    Mustaqil tayyorlash uchun savollar va bajariladigan topshiriqlarni «Blits o‘yin» usulida muhokama jtish tavsiya etiladi.


    VII. Nazorat test savollari

    1. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar terisiga surtish uchun mo‘ljallangan moylarni sterillash tartibi:

        1. 1000 S 30 daqiqa

        2. 1200 S 15 daqiqa

        3. 1500 S 20 daqiqa

        4. 1800 S 30 daqiqa

        5. 2000 S 10 daqiqa

    1. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichish uchun beriladigan askorbin kislotasi eritmasini tayyorlash uchun qanaqa suv ishlatiladi?

      1. tozalangan suv

      2. in’eksiya uchun suv

      3. yangi qaynatilgan va sovitilgan tozalangan suv

      4. vodoprovod suvi

      5. tuzsizlantirilgan suv

    2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichish uchun beriladigan askorbin kislotasi eritmasini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlarini keltiring:

      1. yangi qaynatilgan va sovitilgan tozalangan suvda eritiladi, stabilizator qo‘shmasdan 1000 S haroratda 30 daqiqa sterilizatsiya qilinadi.

      2. stabilizator sifatida natriya sulfit qzshiladi va eritma sterilizatsiya qilinmaydi.

      3. yangi qaynatilgan va sovitilgan tozalangan suvda eritiladi, stabilizator qo‘shmasdan 1200 S haroratda 8 daqiqa sterilizatsiya qilinadi.

      4. yangi qaynatilgan va sovitilgan tozalangan suvda eritiladi, stabilizator qo‘shiladi va 1200 S haroratda 8 daqiqa sterilizatsiya qilinadi.

    3. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichish uchun beriladigan eritmalarning hajmini keltiring:

      1. 150 ml

      2. 200 ml

      3. 50 ml

      4. 100 ml

      5. 10-20 ml

    4. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichish uchun beriladigan 5% glyukoza eritmasi qanday tayyorlanadi?

      1. Veybel stabilizatorini qo‘shib va 1200 S haroratda 8 daqiqa sterilizatsiya qilib tayyorlanadi.

      2. Stabilizator qo‘shmasdan 1200 S haroratda 8 daqiqa sterilizatsiya qilib tayyorlanadi.

      3. Konservant qo‘shib tayyorlanadi.

      4. Aseptik sharoitda stabilizator qo‘shmasdan va sterilizatsiya qilmasdan tayyorlanadi.

      5. Eritmaga xloridvodorod kislotasining 0,1M eritmasi qo‘shiladi va 1000 S haroratda 30 daqiqa sterilizatsiya qilinadi.

    5. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga beriladigan shamchalar qaysi asosda tayyorlanadi?

      1. kakao moyi, GXM5T, butirol va boshqa DF tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan gidrofob asoslarda tayyorlanadi

      2. polietilenoksid asosida

      3. vitepsol asosida

      4. butirol asosida

      5. DF tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan gidrofil asoslarda tayyorlanadi

    6. XI-DF tomonidan ko‘rsatilgan bolalar uchun mo‘ljallangan shamchalar massasini keltiring:

      1. 1,0-2,0

      2. 2,5-3,0

      3. 0,5-1,5

      4. 1,5-2,5

      5. 0,5-2,5

    7. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga surtish uchun beriladigan tanin surtmasi texnologiyasini keltiring:

      1. Tanin oz miqdorda sterillangan suvda eritiladi va 1800 S 30 daqiqa sterillangan asos qo‘shiladi;

      2. Tanin sterillangan asos bilan aralashtiriladi;

      3. Surtma aseptik sharoitda tayyorlanadi;

      4. Tanin vazelin moyi bilan aralashtiriladi, so‘ng sterillngan asos qo‘shiladi;

      5. Surtma emulsion asosda tayyorlanadi.

    8. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘ziga tomizish uchun mo‘ljallangan sulfatsil natriy ko‘z tomchilari tarkibini keltiring:

      1. Sulfatsil natriy 30,0 g; natriy tiosulfat 0,15%, xloridvodorod kislotasi 1M eritmasi 0,35% va tozalangan suv 100 ml gacha;

      2. Sulfatsil natriy, natriy gidroksid va tozalangan suv;

      3. Sulfatsil natriy 30%, metabisulfit natriy 0,5% va in’eksiya uchun suv;

      4. Sulfatsil natriy 30%, natriy gidroksid 0,1% va natriy sulfit 0,1%, in’eksiya uchun suv;

      5. Sulfatsil natriy 10, 20 yoki 30% va tozalangan suv.

    9. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun tayyorlanadigan dori vositalarning tarkibi va texnologiyasini me’yorlovchi me’yoriy xujjatlarrni keltiring:

      1. O‘zR SSv ning 582-son buyrug‘i (28.04.2003 yil)

      2. O‘zR SSv ning 195-son buyrug‘i (29.12.2000 yil)

      3. O‘zR SSv ning 198-son buyrug‘i (28.04.2003 yil)

      4. O‘zR SSV Sanitariya normalari va qoidalari №0078-98

      5. O‘zR SSv ning 583-son buyrug‘i (2001 yil).

    10. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ko‘ziga tomizish uchun ishlatiladigan sulfatsil natriy ko‘z tomchilari qancha vaqt sterillanadi?

      1. Aseptik sharoitda stabilizator qo‘shilmasdan tayyorlanadi;

      2. Aseptik sharoitda xloridvodorod kislotasining eritmasi va natriy tiosulfat qo‘shiladi;

      3. Eritmaga xloridvodorod kislotasining eritmasi va natriy tiosulfat qo‘shiladi va eritma 1200 S haroratda 8 daqiqa sterillanadi.

      4. Eritmaga xloridvodorod kislotasining eritmasi va natriy tiosulfat qo‘shiladi va eritma 1000 S haroratda 30 daqiqa sterillanadi.

      5. Eritmaga stabilizator qo‘shilmaydi va eritma 1200 S haroratda 8 daqiqa sterillanadi.

    11. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichishi uchun mo‘ljallangan eritmalar flakon ochilganidan keyin qancha saqlanishi mumkin?

      1. 3 sutka

      2. 24 soat

      3. 48 soat

      4. saqlash taqiqlanadi

      5. 12 soat




    Download 1.18 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova

    Download 1.18 Mb.