• Masalaning qo‘yilishi
  • Topshiriqlar
  • - LABORATORIYA MASHG‘ULOTI




    Download 30,58 Mb.
    bet15/64
    Sana07.01.2024
    Hajmi30,58 Mb.
    #131540
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
    Bog'liq
    Kompuyter ta\'minoti(lob-ya) 2 kurs

    7- LABORATORIYA MASHG‘ULOTI.


    Mavzu: Pascal muxitiga shartli operatorlar yordamida tuzilgan dasturlarini kiritish va ularni taxrirlash


    Ishning maqsadi:
    Talabalarga tarmoqlanuvchi operatorlar, shartli va shartsiz o‘tish operatorlari if, then, else, goto, label bo‘yicha tushunchalar berish. Pascal dasturida tarmoqlanuvchi dasturlar tuzishni o‘rgatish.
    Masalaning qo‘yilishi: Quyida bеrilgan topshiriqlarni amaliy bajaring.
    1 -misol. Argument x ning ixtiryoriy qiymatida quyidagi funk-
    siyaning qiymatini hisoblash dasturini tuzing.


    1. Blok–sxemasini tuzamiz:

    2. Paskal tilida dasturini tuzamiz:
    program lab2;
    var x, y: real;
    begin
    read(x);
    if x>0 then y:=sin(x)*sin(x)+ln(x*x) else if x>0 then
    y:=exp(sin(x))+(1/x)*(1/x) else y:=sqrt(abs(x-0.5));
    write(‘y=’,y); end.
    Topshiriqlar



    1. Butun son berilgan. Agar u musbat son bo`lsa, 1 qo`shilsin, aks holda son o`z holicha chop etilsin.

    2. Butun son berilgan. Agar u musbat son bo`lsa, 10 qo`shilsin, aks holda 5 soni ayirilsin va natija chop etilsin.

    3. Butun son berilgan. Agar u musbat son bo`lsa 3 qo`shilsin, manfiy son bo`lsa 7 soni ayirilsin, agar son 0 ga teng bo`lsa 10 soniga almashtirilsin va natija chop etilsin.

    4. Uchta butun son berilgan. Bu sonlardan musbatlari soni topilsin va natija chop etilsin.

    5. Beshta butun son berilgan. Bu sonlardan musbatlari va manfiylari soni topilsin va natija chop etilsin.

    6. Ikkita son berilgan. Ulardan kattasini chop etish dasturi tuzilsin.

    7. Ikkita son berilgan. Ulardan kichigining tartib nomerini chop etish dasturi tuzilsin.

    8. 1-99 oraliqda yotuvchi n soni berilgan. Uning xarakteristakasini ifodalovchi natijani chop eting (Masalan “Ikki xonali juft son” yoki “Ikki xonali toq son”).

    9. Uchta haqiqiy son berilgan. Bu sonlardan qolgan ikkitasining orasida yotuvchi sonni topish dasturi tuzilsin.

    10. Uchta haqiqiy son berilgan. Birinchi ulardan eng kattasini, keyin eng kichigini chop etish dasturi tuzilsin.

    11. Uchta haqiqiy son berilgan. Ulardan qiymatlari katta ikkitasining yag`indisini topish dasturi tuzilsin.

    12. A, B va C butun sonlar berilgan. Agar ular o`sish tartibida yoki kamayish tartibida brilgan bo`lsa ularning qiymatlari ikki marta orttirilsin, aks holda ularning qiymatlari qarama qarshisiga almashtirilsin. A, B va C larning yangi qiymatlari chop etilsin.

    13. To`rtta butun son berilgan bo`lib ulardan uchtasi o`zaro teng. Berilgan sonlardan nechanchi tartibdagisi qolganlaridan farqli ekanligi topilsin.

    14. Son o`qida A, B va C sonlari berilgan. Oxirgi ikkita son (B va C) dan qaysi biri A ga yaqinroq ekanligi topilsin va A dan farqi bilan birgalikda chop etilsin.

    15. A(x,y) nuqta koordinatali bilan berilgan. Agar bu nuqta koordinatalar boshida yotsa 0 ni, OX o`qida yotsa 1ni, OY o`qida yotsa 2 ni, agar bu shartlarning hech biri bajarilmasa 3 ni chop etish dasturi tuzilsin.

    16. A(x,y) nuqta koordinatali bilan berilgan. Bu nuqta nechanchi chorakka tegishli ekanligini aniqlash dasturi tuzilsin.

    17. x,y haqiqiy sonlar berilgan. max(x,y) ni topish dasturi tuzilsin.

    18. x,y haqiqiy sonlar berilgan. min(x,y) ni topish dasturi tuzilsin.

    19. x,y,z haqiqiy sonlar berilgan. max(x,y,z) ni topish dasturi tuzilsin.

    20. x,y,z haqiqiy sonlar berilgan. min(x,y,z) ni topish dasturi tuzilsin.

    21. x,y,z haqiqiy sonlar berilgan. max(x+y,y+z,z+x) ni topish dasturi tuzilsin.

    22. x,y,z haqiqiy sonlar berilgan. max(x+y+z , xyz) ni topish dasturi tuzilsin.

    23. x,y,z haqiqiy sonlar berilgan. min2(x+y+z/2 ,xyz )+1 ni topish dasturi tuzilsin.

    24. a,b,c haqiqiy sonlar berilgan. a shartni bajarilishini tekshirish dasturini tuzing.

    25. a,b,c haqiqiy sonlar berilgan. Ularni kamayish tartibida chop etish dastuirini tuzing.

    26. Ikkita haqiqiy son berilgan, agar birinchi son katta bo`lsa birinchisini, aks holda ikkalasini ham pechatga chiqarish dasturini tuzing.

    27. Ikkita haqiqiy son berilgan.agar birinchisi ikkinchisidan kichik bo`lsa birinchisini nom bilan almashtirish, aks holda o`zgartirmasdan pechatga chiqarish dasturini tuzing.

    28. x,y haqiqiy son berilgan. (x=y) bu sonlardan kichigini ularning yarim yig`indisi bilan kattasini ikkilangan ko`paytma bilan almashtirish dasturini tuzing.

    29. Uchta haqiqiy son berilgan. Ular ichidan qiymati manfiy bo`lmaganini kvadratga ko`tarish dasturini tuzing.

    30. Uchta haqiqiy son berilgan. Ular ichidan qiymati manfiy sondan kvadrat ildiz chiqarish dasturini tuzing.

    31. Uchta haqiqiy son berilgan. Ulardan qiymati musbat bo`lganini kvadratga ko`tarish dasturini hisoblash dasturini tuzing.


    Download 30,58 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




    Download 30,58 Mb.