Laboratoriya ishining bajarilish tartibi:
Internetni ishga tushirish uchun ishchi stolidan “Internet explorer” dasturining belgisi ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosasiz. Ekranga biron bir provayder (rambler, yandex, msn va h.k) ning asosiy varag`i chiqadi .
Q
1
2
uyida Rambler provayderining asosiy varag`i.
Rasm. 1- Surov yozish oynasi, 2 -Nayti tugmasi
Internetda axborotni qidirish uchun tuziladigan so`rovlar rus yoki ingliz tilidagi bir yoki bir necha so`zdan tashkil topishi mumkin. Har bir asosiy varaqda qidirish tugmachasi (Nayti) bo`ladi. Qidirayotgan ma’lumotingizning kalit so`zlarini shu tugmacha oldidagi oynaga kiritasiz va shu tugmani bosasiz. Qidirishni bosqichma-bosqich olib borish kerak.
Masalan: “19 asr rus poeziyasi” haqida ma’lumot olmoqchi bo`lsangiz avval:
So`rov yozish oynasiga «Poeziya» kalit so`zi kiritiladi va qidirish tugmasi (1rasm 2 tugma) bosiladi.
Ekranga shu so`zga tegishli ma’lumotlar chiqadi.
«Rus» so`zi xuddi shu tarzda kiritiladi
So`rov oynasi tagidagi «Iskat v naydennom» so`zi ustida sichqonchaning chap tugmasi bosib qo`yiladi va yana qidirish tugmasi bosiladi.
Endi mana shu ma’lumotlar ichidan 19 asrga tegishlisini topish uchun «19 asr» so`zlarini yozib yana 3 qadamni takrorlaysiz.
So`rov oynasiga o`zingizni qiziqtirgan mavzuning kalit so`zlarini kiriting.
Ekranga chiqqan veb sahifalar ro`yxati bilan tanishing.
Sizni qiziqtirgan veb sahifa ustiga sichqoncha kursorini olib boring.
Kursor qo`lcha shaklini olganda sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosing. Veb sahifa mazmuni bilan tanishing.
Asboblar panelidagi «Nazad» tugmasini bosib avvalgi sahifaga o`ting.
Ro`yxatdagi boshqa veb sahifalarni ham shu tariqa ko`rib chiqing.
Sizni qiziqtirgan veb sahifa matnini belgilab (buni xuddi Word dasturidagidek bajarish mumkin 2 laboratoriya ishi 15 band) sichqonchaning o`ng tugmasini bir marta bosing.
Ochilgan menyudan «Kopirovat» bandini tanlang.
Word dasturini ishga tushiring, asboblar panelidan «vstavit» tugmasini bosing va faylni xotiraga saqlang.
Ma’lumotlarni avvaldan ma’lum URL manzillardan izlash ham mumkin.
Internetda quyidagi qidiruv sistemalaridan foydalanish mumkin:
http://www.yahoo.com/-eng ommabop qidiruv sistemasi;
http://www.rambler.ru/-Rossiyaning eng katta qidiruv sistemasi. 10500 dan ortiq Rossiya serverlarida qidiruv olib boradi;
http://www.yandex.ru/-9000 dan ortiq Rossiya serverlarini qamrab olgan;
http://www.gov.uz/-O`zbekiston Respublikasi hukumati sahifasi. Rasmiy axborot, Oliy majlis qarorlari haqida ma’lumot beradi;
http://www.uza.uz/-O`zbekiston Milliy Axborot Agentligi sahifasi. Undan turli mavzudagi ma’lumotlar va axborot agentliklari haqidagi ma’lumotlarni, yangiliklarni olish mumkin;
http://www.freenet.uz/-Respublika Internet resurslari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan;
http://www.undp.org-Birlashgan Millatlar tashkiloti sahifasi;
http://www.worldbank.org-Jahon banki sahifasi;
http://www.computerra.ru-Elektronnaya versiya jurnala «Kompyutera»
http://www.osp.ru/pcworld-elektronnaya versiya jurnala «Mir PK»
http://www.inter.net.ru-Jurnal «Internet»
Bu qidiruv tizimlarining xususiyati - ular rus tilidagi so`rovlarga qarab axborotni rus tilidagi matn bilan qidiradi. Chet el qidiruv tizimlarida axborot va so`rovlar odatda ingliz tilida ifodalanadi. Xalqaro axborot-qidiruv tizimlari ichida eng mashhurlari Yahoo, Google, Alta Vista, Infoseek qidiruv tizimlaridir. Bu tizimlar axborot va so`rovlarni nafaqat ingliz tilida ifodalash imkonini beradi, balki rus, ispan, frantsuz, nemis va dunyoning boshqa tillarida ifodalash imkonini beradi: Yahoo. com- Yahoo qidiruv tizimi, Google.com - Google qidiruv tizimi, Altavista.com -Alta Vista qidiruv tizimi, Infoseek.com -Infoseek qidiruv tizimi.
|