INFORMATIKANI O`QITISHDA O`YINLI-DIDAKTIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI




Download 180,5 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2024
Hajmi180,5 Kb.
#130757
1   2   3   4   5
Bog'liq
Meliboyeva Ominaxon

3. INFORMATIKANI O`QITISHDA O`YINLI-DIDAKTIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Internet–xalqaro tarmog’ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo’lib, faqat bunda xatni qog’ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so’zlarni terib, ma’lum elektron yozuv ko’rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo’lib, uning yordamida Internet tarmog’i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo’natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog’iga ulangan bo’lishi zarur.
Xabar va pochta qutisi tushunchalari. Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak bo’lgan ma’lumot xisoblanadi va oldindan boshqa dasturda (masalan Word) tayyorlab, keyin elektron pochta orqali jo’natishi maqsadga muvofiqdir. Pochta serveri ham o’zining matn terish oynachasiga ham ega bulib, xabarni shu oynada yozish mumkin.
Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir. Ushbu nom kompyuter xotirasida papka ko’rinishida shakllantiriladi va u o’zida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi. Elektron pochta manzillaridagi elektron pochta manzili belgisidan ( ______ @ ________.__ ) oldin kelgan yozuv pochta qutisi nomini anglatadi.
Xabarlarning turlari. Xabarlar turli ko’rinishda bo’lishi mumkin masalan: matn, grafik, rasm, ovoz va video ma’lumotlar. Yuborilishi rejalashtirilayotgan ma’lumotlarning hajmi bo’yicha ham chegaralanish mavjud. Har bir pochta provayderi o’zining siyosatiga ega bo’lib bitta xabarning 2, 5, 10Mb hajmgacha bo’lgan xabarlarni yuborishni ta’minlaydi. Agarda bu hajm oshib ketsa katta hajmdagi xabarlarni Rar yoki Zip dasturlari yordamida arxivlab yuborish tavsiya etiladi.
Elektron pochta manzili. Elektron manzil @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat, ya’ni manzilgoh @ foydalanuvchi nomi. Elektro manzilga misol tarikasida. tuit@tuit.uz, tuit@inbox.uz larni keltirish mumkin, bu elektron manzillar “tuit” nomli ishlatuvchining http://mail.tuit.uz, http://inbox.uz pochta serverida joylashgan pochta kutisi xisoblanadi.
Xabarlarni uzatish va qabul qilish. Tashkil qilingan elektron pochta orqali boshqa elektron manzilga xat jo’natish ketma-ketligini ko’rib chiqamiz: dastlab, mail.ru Web sahifasi ishga tushiriladi va ekranda hosil bo’lgan ishchi oynaning Imya darchasida foydalanuvchi elektron manzili va Parol darchasida paroli kiritiladi va Voyti tugmachasi bosiladi. Komu darchasiga xat jo’natilishi kerak bo’lgan elektron manzil, Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo’natilishi kerak bo’lsa, o’sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Xat mazmuni pastki bo’sh oynaga yoziladi va Otpravit tugmachasi bosiladi. Agar xat to’g’ri jo’natilgan bo’lsa, u holda ekranda Uspeshno otpravlen ma’lumoti paydo bo’ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompyuter xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo’natishi mumkin. Buning uchun Prikrepit tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni jo’natish kerak bo’lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi.
Foydalanuvchi elektron pochtasiga kelgan xatlarni ko’rishi uchun Vxodyaщie buyrug’i tanlanadi. Ekranda pochtaga kelgan xatlar ro’yxati paydo bo’ladi. Unda xat kimdan, mavzusi, pochtaga qachon kelib tushgan va fayl o’lchami to’g’risida ma’lumot saqlangan. Foydalanuvchi xatni o’qishi uchun, Tema bandida sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Ekranda xat mazmuni paydo bo’ladi. Foydalanuvchi xatni o’qishi va agar zaruriyat bo’lsa FaylPechat buyrug’i orqali printerda chop qilishi mumkin. Elektron pochtadagi keraksiz xatni o’chirish uchun dastlab u belgilanadi va Udalit tugmachasi bosiladi. o’chirilgan fayl Korzinaga borib tushadi. Korzinani tozalash Ohistit Korzina buyrug’i orqali amalga oshiriladi.
Xabarlarni ko’pchilikka yuborish. Ma’lum bir sabablarga ko’ra bir xil mazmundagi xabarlarni bir necha manzil yoki pochta qutisiga yuborish zaruriyati paydo buladi. Shunda, Komu darchasiga xat jo’natilishi kerak bo’lgan elektron manzillar “ ; ” (nuqta vergul) belgilari bilan ajratiladi, masalan: (tuit@tuit.uz; tuit@inbox.uz; va boshka manzillar), Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo’natilishi kerak bo’lsa, o’sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Ushbu vazifadan biror elon yoki yangilikni ko’pchillikka barobar yuborish uchun foydalaniladi.
Spam tushunchasi, spamlarning turlari va ularga karshi kurashish. «Spam» termini yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta chiqindilari degan ma’noni anglatadi. Spamlar 1993-yilda paydo bo’lgan. Usenet kompyuter tarmog’i administratori Richard Depyu yaratgan dasturdagi xato 1993-yil 31-mart kuni konferenstiyalardan biriga ikki yuzta bir xil xat jo’natilishini keltirib chiqardi. Uning norozi suhbatdoshlari jonga teguvchi xabarlarga tezda - «spam» degan nom topdilar. «Kasperskiy Laboratoriyasi» tushunchasiga ko’ra, spam - bu so’ralmagan anonim ommaviy tarqatmalardir.
Spam (foydalanuvchi tomonidan so’ralmagan axborot) jo’natuvchining (spamer) maqsadi va vazifalariga qarab tijorat axborotiga ega bo’lishi yoki unga hech qanday aloqasi bo’lmasligi mumkin. Shunday qilib, mazmuniga qarab, xabarlarning «tijorat» spami - «unsolicited commercial e-mail» (umumiy qabul qilingan abbreviaturasi - UCE) va «notijorat» - «unsolicited bulk e-mail» (UBE) turlari mavjud.
Anonim: barcha ko’pincha aynan yashirin yoki qalbakilashtirilgan qayta aloqa manzili ko’rsatilgan avtomatik tarqatmalardan jabrlanadi.
Ommaviy: ushbu tarqatmalar aynan ommaviy va faqatgina shular spamerlar uchun haqiqiy biznes hamda foydalanuvchilar uchun haqiqiy muammo hisoblanadi.
So’ralmagan: imzolangan tarqatmalar va konferenstiyalar bizning tushunchamizga kirmasligi kerakligi yaqqol tushunarli. Har bir elektron pochta xizmati o’zining foydalanuvchilariga spamdan himoyalanish vositalarini taklif qilishadi. Ya’ni spamga taalluqli bo’lgan elektron manzillar spam filtriga kiritiladi va ushbu manzillardan kelayotgan spamlar xabarlar vaqtincha saqlanuvchi katalogga avtomatik tarzda joylashtiriladi va 30 kundan keyin o’chirib tashlanadi.
Filtrlar va kora ruyxat. Filtrlar asosan kelayotgan xatlarni saralash, tartiblash funkstiyasini bajaradi. Qora ruyxat esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maksadida ishlatiladi.
Milliy elektron pochta xizmatlari. Xozirgi kunda milliy pochta xizmatlari ham ancha rivojlanib bormokda. O’zbekistondagi har bir Internet provayder o’zining pochta serveri va xizmatiga ega bulib, asosan o’zining mijozlariga xizmat ko’rsatadi, ularning ichidan mail.uz, inbox.uz kabilari ochik hisoblanadi va bu tizimdan hohlovchilar bepul foydalanib xat va xabarlar jo’natib qabul qilishlari mumkin. Xalkaro pochta xizmatlari: mail.ru, gmail.com, yahoo.com. Elektron pochta orqali ma’lumot yuborish uchun ikki yo’nalish mavjud, bulardan biri bepul elektron pochta xizmati deb yuritilib, undan foydalanish uchun Internetda ma’lum bir Web sahifalari mavjuddir. Bular mail.ru, yahoo.som, mail.uz, gmail.com va hokazo. Foydalanuvchi dastlab, pochta manziliga ega bo’lishi kerak. Pochta manzilini tashkil qilish uchun Internet Explorer dasturining asosiy oynasiga ushbu Web sahifalaridan biri chaqiriladi va ishga tushiriladi.
Hayotdagi etika kabi elektron pochtada ham etika mavjud. Ularning ba’zilariga to’xtalib o’tamiz:
- Pochtangizni tez-tez o’qib turing. Ko’pchillik foydalanuvchilar o’z xatlarini faqatgina bo’sh vaqtlaridagina o’qiydilar. Bu korrespondentlarga nisbatan bo’lgan behurmatlikdir. Buning oqibatida siz juda ham muhim bo’lgan axborotni qo’ldan boy berishingiz mumkin. Foydalanuvchi pochtasini har doim, o’z vaqtida o’qib borishi lozim.
− Xatda albatta sarlavha (subject) ko’rsatish zarurdir. Bu mijozlarni ortiqcha ishlardan qutqaradi.
− Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling.
− Xatni xatosiz yozing. Grammatik va orfografik xatolar bilan yozilgan xat jo’natuvchi to’g’risida yaxshi taassurot qoldirmaydi.
− Qisqa yozing. Elektron pochtada yozayotgan xatingizni mazmunini qisqa va aniq ko’rsata biling. Xatingizdagi xatolar va fikrdan chiqib ketishlik birinchi o’rinda xatingizni emas, balki sizning o’zingizni xarakterlaydi.
− O’z xatingizni boshqa manzillarga ko’chirishlikdan saqlaning. O’z xatingizni faqatgina shu xat tegishli bo’lgan manzillarga jo’nating. Aks holda, xatlarni ko’p manzillarga jo’natish hamkorlaringizda yaxshi taassurot uyg’otmasligi mumkin.
− Kerak bo’lmagan taqdirda o’z xatingizga javob va so’rovlar yo’llamang. Kerak bo’lmagan taqdirda «iltimos javob bering» yoki «iltimos xatni tasdiqlang» kabi so’rovlarni yo’llamang.
− So’rovlarga to’liq javob bering. So’rovlarga javob berishda qisqa «ha» yoki «yo’q« kabi javob bermang. Bu hol xat oluvchida tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Forum tushunchasi. Internet tarmog’ida forumlar veb-sayt ko’rinishida bo’ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum - veb-sayt tashrif buyuruvchilarining o’zaro muloqotini tashkil etish uchun mo’ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o’rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o’zini qiziqtirgan mavzuni o’rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin. Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo’lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biror bir mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo’yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib o’z fikrlarini jo’natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko’rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli - tuman mavzular muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin.
Milliy va xalqaro internet forumlari
Milliy va xalqaro internet forumlari. Internet forumlari alohida yo’nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlarga medistina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o’yinlari va transport vositalariga bag’ishlangan forumlar misol bo’ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo’ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o’rtaga tashlash mumkin.
Halqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- Medicinform.Ru forumi – ushbu forum orqali tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan bo’lib, kasalliklar va ularni davolash, dori vositalar va ularni to’g’ri qo’llash hamda tibbiyot bo’yicha yuridik maslahat olish mumkin.
- Progz.ru forumi – ushbu forum dasturlash texnologiyalaridan foydalanish, kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog’liq yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo’ljallangan.
- Avtomobili.by forumi – ushbu forum avtomobil ishqibozlari forumi bo’lib, unda avtomobillar brendlari, markalari va turlari hamda ularni ta’mirlash va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq masalalarni muhokama qilish mumkin.
- Stopforum.ru forumi – bu kompyuter o’yinlari forumidir. Bunda o’yinlarning turlari, ularni o’ynash sirlari va yuzaga kelgan muammolar muhokama qilinadi.
- WildDesign.ru forumi – bu forumda dizayn, moda va tasviriy san’at ixlosmandlari va ijodkorlari fikr almashishadi. Bundan tashqari ijodkorlar asarlaridan baxramand bo’lish mumkin.
Uforum.uz - milliy forumi. Uforum.uz – milliy forum hisoblanib, bunda Respublikamizning axborot texnologiyalari, ta’lim, madaniyat, moliya, sog’liqni saqlash sohalarida hamda davlat sektori va elektron hukumat tuzilmasida ro’y berayotgan masalalar muhokamasini o’z ichiga oladi. Quyidagi rasmda milliy forumning ta’lim sohasiga oid mavzulari tasvirlangan.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda biz bolani jismoniy jihatdan o‘stiruvchi oddiy o‘yinlardan tortib, kattalar orasida ham mashhur bo‘lgan intellektual o‘yinlardan iborat bir qancha o‘yinlar «ombori»ga egamiz. Barcha o‘yinlarda o‘yinchi o‘yin shartlarini tezda o‘zlash¬tiradi va o‘ziga belgilangan vazifani qabul qiladi. O‘yin qoidalarini bajarish jarayonida o‘yinchi o‘zining maqbul qarorlarini o‘yindagi muammolarni hal qilishda erkin qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘yindagi musobaqa esa shaxsiy sifatning tinmay yaxshilanib borishiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyasini yaxshi bilgan va undan to‘g‘ri maqsadlarda foydalana olgan o‘quvchigina kelajakda o‘z qobiliyatlarini takomillashtirishi, kasbiy faoliyatida to‘g‘ri foydalana olishi va albatta komil inson sifatida shakllanishi mumkin.
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon buylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona axborotlashgan muhitga biriktirish imkoniyati tugildi.
Foydalanuvchi nubtai nazaridan tahlil biladigan bulsak, internet birinchi navbatda tarmob mijozlariga uzaro ma’lumotlar almashish, virtual mulobot bilish imkonini yaratib beruvchi "axborotlashgan magistral" vazifasini utaydi, ikkinchidan esa unda mavjud bulgan ma’lu-motlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashbari internet bugungi kunda dunyo bozorini urganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormobda.
Internet va unga boglanishning umumiy shakli keltirilgan. Unga asosan internetga boglanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsiy kompyu-terlar tashkil etadi. Uning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga mikrofon, videokamera, ovoz chibargich (audiokolonka) va boshba bushimcha burilmalar ulanishi mumkin. In¬ternet xizmati "internet provayderlari" yordamida aloba kanallari orbali amalga oshiriladi. Aloba kanallari sifatida telefon tarmogi, kabelli kanallar, radio va kosmos aloba tizimlaridan foydalanish mumkin.

Download 180,5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 180,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INFORMATIKANI O`QITISHDA O`YINLI-DIDAKTIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Download 180,5 Kb.