|
Fanning dastlabki rekvizitlari
|
bet | 2/6 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 171 Kb. | | #270298 |
Bog'liq S Dasturlash Kunugi ATT 1-kurs 2024 2. Fanning dastlabki rekvizitlari
Ushbu fan uchun oldindan bilim (prerekvizitlar) talab etilmaydi.
3. Fanning maqsadi
Talabalarda axborot nazariyasi, axborotlashgan jamiyat va informatikaning matematik asoslariga oid zamonaviy ilmiy bilim hamda kasbiy faoliyatlarida uchraydigan masalalarni hal qilishda informatikaning nazariy va amaliy asoslaridan foydalanish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantiirishdan iborat.
Talabalarga muammolarni tahlil qilish, algoritmlar yaratish va ularni dasturga aylantirish qobiliyatini, ya’ni algoritmik fikrlashni shakllantirish. Dasturlash tillarining birini o‘rganish va ularda samarali kod yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
bilish.
4. Taʼlim berish natijalari
ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash tilining nazariy asoslari, ob'ektga yo‘naltirilgan va funktsional dasturlash kabi turli paradigmalar, dasturlash tili kutubxonalari va ularning imkoniyatlari, dastur kodini sinovdan o‘tkazish va xatolarni aniqlash usullarini haqida bilimlarga ega bo‘lishi;
o‘zgaruvchilar, ma'lumotlarning turlari va asosiy tuzilmalari (massivlar, ro‘yxatlar, steklar) va ularni qo‘llashni bilish;
bayonotlar, shartlar va sikllar kabi asosiy tushunchalar va standart kutubxonalardan foydalanish;
dastur kodni tuzatish va uning to‘g'riligini baholay olish;
sinflar bilan ishlash; tushunarli va toza kod yozish;
boshqalar tomonidan yozilgan kodni o‘qish va tushunish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash tilida muhitida ishlash, masalani tahlil qila olish, chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi jarayonlar algoritmini va dasturlar tuza olish, xatoliklarni baholay olish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.
Bu bilimlar va ko‘nikmalar talabalarni dasturlash sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlaydi va ularning kelajakdagi ish faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
|
| |