• MATLAB
  • MAThmatika (matematika) va CAD ( avtomatik loyihalash sistemasi). MathCAD
  • MathCAD
  • MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. «Integrallashgan»




    Download 19,65 Kb.
    bet6/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi19,65 Kb.
    #230739
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Замонавий дастурлаш технологиялари. Объектга йуналтирилган дасту-fayllar.org

    MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. «Integrallashgan» so‘zi bu tizimda qulay ifodalar va izohlar tahrirchisi, hisoblagich, grafik dasturiy protsessor va boshqalar o‘zaro birlashtirilganligini bildiradi.
    MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan ta'minlashdir. Uning dasturlash tillari bilan integrallashuvi dasturning kengayuvchanligiga olib keldi.
    MATLAB asosan matematik hisoblashlar, algoritmlarni yaratish, modellash, ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish, ilmiy va injenerlik grafikasi, ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar.
    MATLAB kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo‘l bilan kengayishi va bu kengayish m-fayllar ko‘rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning kengayishlari kompyuterning doimiy xotirasida saqlanadi va MATLABning biriktirilgan (ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi.
    MathCAD
    MathCAD tizimi va uning vazifalari. MathCAD bu matematikaning turli sohalaridagi masalalarini yechishga mo’ljallangan ajoyib sistemadir. Dasturning nomlanishi ikkita so’zdan iborat bo’lib – MAThmatika (matematika) va CAD ( avtomatik loyihalash sistemasi).
    MathCAD ni o’rganish juda oson bo’lib, uni ishlatish soddadir. Ushbu dasturni boshqarish Windows muhitida oldin ishlaganlar uchun intuitiv tushinarlidir. MathCADni juda ko’p sohalarda sodda hisoblashlarni hisoblashdan tortib to elektrik sxemalarni qurishgacha ishlatish mumkin.
    MathCAD formula, sonlar, matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal sistemadir. MathCAD tili matematika tiliga juda ham yaqin, shu sababli unda ishlash matematiklar uchun juda oson.
    Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida MathCAD oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir.
    Umuman olganda MathCAD – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning noyob majmuasi. U o’z ichiga ko’p yillar davomida matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini jamlagan.
    MathCAD paketi muhandislik va matematik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. MathCAD murakkab masalalarni yechish uchun o’z dasturlash tiliga ega.

    Download 19,65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 19,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. «Integrallashgan»

    Download 19,65 Kb.